O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/6 2022 
- 297 - 
yuzlarini burdi…‖[8]. Ushbu satrlar orqali hikoyadagi 
muammolar tuguni sekin sekin еchila boshlaydi. Qiz nega 
yigitdan jirkanib yuz burdi? Yigit nega bepisand,, mag‗rur 
qarash bilan qizga kuldi? Keyingi satrlarni o‗qigan kitobxon 
albatta еchim topadi. Qizning zo‗rlangani, O‗lmasjon ismli 
yigit qizning nomusini toptagani va hammasi qizning 
soddaligi, yigitning quvligi sababidan sodir bo‗lgani 
anglashiladi. Shu o‗rinda yigitning ismiga e‘tibor qarataylik: 
nega endi O‗lmasjon? Cho‗lpon ―Kecha va kunduz‖ romanida 
O‗lmasjon ismli yigitni ijobiy obraz sifatida gavdalantiradi. 
Ammo yozuvchi ushbu hikoyasida ham yana shu ismni 
takrorlaydi. Ammo bu gal O‗lmas ismli yigit salbiy qahramon. 
Balki yozuvchi bu ism orqali jamiyatda O‗lmasjon kabi 
razolat botqog‗iga botgan, kaltabin, nomard yigitlarning, 
nomard odamlarning nafsi, o‗zi osonlikcha o‗lmasligiga ishora 
qilgandir ehtimol. Hikoya qahramoni – qiz esa novvoy. Non 
sotadi. Yigit xaridor bo‗lib ―Uyimda xatmi-xojam bor, 
noningni tugal olaman, yur mening bilan birga‖, deb qizni 
aldab uyiga olib borib nomusini toptaydi. Qiz esa sodda
ishonuvchan, ko‗nuvchan. Bormay desa, bo‗maydi. Ishlab pul 
topishi, kasal onasini boqishi kerak. Bechora qizning 
ishonuvchanligi, turmush oldida ojizligi pand berdi. Yigitga 
bas kelolmadi, nomusi toptaldi.Nomus yukini ko‗targan qizga 
ro‗zg‗or yuki og‗irlik qiladi. 
Novvoy qiz yigitdan qutulib uyiga ketmoqchi bo‗ladi. 
Ketar oldidan yigitga nafrat bilan aytadiganini aytadi. 
Yigitning bilagi baquvvat emasmi, qizni xirs bilan quchib 
yana ketayotgan qizga yo‗l bermay yana ortga qaytaradi. Qiz 
yigitni ―Imonsiz‖ deydi. To‗g‗ri ham aytadi. Non olish dardida 
bir begunoh, ma‘suma qizning nomusini toptash uchun 
imonsiz bo‗lishi kerak odam. Qiz yigitga tokchadagi piyolani 
g‗azab bilan otadi. Yigit chap berib qoladi. Qiz xo‗rligi kelib 
yig‗laydi. Yigitdan nafratlanib, o‗ziga achinib yig‗laydi. Adib 
shu o‗rinda qizni dengizga, yigitni dengizga mengzaydi: 
―Dengiz shu qadar buyukligi bilan hamma vaqt 
qirg‗oqlardan 
еngiladi. 
Achchig‗i 
kelganda, 
g‗azabi 
qaynaganda zo‗r-zo‗r to‗lqinlar kichik-kichik mavjlarni 
qirg‗oqning tosh-metin gavdasiga qarab otadi…yana bo‗linish, 
yana parchalanish…‖ [9] shu o‗rinda adib qizning umri 
bo‗linish va parchalanishdan iborat ekanligiga ishora 
qilayotganday. Qiz o‗zini zindonga tashlanganday his etadi. 
Bu imonsiz, nomard yigitning qolidan qochinb-qutulish 
mushkulday tuyiladi. Yozuvchi qiz iztiroblariga qorishiq 
savollar yog‗diradi: 
―Oh! Zindonga kirganlarning osonlikcha chiqishi 
mumkinmi? Bo‗rining changaliga ―omon‖ so‗zi o‗zi 
yozilganmi? Sher qo‗liga tushganni qo‗yib yuborish uchun 
yaratilganmi? Ajdar agar bor bo‗lsa, butun shuhratini 
marhamat orqasida ciqarganmi? …Xanjar peshonangizni 
silaydimi? Qilich o‗pish beradimi? Chayon nashtarga o‗xshash 
ignasi bilan chokingizni tikadimi?-Yo‗q! ‖ [10]. 
Bizga tanish bo‗lgan novvoy qiz aldanib, xo‗rlanib, 
nomusi toptalib yarim so‗mga еtar-yetmas pul bilan uyiga 
qaytganda onasi o‗lim to‗shagida yotgan bo‗ladi. Qiz non 
sotgani ketgan vaqtda qarindoshi onasini oldida qoladigan 
bo‗lgan. Onasi ovqatini ham ichmay qiziga ilinadi. O‗zi ichsa, 
qiziga ovqat qolmasligini biladi. Oziq-ovqat bugungidek serob 
emas. Hech qancha o‗tmay qizning onasi vafot etadi. 
Onasidan o‗zga hech kimi bo‗lmagan qiz yolg‗iz qoladi. 
O‗zining aytishiga qaraganda kampirning o‗lgani, ko‗milgani 
mahallaga ham bilinmadi, ammo qizining ―allakim‖ bilan 
o‗ynashib yurgani butun shaharga dovruq bo‗lgan edi… 
Oradan ikki yil o‗tib qiz ikki erga tegib chiqqan. 
Avval go‗zalligi, latofati, yoshligi, tozaligi bo‗lgan qizdan asar 
ham qolmagan. So‗nggi eridan chiqqan vaqtda ustida eski bir 
kiyimi qolgandi xolos. Bechora novvoy qiz taqdirning 
qaqchatgich zarbalariga duch keldi. Xo‗rlandi, zo‗rlandi. 
Onasidan ayrildi. Yoshligi, go‗zalligini yo‗qotdi. Endi eski, 
yirtiq bir qator kiyim, ezilgan yurak,charchagan gavda, 
gangigan esgina qolgandi unda. Xo‗sh ayb kimda edi? Qizning 
bugungi holati non sotib yurgan paytlarida xayolining 
ko‗chasidan ham o‗tmagan. Tirikchilik, zamon, nomussiz va 
o‗z nafsidan boshqasini o‗ylamaydigan, ayollarga kerak 
bo‗lganda ishlatib, kerak bo‗lmaganda irg‗itib yuboriladigan 
buyumdek qarashga o‗rgangan zamonning nomard erkaklari 
shu ko‗yga solmadimi? Axir u onasini boqish, ro‗zg‗or 
tebratish, kun ko‗rish uchun ishlagandi-ku. 
Hayot yo‗llari tekis emas. Unda har kim qoqilishi, 
yiqilishi mumkin. Ba‘zida kimdir sabab ba‘zida o‗zi. Ammo 
yiqiganda turishni har kimning o‗zi o‗rganadi. O‗zi kuch 
topadi. O‗zi kurashadi. Boshi devorga urilganini anglagan 
inson zamonga qasdma-qasd qadam bosadi. O‗z haq-huquqini 
talab etadi. Ismi bizga noma‘lum bo‗lgan novvoy qiz paranji- 
chimmatini irg‗itdi… Qiz xotinlar sho‗basining rahbari bo‗di. 
O‗lmasboy sud qilindi. Ayblari bir-bir sanaldi. O‗zini oqladi, 
aybidan tondi. Hammasi yigit foydasiga hal bo‗layotganda 
xotinlar sho‗basi rahbari – novvoy qiz kirib bordi. Qat‘iyat 
bilan, ishonch bilan so‗z so‗radi. U endi kuchli ayol edi. U 
endi irodali edi. Baland ovozda gapira olar, o‗ziga ishonar edi. 
Uning endilikda ojiz qiz emas, jasoratli ayol ekanligini baland 
ovozda, qayta-qayta so‗z so‗raganidan ham anglash mumkin. 
U tomoshaga o‗ch olomon, sud oldida o‗zining kechmishi 
haqida so‗zladi:
-Men novvoy qiz edim…Besh yildan beri non yopib 
o‗zim va qari onamni boqar edim…Bir kun…Bir kun… 
U yog‗ini ayta olmadi. Nafasi og‗ziga tiqildi, 
bo‗g‗ildi, badtar qaltiradi. So‗ngra birdan yovvoyi ―dod‖ 
chiqarib yiqildi. Pastdan ham bir hunuk ―dod‖ chiqdi. Unda 
aybdor ham yiqildi. Ikkovini suyab olib ketdilar. Sud buzildi 
[11]. 
Cho‗lpon bu manzara orqali o‗zi ko‗rishni istagan 
mard, jasur, o‗z erki, haq-ququqi uchun kurasha oladigan, o‗zi 
orzu qilgan millat ayolini tasvirlaydi. Hikoya so‗ngini ham 
go‗zal yakunlaydi: 
Yana sud bo‗lganda… 
Dengiz – qiz qullarday jim turib so‗zladi. 
Qirg‗oq – O‗lmas tog‗larday tinch turib tingladi. 
Qizrg‗oq ag‗darildi. 
Tog‗ yiqildi. 
Dengiz mavjlari va to‗lqinlarini quchog‗iga olib, 
ularni qirg‗oqlardan saqlash: qo‗riqlash qayg‗usiga botdi [12]. 
Hikoya so‗ngida novvoy qizning ayollar himoyachisi 
sifatida gavdalanishi ham bejiz emas. Axir ayollarga haq-
huquqini tanitish, ularni itoatkor qo‗y emas jamiyatda, hayotda 
o‗z o‗rniga ega, o‗z haq-huquqini anglaydigan ayollarni 
tarbiyalash masalasi o‗sha davrning, xususan jadidlarimizning 
ilgari surgan g‗oyalaridan biri edi. 
Abdulhamid Cho‗lponning ―Kecha va kunduz‖ 
romanida Maskvaga ketayotgan Miryoqub jadidchilik harakati 
a‘zolaridan biri Ubaydulla Xo‗jayev bilan bilan tanishib 
qoladi. Ushbu suhbatda ham farzandlar tarbiyasi, jamiyat va 
millatning taraqqiy etishida bilimli onalarning tutgan o‗rni 
haqida so‗z boradi: 
-Sizning musulmon xotiningiz ham bormi? 
-Bor…yo‗q yanglishdim: bore di… 
-Har holda musulmon xotin bilan turib ko‗rgansiz-ku? 
-Ha…albatta… 
-Endi, mana, tarbiyaning nimaligini o‗z tajribangiz 
bilan bilasiz.Tarbiyasiz, ongsiz va nodon musulmon xotin 
bilan tarbiyalik madaniy ovro‗polikni solishtirib ko‗rasiz. Farq 
еr bilan osmon qadar! Darhol bilinadi…Millat bolalarining 
baxti haqiqiy, madaniy onalar qo‗lida bo‗lmasa, bizning 
oqibatimiz yomon! Siz undan ko‗p narsa ola bilasiz. 
Singillaringiz, qizaringiz shularga o‗xshab tarbiya qilsangiz, 
shundagina vazifangizni bajargan bo‗lasiz [13]. 
Albatta farzand tarbiyasida ilmli ona muhim o‗rin 
tutadi. Farzand boshlang‗ich talim-tarbiyani avvalo oiladan, 
onadan oladi. Shuning uchun ham onalar bilimli bo‗lishi 
kerak.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling