O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Kalit so‘zlar: Go‘zallik, rang, konsept, belgi, assotsiatsiya, estetik baho, prototip, etalon. 
Kirish. Sharqona poetikaning muhim xususiyati 
shundaki, unda ayol go‘zalligining o‘zidan ko‘ra tasviri, 
badiiy so‘z san’atining jilosiga, poetik obraz yaratishga 
ko‘proq ahamiyat beriladi. Arastu fikricha, “Shoir hayotda 
qanday bo‘lsa, shunday tasvirlamaydi, degan ta’naga e’tiroz 
bildirib shuni aytish mumkinki, shoir hayotda qanday bo‘lish 
kerakligini (ham) tasvirlaydi” [1]. Ayniqsa, mumtoz 
matnlardagi tasvirlarda mubolag‘a kuchli bo‘ladi. Sub’ektning 
go‘zallik haqidagi tasavvuri va talabini ob’ektning insoniy 
sifatlari qoniqtirmaydi, uni ilohiy bir xilqat darajasiga 
ko‘taradi, hayotiylikdan chekinadi. O‘zbek mumtoz badiiy 
matnlarida “go‘zallik” tushunchasining verbalizatsiyasi, 
asosan, ayol obraziga tegishli estetik sifatlarning lisoniy 
ifodasida namoyon bo‘ladi. Go‘zallik ayol yuzi, labi, qoshi, 
ko‘zi, qomati, yonog‘i, sochi; xulqiy sifatlari kabi 
komponentlar 
yig‘indisidan 
tashkil 
topgan 
yaxlitlik 
ko‘rinishida idrok etiladi. Bu komponentlarning mental 
reprezentatsiyasi turli leksik birliklar va ularga tegishli bo‘lgan 
belgilar vositasida amalga oshiriladi. Ayniqsa, ranglarning 
sub’ektiv bahoni voqelantirish xususiyati beqiyos. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Dunyo va 
o‘zbek tilshunosligida borliqni ranglar vositasida idrok 
etishning psixologik-kognitiv xususiyatlari, olamning lisoniy 
manzarasida ranglarning o‘rni, ranglarning estetik baho 
ifodalashdagi aksiologik jihatlari masalalari atroflicha tadqiq 
etilgan. 
Tilshunos 
olimlardan 
V.Berlin, 
R.Kay, 
V.A.Moskovich, А.И.Белов, A.P.Vasilevich, Z.M.Frumkina, 
N.B.Baxilina, 
T.Yu.Svetlichnaya; 
o‘zbek 
olimlaridan 
I.S.Matchanova, 
A.M.Bazarbaeva, 
Б.Р.Кадирова, 
N.R.Umarovalar o‘z tadqiqot ishlarida ranglarning konseptual-
semantik tahlili, idrokdagi tasavvurlar verbalizatsiyasidagi 
ahamiyati, 
psixolingvistik 
xususiyatlari 
haqida 
fikr 
yuritganlar.
A.I.Belov ta’rificha, “lingvokultrologiyada rang 
konsepti insonni o‘rab turgan olamni anglashida muhim 
kognitiv kategoriyalardan biri sifatida ko‘p predmet-
hodisalarni o‘zida aks ettiradigan “madaniy kod”, ya’ni turli 
xalqlarning o‘zaro munosabatlari natijasida “madaniy 
daltonizm”ni bartaraf etishga imkon beradigan bilimdir” [5]. 
Ranglar dunyoni anglab yetish va tartibga solish vositalaridan 
biri bo‘lib, ayniqsa, sharq xalqlarida ularning ramziy 
ahamiyati kuchli bo‘lgan. Masalan, “Xitoyda rang va dunyo 
tomonlarini birlashtiruvchi muvofiqliklar tizimi mavjud: sharq 
– yashil, janub – qizil, g‘arb – oq, shimol – qora, beshinchi 
yo‘nalish – markazga sariq rang, yer rangi va ayni paytda 
quyosh rangi muvofiq keladi” [13]. Koreys madaniyatida qizil 
rangga ko‘proq urg‘u beriladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling