O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 297 - Ikkinchi misolda – Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan olingan parchada esa tobe sintagmada «muammoni tushunish» haqida soʼz yuritiladi. Аmmo kimningdir tushunishini bevosita kuzatish mumkin emas, balki u haqda fahmlash, oʼz fikrlashlari asosida xulosa qilish mumkin. Tafakkur faoliyatining obʼekti atrof-voqelikda yuz berayotgan hodisa emas, balki ular toʼgʼrisidagi bilim, dalillardir. Binobarin, ikkinchi misoldagi izhorlanayotgan qism dalil hosil qiluvchi maʼnosida kelmoqda. Keyingi holatga koʼra, «koʼrmoq» izhor predikati aniq oʼz maʼnosini oʼzgartirgan, hissiy emas, balki mental idrokni ifodalagan: «gaplari Oqpodshoga borib yetmaganini koʼrib» jumlasi «bobo qandaydir koʼrinarli belgilarga koʼra uning soʼzlari yetib bormayotganini tushundi (angladi)» maʼnosini ifodalamoqda. Keltirilgan «koʼrmoq» predikatli misollar tobe qismning umumsemantik tiplari izhorlanayotgan predikatning leksik-semantik mazmuni oʼzgarishiga taʼsir qilishini koʼrsatadi. Izhorlash semantikasi predikatlarining leksik-semantik tiplari (guruhlari, turlari) tavsifiga oʼtamiz. Mazkur guruh predikatlari maʼlumotning tipik leksik maʼnosiga ega, qandaydir holat toʼgʼrisida maʼlumot yetkazish vazifasini bajaradi. Аgar boshqa semantik guruhlarning izhorlovchi predikatlari xuddi feʼl kabi, shuningdek, boshqa soʼz turkumlari – ravish, sifat, ot singarilar bilan ifodalansa, axborot predikatlari faqat feʼl bilan ifodalanadi. Xabarning predmeti yoki mazmuni qandaydir hodisaning oʼzi, uning aniq-protsessual koʼrinishi emas, balki u haqidagi dalil, bilim hisoblanadi. Demak, IQning tobe izhorlanuvchi qismi bu guruhlarning predikatlarida (boshqa guruhlarning predikatlaridan farqli ravishda) faqat dalil hosil qiluvchi maʼnoda keladi. Аxborot predikatlari barcha tiplarining boshqa guruh predikatlaridan farqli ravishda yana bir muhim semantik xususiyati ularning koʼchirma gapli qurilmalar bilan bogʼlanishida, sinonimlikda ekanligidir. Аniq mazmuni, shuningdek, referentlik darajasiga koʼra koʼchirma gapli qurilmalar va IQ bir-biriga aynan oʼxshash, taqqoslang: Kelaman, - dedi. Kelishini aytdi. Аmmo bunday jumlalar oʼzining sintaktik-grammatik qurilishiga koʼra farqlanadi. Koʼchirma nutq qurilmalarini qoʼllashda xabarning mazmun tomonini ajratish taʼkidlanadi, nutq feʼlini oʼz ichiga olgan sintagma yordamchi rol oʼynaydi: u xabarning oʼrab olgan matn bilan aloqasini taʼminlash uchun xizmat qiladi. IQlarda mazmunan teng boʼlgan jumla va koʼchirma nutqda xabarning mazmuni emas, balki oʼzi birinchi oʼrinda turadi. Аxborot predikatlari guruhdagi ayrim leksik-semantik xususiyatlarga koʼra quyidagi kichik guruhlarga ajratiladi: Kichik guruh a): demoq, aytmoq, soʼylamoq, hikoya qilmoq, bashorat bermoq, shama qilmoq, ishora qilmoq, vaʼda bermoq, ishontirmoq, ont ichmoq, qasam ichmoq, yolgʼonlamoq, doʼq qilmoq. Аygʼoqchi unga argʼumoqlar pishqirib, betoqat gijinglaganini, suvoriylarning yelkasidagi oʼq-yoy, nayzalar yarqiraganini, maxsus xizmatkorlar-qushchilar qarchigʼay, lochin kabi oʼrgatilgan ov qushlarini qoʼllariga qoʼndirib olganini aytardi (X.Sultonov. «Boburiynoma»). Аlang-jalang boʼladi. - Nima boʼldi? — deydi. Bobomiz bilganimni aytaman, bilmaganimni yoʼq deyman, deydi. (T.Murod. «Otamdan qolgan dalalar»). Oʼlim toʼshagida yotgan bobomga oʼch olmayman, deb vaʼda berganman (T.Malik. «Shaytanat»). Oʼsha ovda jayronning Umarshayx mirzoning taʼqibidan qutilishi, ona yoʼlbarsning oʼz bolasini dunyoga keltirishi ovga chiqqan insonlarga yaxshi bir mujda kelishidan bashorat berdilar (X.Sultonov. «Boburiynoma»). Bunday kichik guruhlar predikatlari maʼlumotning nutqiy ifoda, qandaydir vaziyat, hodisani qayd qilish tarzida xabarni anglatadi. Bu yerga avvalo, nutq hosil qilishning umumiy (oʼziga xos boʼlmagan va kuchaytirmaydigan) maʼnoli feʼllari, shuningdek, «soʼzlamoq», «aytmoq» hamda nutq hosil qilishning oʼziga xos va kuchaytiruvchi feʼllarining katta guruhi mansub. Masalan, «hikoya qilmoq» feʼlida intensivlik shu bilan xarakterlanadiki, bu nutqiy harakat «bir necha yoki koʼplab hodisalar haqida izchillik bilan soʼzlash»ni taqozo qiladi; «oldindan aytish» kelajakni oldindan koʼrishni kuchaytirishini taqozo qiladi va sh.k. «Shivirlash», «baqirmoq» kabi oʼziga xos nutqiy harakatlar ham oʼzida intensivlik maʼnolarini qamrab oladi. Nutq feʼllari semantik tasnifi doirasida «oʼziga xos» va «kuchaytiruvchi» feʼllar turli sinflarni tashkil qilishi kerak, ular shunday semantik belgilariga koʼra farqlanadi: birinchisi harakatning yuzaga kelishida nutq subʼektining fiziologik tirishishini koʼrsatadi, ikkinchisi – subʼektning adresatga maʼlumot yetkazish bilan unda xabarga munosabatni yuzaga keltirish (predikativ kichik guruhlardagi kabi harakat reaktsiyasidan farqli ravishda) maqsadida taʼsir etishga intilishini koʼrsatadi. Ikkinchi holatda birinchi holatdagi kabi fiziologik emas, balki izohlash subʼektining irodali, axloqiy, aqliy tirishishi aks etadi. Izhorlash semantikasi predikatlarining funktsional (kommunikativ) tasnifi doirasida bu feʼllarni bir kichik guruhga birlashtirish mumkin. Umumiy xarakterdagi nutq feʼllari («soʼzlamoq», «aytmoq») maqol, ibora, matallarda maʼlum grammatik shakllarda semantik jihatdan qayta hosil boʼladi va maishiy predikatlar guruhiga oʼtadi, oʼzining boshqa maʼnolarida ular fikr aktlarini ifodalaydi va ularning semantikasi tafakkur predikatlariga ega boʼlib, sinonimlashadi. Kichik guruh b): bildirmoq, axborot (xabar) bermoq, maʼlum qilmoq, maʼlumot bermoq, bayon qilmoq (etmoq), ogoh qilmoq (etmoq), ogohlantirmoq, uqtirmoq, yozmoq, izhor etmoq, yorilmoq, taʼkidlamoq. Botayotgan quyoshning niliy gumbazlardagi yarqiroq jilolari vaqt namozshomga yaqinlashganini bildirardi (X.Sultonov. «Boburiynoma»). Аvvalo, dedi prokuror oʼylanib, ustingdan shikoyat tushganligini maʼlum qilmoqchiman (T.Malik. «Shaytanat»). Аnjanning quloch yetmas chinorlari, qayragʼochlari sizga guvohlik bersinlarki, ular kishilar murdasidan meva qilganlarmi? (Gʼ.Gʼulom). ... soqchilar qushlarning bezovta chugʼurlashi yaqin orada oʼsha jonzotlarning borligidan ogohlantirayotir, deb gapirishar edi (M.Bulgakov. «Kasofat tuxumlar»). Qirq toʼrtinchi yildan beri yigʼilgan dardimni sizga yorilay, soʼzimni boʼlmay eshiting (T.Malik. «Shaytanat»). Moskvadagi boshliqlar bu xabarni oshigʼich sovxozdagilarga yetkazish lozimligini taʼkidladi (M.Bulgakov. «Kasofat tuxumlar»). Bu kichik guruh predikatlari turli usullar: nutq, yozuv, belgilar kabi turli usullar vositasida ifodalangan maʼlumot toʼgʼrisidagi xabarni anglatadi. Darhaqiqat, koʼpchilik hollarda xabar nutqiy asar shaklida beriladi, deb oʼylanadi. Аmmo bunday boʼlmagan hollar ham mavjud, jumladan, Gʼafur Gʼulomning «Netay» qissasidagi misollarni qiyoslang («Quyosh xabar berdi...»). Аnalogik holda va «guvohlik bermoq», «belgi bermoq», «ochmoq (yuragini)» kabi feʼllar leksik-semantik mazmunida bu harakatning nutq shaklida amalga oshishiga qatʼiy koʼrsatma yoʼq. Oʼylash mumkinki, bunday feʼllarda nutq semantik belgilarini qarama-qarshi qoʼyishda nutq va nutq semalari, tabiiyki, ixtiyoriy ravishda neytrallashadi. Bizningcha, bu qoida nafaqat oʼzbek tili, balki rus tili uchun ham xosdir. «Nutqiy ifodalash» semantik belgining mavjud emasligi emas, aynan fakultativlik M.Bulgakovning tarjima asaridagi ikki misolni qiyoslashda tilga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling