O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev N maqola
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/2/1] ISSN 2181-7324 FALSAFA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FALSAFA 1/2/1 2023 - 45 - aloqador muammolarni ancha erkin va bevosita hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Liderning faoliyat sohasi asosan u liderlik qilayotgan kichik guruhdir, rahbarning faoliyat sohasi ancha keng bo‘lib, u kichik guruhni ham nisbatan kengroq ijtimoiy tizimda ifodalaydi. Shunday qilib, lider deganda guruhdagi norasmiy yoki qat’iy belgilanmagan shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi guruh a’zosi tushuniladi. Rahbar deyilganda esa, liderdan farqli o‘laroq guruhdagi rasmiy shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi shaxs tushuniladi. Shu sababli ham aksariyat hollarda liderni norasmiy etakchi, rahbarni esa rasmiy etakchi deb atashadi. Ba’zi hollarda rahbarning o‘zi norasmiy lider bo‘lishi ham mumkin. Ba’zida esa u guruh yoki jamoa tomonidan tan olinmagan bo‘lishi, ya’ni tor ma’noda chinakam lider bo‘lmasligi ham mumkin. Psixolog Fidler esa liderlarni vazifaga yo‘nalgan va jamoadagi o‘zaro munosabatlarga yo‘nalganlarga bo‘ladi. (1- jadval) 1-jadval Ishchan va emotsional liderlarning qiyosiy tavsifnomasi. Muayyan vazifaga yo‘nalgan lider (ishchan lider) Afzalligi Kamchiligi Ancha samarador, barcha kuch-quvvati asosan oldidagi vazifaga yo‘naltirilgan. Guruhning ayrim a’zolarida vahimalik darajasini oshirib yuborishi mumkin. Shaxsararo muloqotga kam vaqt sarflaydi. Maqsadga muvofiq ishtutish evaziga guruh a’zolarining o‘ziga bo‘lgan ishonchini va xotirjamligini qurbon qiladi. Muammolarni aniq va puxta hal etish talab etilgan vaziyalarda vazifalarni juda tez taqsimlay oladi. Nisbatan o‘rtacha stress vaziyatlarida, ya’ni guruh a’zolari o‘zaro muloqot qilishga intilayotganda nisbatan samarasi kamroq seziladi. Liderlik uchun juda qulay, vaziyatlarda juda samarador, ya’ni liderning kuchli ta’siri zarur bo‘lganda. SHuningdek lider uchun o‘tanoqulay vaziyatlarda – liderning ta’siri u qadar kuchli bo‘lmagan holatlarda, kutilmagan vazifalarni hal etishda guruh a’zolari norozilik va e’tirozlar bildirganda ham samarali faoliyat yurita oladi. Jamoa faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi a’zolar bilan ishlashda u qadar muvaffaqiyatga ega emas, shuningdek, o‘zgalarning ikkilamchi liderlik borasidagi ehtiyojlarini qondira olmaydi. 2-jadval Guruhga yo‘nalgan lider (emotsional lider) Afzalligi Kamchiligi Vazifa hal etilmagan vaziyatlarda vahima tuyg‘usini tushira oladi. Masalani muvaffaqiyatli hal etishga katta ahamiyat bermaydi. O‘ziga ishonmagan kishilar bilan yaxshiishlaydi. Ekstremal stress vaziyatlarida yoki lider juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatishi kerak bo‘lganda nisbatan samarasiz. Liderlik uchun nisbatan qulay bo‘lgan sharoitlarda yaxshi faoliyat yuritadi, shuningdek jamoa a’zolariga qaror qabul qilishda katta erkinlik berilgan holatlarda ham yaxshi faoliyat yuritadi. Vazifani hal etishga yo‘naltirilgan jamoa a’zolarida vahima tuyg‘usini keltirib chiqarishi mumkin Sport amaliyoti uchun liderlikni barqaror psixologik hodisa sifatida tushunish katta qiziqish uyg‘otadi. Doimiy liderlar jamoaning ikkita tarkibiga to‘g‘ri keladi: ishchanlik va emotsional. Ishchanlik bo‘yicha lider guruh oldida turgan vazifani hal etishga yo‘nalgan bo‘ladi; emotsional lider esa dam olish paytida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga yo‘nalgan bo‘ladi. Xulosa. Murabbiylar hamjihatlikda sport faoliyatini yurita oladigan shaxslarni, birgalikda faoliyat olib borishni tashkil etish borasidagi liderlarni yaxshi farqlaydilar (tayyorgarlik mashg‘ulotlarida, musobaqalashuv faoliyatlarida).Ammo sportchilarning maishiy hayotlarida, shaxslararo munosabatlarni qaror toptirishda va tashkil etishda kimlar lider ekanligini yaxshi farqlay olmaydilar. Bu ayniqsa bolalar va o‘smirlar jamoalarida ko‘p kuzatiladi. Ishchan liderlar (vazifaga yo‘nalgan) odatda shaxslararo munosabatlar bilan kam qiziqadilar. Ular yo juda qulay, yoki juda ham noqulay vaziyatlarda nihoyatda samarali faoliyat yuritadilar. O‘rtacha shart-sharoitlarda esa shaxslararo munosabatlarga yo‘nalgan liderlar ancha samarali faoliyat yuritadilar. Ularning rahbarlik uslubi ancha demokratik bo‘lib, ular jamoaning eng noshud a’zolariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ladilar. Liderlikning ishchanlik va emotsional turlari shaxsning turli yo‘nalishlari negizida paydo bo‘ladi: ya’ni bular ishchanlik, shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishlardan iboratdir. Sportchilarning ishchan yo‘nalishiga ishchan liderlik muvofiq keladi. SHaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishga esa – emotsional liderlik muvofiq keladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling