O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2023
- 233 -
Xulosa va takliflar. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash
lozimki, turli tizimli tillarda matal, aforizm, topishmoqlar
qatorida maqollar amalda ko‘proq qo‘llaniladigan paremalar
hisoblanadi, shu sababli maqollarning bir tilli, ikki tilli va ko‘p
tilli lug‘at va to‘plamlari son hamda tur jihatidan matal,
aforizm, topishmoqlarnikidan sezilarli darajada ko‘pdir.
Binobarin, jahon tilshunosligida paremilogik lug‘atlar orasida
aynan maqollarni o‘z ichiga olgan turli lug‘atlarining
yaratilishiga qaratilgan ilk urinishlar uzoq tarixga borib
taqaladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan holatdan tashqari maqollarni
o‘rganishda yana bir muammoli holatni ham ko‘rib chiqish
lozim: maqollar insonning hayotiy tajribalaridan kelib chiqadi,
hayotning turli jabhalarini o‘zida aks ettiradi, lekin tilga yangi
kirib kelgan yoki hozirgi kunda nutqda ko‘p qo‘llaniladigan
ko‘plab tushunchalar va so‘zlar maqollarda uchramaydi.
Masalan, ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarda televizor,
telefon, mashina, kompyuter, internet kabi so‘zlar umuman
ko‘zga tashlanmaydi, holbuki ular hozirgi kunda yangi so‘zlar
hisoblanmaydi. Bundan ko‘rinadiki, maqollarning rivojlanishi
tilning rivojlanishidan doimo muayyan vaqt hisobida orqada
qoladi. Maqollar tildan tilga o‘tishi, o‘zgarishi, muomaladan
chiqib, yo‘qolib ketishi ham mumkin. Muayyan bir til
tarkibida yangi maqollarning paydo bo‘lishi ham til
taraqqiyotida uchrab turadigan holatlardan biridir. Bunday
holatlarning sodir bo‘lishi ko‘proq qo‘shni millatlar orasida
ko‘zga tashlanadi. Bir tildagi maqol ikkinchi tilga tarjima
qilinganda mazkur maqol ikkinchi tilga singib ketishi va
muomalada qo‘llanila boshlanishi maqolning bir tildan
ikkinchi tilga kirib kelishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |