O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Key words: Artistic generalization, objectivity, surprise effect, consistency, sequence of contradictions, plot area
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzmu-16-2022(3-bolim)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Kalit so„zlar
Key words: Artistic generalization, objectivity, surprise effect, consistency, sequence of contradictions, plot area.
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА ЖЕНЩИНЫ В РАССКАЗАХ АБДУЛХАМИДА ЧОЛПОНА Аннотация Джадидская литература, в частности творчество Чолпона, является одним из шедевров нашей литературы. Произведения, написанные в этот период, также важны своей идейной силой, совершенством образов и логичностью сюжетов. К настоящему времени Чолпон, один из лидеров джадидского движения, провел исследование жанра прозы, структуры рассказов, изучение пластов прозы в прозе. И такого рода исследования обогатят нашу астрономию. В данной статье рассматривается образ женщины в рассказах Чолпона. Ключевые слова: Художественное обобщение, предметность, эффект неожиданности, последовательность, череда противоречий, сюжетная линия. ABDULHAMID CHO„LPON HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI Annotatsiya Jadid adabiyoti, xususan, Cho‗lpon ijodi adabiyotimizning durdona asarlari sirasiga kiradi. Bu davrda yozilgan asarlar g‗oyaviy pishiqligi, obrazlar mukammalligi, syujetlarning izchilligi bilan ham ahamiyatlidir. Bugunga qadar jadidchilik harakatining еtakchilaridan biri bo‗lgan Cho‗lponning nasriy asarlari janr xususiyatlari, hikoyalari strukturasi, nasriy asarlarida tagma‘no qatlamlarini o‗rganish borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu kabi izlanishlar esa, cho‗lponshunosligimizni yanada boyitadi. Ushbu maqolada esa, Cho‗lpon hikoyalaridagi ayyollar obrazi tadqiq etiladi. Kalit so„zlar: Badiiy umumlashma,obyektivlik, kutilmaganlik efekti, izchillik, ziddiyatlar ketma-ketligi, syujet maydoni. Kirish. Abdulhamid Cho‗lpon o‗zining yozgan asarlari orqali ayollar erku-ozodligi uchun kurashishga, ularning ko‗ngil istaklarini kuylashga harakat qilgan. Adib o‗zining ―Kecha va kunduz ‖ romanida Zebi, ―Novvoy qiz‖ hikoyasida novvoy qiz, ―Qor qo‗ynida lola‖ hikoyasida Sharofatxon, Qumribush, ―Oydin kechalar‖ da Xadichaxon obrazlari orqali ayol ruhiyati, kechinmalari, ayol xarakterini ochib berishga harakat qiladi. Cho‗lpon iste‘dodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham o‗ziga xosligini belgilab keladi. Cho‗lpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik va obrazlar orqali mujassamlashtirishga erishdi. Shu ma‘noda uning o‗tgan asrning 20-yillarida yozgan ―Oydin kechalarda‖, ―Seni ko‗p ko‗rmasun‖ ―Qor qo‗ynida lola‖, ―Novvoy qiz‖ singari hikoyalari o‗zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Cho‗lpon bu hikoyalarida o‗zbek xotin-qizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga bo‗lgan munosabati bilan belgilanadi, degan g‗oyani bu asarlar orqali anglatishga intilgan. Umuman olganda, o‗zbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Cho‗lpon she‘riy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, ―Kecha va kunduz‖ romanining g‗oyaviy yo‗nalishini ham belgilab bergan. Adibning ―Novvoy qiz‖ hikoyasida ham yosh bir qizning ayanchli taqdiri aks ettiriladi. Hikoya qahramoni nomusi toptalgan, taqdir aravasining g‗ildiraklari ostida qolib yurak bag‗ri ezilgan novvoy qiz. Hikoya natijadan boshlanadi. Ya‘ni, qizning nomusi poymol bo‗lgani haqida so‗z boradi. Ilk satrlarni o‗qigan kitobxon ikki yoshni kelin-kuyov deb o‗ylaydi. Bunga asos ham еtarli. Chunki Cho‗lpon misralari orqali baxtli lahzalar, baxtli odamlarni tasvirlayotganday tasvirlaydi. ―…ko‗cha –ko‗y xuddi tong otishidan sal burung‗i vaqtlarday – chuqur, vazmin va tinch bir jimlikka botqon edi. Ba‘zi-ba‘zidagina bir juft er-xotin musichalarning kukulashlari, qo‗shni hovlidan yosh bolalarning o‗yi ustidagi shovqinlari, ko‗cha tomondan yakka-yarim yigitlarning kuchsiz va g‗amli qo‗shiqlari eshitilib qo‗yardi…‖ [8]. Aslida-chi? Mavhumiyat esa, satrlardan satrlarga o‗tgani sayin ochiqlanadi. Har ikkisini ham so‗fining shomga aytgan azoni hushiga keltiradi, sergaklantiradi. ―…Hayya alal falaq… - najotga kelinglar…‖ . Go‗yo ushbu chorlov orqali gunohkor bo‗lgan har ikki yoshni najotga, g‗aflat uyqusidn uyg‗onishga, nahs to‗shagidan qo‗zg‗alib, gunohlariga mag‗firat so‗rab Yaratganga tavba qilishga chorlayotganday bu azon. Shom payti qilingan ishlar xayrsiz bo‗ladi deyshadi. Abdulla Qodiriy ham ―O‗tgan kunlar‖ asarini shom azoni eshitilishidan boshlaydi. Demak, shom namozi ishora. Adib belgi orqali ayanchli bir hikoyaga ishora qilayotgani tabiiy. Xo‗sh o‗zi voqea qanday boshlandi? Nega qizning nomusi toptaldi?Yigit kim edi? Ushbu so‗roqlarga javob topamiz. ―Qiz uxlagan bo‗lsa, uyg‗otib qo‗yayin!‖ deb uning boshiga keldi. Qiz ko‗zi ochiq, behol… cho‗zilib, xayollanib yotardi. Oppoq oqargan yuzlarini sekingina O‗lmasboyga burdi. Xoin erkakning marhamatsiz ko‗zlari bilan aldangan qizning so‗nik ko‗zlari bir-biriga yo‗liqishdi. Erkak mag‗rur. Zaharli va sovuq bir kulish bilan kuldi. Qiz juda og‗ir bir jirkanish bilan Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling