O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, eng 
avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish 
kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi 
o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, turli 
til, g‘ayri adabiy til unsurlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu 
masalaning lisoniy tomoni bo‘lib, nutqiy tozalikning 
nolingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga 
ega. 
Nutqimizning toza bo‘lishiga halaqit berayotgan 
lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. 
To‘g‘ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo‘lmaydi. 
Chunki, badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar 
bilan ma’lum badiiy-yestetik vazifani bajarishi, muallifning 
ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi 
mumkin. Aytaylik, milliy kaloritni bermoqchi yoki asar 
qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm 
va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: 
“Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. 
San manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq yomon 
so‘zlarni elga tarqatding” (Mirmuxsin). Ushbu misolda 
dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi 
quyidagi misolda varvarizmlar –chet so‘zlar xarakter 
yaratishda yozuvchiga ko‘maklashgan. “Dubora” yana 
bordibir ishga shul, (so‘kib-net, - dedi, kelma durrak, poshul!) 
Parazit so‘zlar deb ataluvchi lug‘aviy birliklar ham til 
madaniyati uchunyotdir. Ular, asosan, so‘zlashuv nutqida ko‘p 
ishlatilib, 
notiqning 
o‘z 
nutqinikuzatib 
bormasligi, 
e’tiborsizligi natijasida paydo bo‘ladi va bora-bora 
odatgaaylanib qoladi.
Nutqning ta’sirchanligi. Nutqning ta’sirchanligi 
deganda, asosan, og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va 
shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi 
ruxiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhimdir. YA’ni, notiq 
tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan 
tortib, hattoyo shigagacha, o‘z nutqining tinglovchilar 
eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turishi, o‘z 
nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini 
nazorat qilishi lozim bo‘ladi. Professional bilimga ega bo‘lgan 
kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq 
bo‘lmagani kabi, oddiy, etarli darajadagi ma’lumotga ega 
bo‘lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda 
gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan 
vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi 
bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga etkazishga harakat 
qilish vazifa qilib qo‘yiladi. Xo‘sh, ta’sirchan nutq deganda 
qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.N.Golovin shunday 
ta’rif beradi: “Ta’sirchan nutq deb nutq qurilishining 
tinglovchi va o‘quvchi e’tibori va qiziqishini qozonadigan 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling