O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Tadqiqot metodologiyasi. Jahon tilshunosligida ham
maqollarni o‘rganish va ularni tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlar ko‘pchilikning e’tiborini jalb qilgan. Amerikalik mashhur maqolshunos olim V.Mider maqollar ustida izlanishlar olib borib, ushbu izlanishlari natijasida ushbu mavzuga oid yuzlab kitoblar va maqolalar chop ettirgan hamda mashhur «Proverbium» jurnaliga muharrirlik qilgan. U maqolga quyidagicha ta’rif beradi: «A proverb is a short, generally known sentence of the folk which contains wisdom, truth, morals, and traditional views in a metaphorical, fixed and memorable form and which is handed down from generation to generation» [14]. Maqolga berilgan ushbu ta’rif birmuncha aniqroq bo‘lib, u maqolning barcha xususiyatlarini o‘z ichiga olgan va barcha uchun tushunarli sodda tilda aytilgan. Chunki maqollar, haqiqatdan ham, tuzilishi jihatidan sodda va ma’nosi aniq, tez-tez nutqda takrorlanib turuvchi, hammaga ma’lum o‘zgarmas gaplardir. Maqollarni gap deb atashimizga sabab, ular gap kabi tugallangan mazmunga ega bo‘ladi. Maqollarning vujudga kelishi borasida turlicha fiklar mavjud, bu borada olimning fikri quyidagicha: «maqollar topishmoqlar, hazillar yoki ertaklar kabi osmondan ham tushmaydi, xalqning afsonaviy qalbi tomonidan ham yaratilmaydi. Ularning barchasi, avvalo, biron-bir shaxs tomonidan muayyan bir maqsadda yoki maqsadsiz ham yaratilishi mumkin. Agar biron-bir shaxs tomonidan aytilgan aqlli jumla hayot haqiqati yoki donolikning biror qismini o‘z mazmunida anglatsa va parallelizm, ritm, alliteratsiya, ellipsis va metafora kabi proverbial markerlarga ega bo‘lsa, u boshqa shaxslarning ham xotirasida tezda va oson saqlanib qolinadi, bunda maqol, avvalo, bir oila ichida, keyinroq bosqichma- bosqich qishloq, shahar, davlat, qit’a va nihoyat butun dunyo miqyosida ham qo‘llanilishi mumkin. Bugungi davr ommaviy axborot vositalarining tasavvurga sig‘dirib bo‘lmas darajadagi tezligi va kuchi yordamida yangi yaratilgan jumla yoki maqol radio, televideniya, gazeta va jurnallar orqali juda tez sur’atda dunyo bo‘ylab yoyilmoqda» [15]. V.Mider tomonidan sanab o‘tilgan maqollarning keng ko‘lamda va tez sur’atda jahonga yoyilishi uchun xizmat qiladigan vositalar qatoriga internet va undagi ijtimoiy tarmoqlarni ham qo‘shib qo‘yish lozimki, ularning ham ahamiyati bu jarayonda sezilarli darajada muhim hisoblanadi. Shuningdek, maqollarning yaratilishiga ba’zi hollarda milliy an’analar va diniy qadriyatlarga bog‘liq afsonalar va tarixda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar ham turtki bo‘ladi. Shu sababli maqollarning tarkibida milliy bayram va an’nalarning nomlari, avliyo va payg‘ambarlarning ismlari, tarixiy va afsonaviy shaxs ismlari, voqea-hodisa va joy nomlari kabi milliy, tarixiy va diniy so‘zlar ham ko‘plab uchrab turadi, masalan: Homer sometimes nods, When in Rome, do as the Romans do, Bir ko‘ngil imorati – ming Makka ziyorati, Gap desa qop-qop, ish desa Samarqanddan top. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling