O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


SOME REASONS ABOUT THE SEMANTIC TYPES OF THE NARRATORY


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

SOME REASONS ABOUT THE SEMANTIC TYPES OF THE NARRATORY 
Annotation 
This article will focus on the semantic types of the narrative part, on the variety of types of predicates. The specified work of 
N.D. Arutyunova shows that the analyzed problem corresponds to all types of not only evaluative, but also indicative predicates. 
It can be noted that it is this statement based on the EV (expressive device) that can be seen to have a different meaning 
depending on the speaker's attention to the process or content that forms the argument in the context of the interpretive part. 
Key words: expressive device, semantic type, predicate, anological case, syntagma, facultativeness, mental consideration. 
Obyektiv voqelikning xabar obyektiga aylanadigan har 
qanday vaziyati, fikriy yoki hissiy oʼzlashtirish, baholash va 
shu kabilarda izhorlash mazmuni boʼlishi mumkin. Shuning 
uchun tobe izhorlovchi qism harakat, jarayon, holat, sifat, 
borliqda joylashish oʼrni, samaradorlik, natija hamda dalillar 
majmuasi va ularning oʼzaro aloqasi kabi har xil semantik 
tiplarni qamrab olgan predikatlardan iborat boʼladi. 
Koʼrsatilgan predikatlar tiplarining xilma-xilligi, qachonki 
ular gapning mustaqil asosiy predikativ markazi rolini 
oʼynasa, tobe predikat vazifasida keluvchi kichik tiplarni 
birlashtirishi mumkin. N.D.Аrutyunova ularni ikki tipga: 
jarayonli va dalil hosil qiladigan predikatlarga birlashtirishni 
taklif qiladi.
N.D.Аrutyunovaning koʼrsatilgan ishida tahlil qilingan 
muammo nafaqat baholovchi, balki izhorli predikatlarning 
barcha tiplariga muvofiq. Taʼkidlash mumkinki, aynan shu 
gap IQ (Izhorli qurilma) asosida soʼzlovchining izohlash qismi 
mazmunida jarayonga yoki dalil hosil qiluvchi mazmunga 
nisbatan eʼtiboriga qarab turli maʼnoga ega boʼlishi mumkin: 
Аsadbek qizidan xotirjam edi, oʼqishi yaxshi, hamma narsaga 
aqli yetadi, aql-idroki zoʼr (T.Malik. «Shaytanat»). Oʼqishgani 
yaxshi, odam boʼlishadi, – deb qoʼydi Jalil (T.Malik. 
«Shaytanat»). 
Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan keltirilgan 
misolda umumbaholovchi «yaxshi» predikati tobe predikat 
«oʼqimoq» bilan qoʼshiladi. Birinchi misolda tobe sintagma 
jarayonni anglatadi, ikkinchisida dalil hosil qiluvchi maʼnoni; 
birinchi holatda harakatning oʼzi baholanmoqda, ikkinchisida 
esa harakat dalili ijobiy baholanmoqda yoki boshqacha 
aytganda, birgina harakatga subʼektning aralashish aspekti bu 
harakatga 
malakasiz 
aralashish 
uning 
muvaffaqiyatli-
muvaffaqiyatsiz tugashiga olib kelishi ifodalanmoqda. 
Oxirgisidan maʼlum boʼlyaptiki, kim oʼqisa, yaxshi oʼqishi 
shart emas, ammo ularning bilimga qiziqishi «odam 
boʼlishi»ga xizmat qiladi. 
IQlardagi analogik farqlar hissiy idrokni bildiruvchi 
predikatlarda kuzatiladi: 
Tanchali uyda voqealarni hayrat bilan kuzatib turgan 
Аsadbek otasining kirib kelayotganini koʼrib, yigʼlamoqchi 
boʼldi, nega bunday qilayotganini oʼzi ham bilmadi (T.Malik. 
«Shaytanat»).
Bobomiz oʼz fikrlarini har qanday odamga 
tushuntirishga mohir boʼlsa-da, gaplari Oqpodshoga borib 
yetmaganini koʼrib, qoʼl silkaydi (Togʼay Murod. «Otamdan 
qolgan dalalar»).
Keltirilgan 
misollarning 
birinchisida 
– Tohir 
Malikning «Shaytanat» romanidan keltirilgan parchada – 
«koʼrmoq» predikati izhor subʼektning tobe sintagmada 
ifodalangan «yigʼlamoq» harakati hosilasini bevosita idrok 
qilishni yuzaga keltirgan. Tabiiyki, izhorlanayotgan qism bu 
yerda jarayon maʼnosida kelmoqda. Umuman, hissiy idrokni 
bildiruvchi «koʼrmoq», «eshitmoq» kabi feʼllar jarayon, holat 
kabilarning sinxron amalga oshishini, hozir sodir boʼlayotgan 
va bevosita kuzatishga asoslangan harakatni aks ettiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling