O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 301 -
Neosyazaemoe zoloto//Oblegaet eё telo, kak myakot 
ploda [11, 18]. 
Ammo Sboroshenko keltirgan misollarda qimmatbaho 
toshlarning rang emas, qadr-qiymat jihati nazarda tutilgan. 
Lutfiyning quyidagi baytida la’l orqali ifodalangan tasvirda 
lab va qondagi qizillik belgisi tutashtiriladi: 
La’liga boqsam bilurkim, ko‘nglum ul yon tortadur, 
Noz ila o‘lturgali aytur: “Seni qon tortadur”. 
La’l-1) qizil rangli qimmatbaho tosh; 2) qip-qizil lab 
[2]. Labning la’l toshi nomi bilan atalishi konseptual 
metaforaning hosilasidir. Sub’ekt o‘zining maqsadi – labni 
ta’riflash uchun la’ldan manba sifatida foydalanyapti. Bu la’l 
haqidagi birlamchi bilimlari ya’ni uning rangi, qimmatbaholigi 
kabi belgilar asosida amalga oshiriladi. Lab va la’l toshiga 
tegishli ko‘plab belgilar (qimmatbaho, qattiq, mineral, 
shishasimon, yaltiroq, qizil, pushti, qo‘ng‘ir, yashil, ko‘k) 
orasidan “qizil” semasini ajratib olinib, yor labining prototipi 
sifatida poetik etalonga aylangan. Ikkinchi satrda ham Lutfiy 
mahoratiga xos bo‘lgan so‘z o‘yinini ko‘ramiz:”Men yorning 
labiga boqsam, ko‘nglim unga qarab tortadi, (qiz)meni nozi 
bilan o‘ldirish uchun, seni qon tortyapti, deydi”. Endi lab 
qizilligi qon qizilligi bilan assotsiatsiyalashadi. Agar labga 
intilib, yorga yetmoqchi bo‘lsang, jon berishingga to‘g‘ri 
keladi(seni qon tortyapti) degan mazmundan ilohiy ishqning 
yorqin namunasini ko‘rish mumkin. Ya’ni, Haqqa yetish 
uchun o‘lmoq kerak. Ikkinchi tomondan, xalqona “qon 
tortish” frazemasi ham voqelantirilgan.
Ayrim hollarda qizillik belgisi yor labidan tashqari 
oshiqning ko‘z yoshiga ham nisbat beriladi, labning qizilligi 
oshiq bag‘rini qon qilib, ko‘zidan la’lu marjon (qip-qizil qon) 
to‘kishiga sabab bo‘ladi: 
Bag‘ir qon qildi ernidinu bo‘ldi, 
Ko‘zumda la’lu marjon pora-pora (Sakkokiy). 
Ushbu baytda la’l va marjon toshlari rang (qizillik) va 
shakl (tomchi) belgisi bilan ma’no ifodalagan bo‘lsa, 
Sakkokiyning boshqa misrasida la’l va gavhar toshi rang va 
“ko‘z gavhari” ma’nosida keladi: 
Ul tishingu erningni ko‘rub bir kularingda, 
Bu ikki ko‘zim la’lu guhar bahriyu koni. 
Bu baytda shoir yor tishining oqligi va labining 
qizilligiga o‘z ko‘zidan oqqan qonning qizilligi va ko‘z 
gavharining oqligini parallell keltiradi. Tabiiyki, bu tasvir 
g‘azal mazmunini boyitishga va oshiq holatini bo‘rttirib 
ko‘rsatishga xizmat qilgan. Ko‘pgina tillarda qizil rang chiroy, 
tushunchasini ifodalaydi va qizil rang tasvirlangan o‘rinlarda 
go‘zallik haqida so‘z boradi. Masalan, Xitoyda “qizil yurak” 
samimiy inson qalbini ifodalasa, fosiq va makkor odamning 
yuragi qora deb ko‘rsatiladi... Ba’zi xalqlarda qizil rang isyon 
va kurash tushunchasini ham ifodalaydi [3, 50]. 
Ayrim g‘azallarda yor go‘zalligi va unga bog‘liq 
bo‘lgan oshiq holati dinamik jarayonda beriladi: 
Firoqing bo‘tasi ichra tanimni sizg‘irur har dam, 
Yuzumni oltun etqoli g‘amingni kimiyo qilma 
(Sakkokiy). 
Firoq dardi oshiqqa azob beryapti. Xasta odamning 
yuzi sarg‘ayishi hodisasi metafora-gap shaklidagi kognitiv 
mexanizm orqali verballashtirilgan. Ya’ni “kimiyoviy hodisa 
orqali oltin paydo qilish” jarayonining obrazli tasvirida 
kimyoviy modda vazifasini firoq(g‘am) bajarmoqda. “Oltin” 
leksemasi rang bildiruvchi manba maydoni vazifasini 
bajargan. Maqsad maydoni – oshiq yuzi. Chunki u sariqlik 
belgisi ostida paydo qilingan hosila ma’no.
Bundan tashqari mumtoz badiiy matnlarda oq rang 
ifodasi uchun oy, quyosh; qora rang ifodasi uchun jubba, 
mushk, zunnor, hindu, habash; qizil rang ifodasi uchun gul
lola, qon, anor(nor); sariq rang ifodasi uchun somon, xashak, 
xazon kabi birliklar ham faol qo‘llanilgan bo‘lib, ular o‘zida 
yor go‘zalligining biror sifatini ifodalovchi lisoniy vosita 
sifatida poetik ma’no tashishga xizmat qilgan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling