O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Maqol 
insonlarning hayotiy tajribalari va ko‘nikmalari, jamiyatga 
munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, 
ijobiy hamda salbiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi 
xulosali tugal ma’noga ega gap ko‘rinishidagi murakkab til 
birligidir. Maqollar asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, 
ixcham va sodda poetik shaklga keladi. Maqollar uchun 
mazmun va shaklning dialektik birligi, ko‘p hollarda 
qofiyadoshlik, ba’zan ko‘p ma’nolilik, majoziy ma’noga 
boylik kabi xususiyatlar xosdir. Har bir xalq asrlar davomida 
juda katta hayotiy tajriba to‘playdi, shu tajribani turli vositalar 
bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Maqollar ana 
shunday bebaho ma’naviy merosimiz hisoblanadi.
Maqolga turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, 
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida maqolga quyidagicha 
ta’rif berilgan: «Maqol – xalq og‘zaki ijodi janri; qisqa va 
lo‘nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli 
ibora, chuqur mazmunli gap. Maqollar mavzu jihatdan 
nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, 
do‘stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, 
sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy 
xislatlar xususida rang-barang maqollar yaratilgan. ... Matalda 
narsa tasviri, uning xarakteristikasi beriladi, maqolda esa to‘la 
tugallangan fikr – xulosa ifodalanadi» [6]. O‘zbek tilining 
izohli lug‘atidagi maqolning ta’rifi ham mazmunan yuqorida 
berilgan ta’rifni takrorlaydi: «Maqol [a. (arabcha) maqola, 
kichik asar; so‘z, nutq] Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan 
yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan 
ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. 
Maxdum ... «Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar» maqoli ko‘p 
to‘g‘ri so‘z, deb o‘ylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. 
A.Qodiriy. «Mehrobdan chayon» [4]. «Maqol termini arabcha 
«qavlun» – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan [3]. O‘zbek 
tilshunosi A.Hojiyev maqolga quyidagicha ta’rif beradi: 
«Maqol – chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida ritmik-
melodik xususiyatlarga ega bo‘lgan folklor janr. Maqollarda 
xalqning ko‘p yillik tajribalari, hayot hodisalarining ma’lum 
bahosi (unga munosabat) aks etadi... » [7].

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling