O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA SUD VA QOZILIK ISHLARI


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/60
Sana12.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1265376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
1. Tarix

BUXORO AMIRLIGI IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA SUD VA QOZILIK ISHLARI 
Annotatsiya 
Buxoro amirligining davlatchilik tarixini o‘rganishda uning sud tizimi, jarayoni hamda jinoyat va jazoga oid masalalarni batafsil 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. E’tiboringizga havola etilayotgan maqolada Buxoro amirligida sud va shariat ahkomlarining 
ahamiyatli jihatlari yoritilgan. Mazkur maqola Buxoroda mang‘itlar hukmronligi 1756-1920-yillarni o‘z ichiga olib, Buxoro 
amirligi davlatchilik tarixini o‘rganishda davlat tizimida sudning o‘rnining dolzarbligi yoritilgan. Amirlikda sud hokimiyatining 
o‘rni, hukmdorlarning amirlik hayotidagi ijtimoiy - iqtisodiy islohotlari va din, shariat ahkomlarining jamiyat hayotidagi o‘rnini 
o‘z ichiga oladi. 
Kalit so‘zlar: Sud tizimi, qozikalon, rais, shariat ahkomlari, soliqlar, fatvo, muftiy, diniy ulamolar. 
Kirish. Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida, 
ijtimoiy-huquqiy va ma‘naviy yo‘alishlarda ham milliy 
o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixini o‘rganish, 
davlat arboblarimiz hamda muttafakkirlarimizning boy ilmiy-
ijodiy hayotini yoritish bilan bog‘liq izlanishlarga 
mustaqilligimiz yillarida katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. 
Mustaqillikning yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan o‘z 
taraqqiyot yo‘lining tub tahlili, hozirgi kunda sud 
hokimiyatining 
mustaqilligini 
rivojlantirish 
borasidagi 
islohotlar, jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‘zgarib, 
bormoqda. Sud hokimiyatining chin mustaqilligini ta‘minlash,
aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan 
mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga
aylantirmoqda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yilning 21-oktyabrida 
qabul qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”[1] gi Sudyalarning tom ma’noda mustaqilligi va 
ular faqatgina qonunga bo‘ysunishiga oid huquqiy normalarni 
amalda to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi. 
Qolaversa, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda 
ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid 
Davlat dasturida sudyalarning chinakam mustaqilligini 
ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini 
demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-
tadbirlar nazarda tutildi. Yurtimizdagi sud tizimidagi amalga 
oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar inson huquqlari va 
erkinliklarini ta‘minlash va odil sudning siyosatda benihoya 
kattaligi siyosatimizda o‘z aksini topib kelmoqda. Birinchi 
prezidentimiz 
aytganlariday, 
“o‘zlikni anglash tarixni 
bilishdan boshlanadi”[2]. 
Shu 
jihatdan 
olganda, 
milliy 
davlatchiligimiz 
silsilasida alohida o‘rin tutadigan Buxoro amirligi davrini 
xolisona va obyektiv tarzda o‘rganish borasida ham muayyan 
tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.[3] Buxoro xonligidagi 
mang‘itlar sulolasi (1747-1920) davriga oid ilk tarixnavislik 
asarlarida islom olamining markazi hisoblangan mintaqada
hukmronlikni qonuniylashtirishning turli imkoniyatlari va 
strategiyalari haqida keng ma’lumot berilgan[4]. Anke fon 
Kyugelgen « Легмитация среднеазиатское династии 
мангитов произведениях их историков (XVIII-XIX) asarida 
aynan 1747-yildan 1826-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ini 
olgan. Chunki aynan mana shu davrlar oralig‘ida yangi bir 
sulolaning hokimiyat tepasiga kelganligini va uning 
mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin deydi. Qolaversa 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling