O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
Tadqiqot metodologiyasi. O‘zbek badiiy matnlarida
go‘zallik ifodasi uchun qimmatbaho tosh nomlari (sadaf, dur, inju, feruza, yoqut, la’l), libos nomlari (qabo, burqa’, pirohan, ro‘mol), gastronomik birliklar (shakar, asal, suv, gulob, boda, may), shaxs otlari (raqib, oshiq, yor, gado, darvesh, podshoh, qul, jallod, kofir, habash, hindu), samoviy jismlar (oy, quyosh, yulduzlar, sayyoralar), narsa-buyum nomlari (sham, mushk, O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 300 - zunnor, qalam, jorub,novak, o‘q-yoy), joy nomlari (Yaman, Chin, Xo‘jand, Turkiston, Hindi, Kan’on, cho‘l, chamanzor, bog‘), diniy-afsonaviy birliklar (malak, hur, zohid, pari) va arabiy harflarni mohirona qo‘llash, shuningdek, o‘simlik nomini bildiruvchi leksemalar (fitonimlar), jonivor nomini bildiruvchi leksemalar (zoonimlar)ning leksik-semantik doirasiga kiruvchi ayrim semalar sub’ekt idrokidagi birlamchi tasavvurlar bilan assotsiativ munosabatga kirishishi natijasida milliy-estetik etalonlar jamlanmasi hosil qilingan. Turli estetik konseptlar, jumladan, “go‘zallik” ifodasi uchun rang ifodalovchi birliklar vositasida turfa badiiy tasvirlar yaratilgan. Masalan: oq rangni ifodalash uchun siym (kumush), sadaf, oy, quyosh, oq gul; qora rang ifodasi uchun jubba, mushk, zunnor, hindu, habash, ohuning ko‘zi, Bilol timsoli; qizil rang ifodasi uchun gul, la’l, aqiq, lola, qon, anor(nor); sariq rang ifodasi uchun somon, xashak, xazon, oltin leksemalari faol qo‘llanilgan. Ular “kognitiv manba maydonlari” sifatida yor va oshiqning tashqi ko‘rinishi, ruhiy holati, estetik qarashlari, hissiy kechinmalarini, sub’ektning emotsional-ekspressiv bahosini lisoniy voqelantirishga xizmat qiladi. A.Bazarbaevaning fikricha, “turli etnik guruh vakillarining og‘zaki nutqida rang belgisi vazifalarining milliy xususiyatlari ularning mentaliteti va madaniy-tarixiy an’analari bilan bog‘liq...” [4]. Ayrim holatlarda rang belgisini o‘xshash narsa, joy, shaxs nomlari bilan atab, kognitiv metafora asosida tasvir yaratish hollari ham uchraydi. Atoyining quyidagi baytida Hindiston va Qobul jo‘g‘rofiy nomlari vositasida qoralik (soch) va oqlik (yuz) belgisi go‘zallik tasvirida muhim etalon sifatida qo‘llaniladi: Yuz tuman, ming g‘am bila qildi Atoyini asir, Zulfi Hinduston savdosinda mohi Kobuli (Atoyi, “Ey qading tubiy niholi...”). Sub’ekt ongida avvaldan mavjud bilimlar – hindlarning qora tanliligi va Qobul osmonidagi oyning yorug‘ligi – qora va oq sifatlari umumiy kognitiv jarayonda uyg‘unlashib, go‘zallikning lisoniy ifodasiga olib kelgan. Bu o‘rinda yor sochining qoraligi oshiqqa “yuz tuman, ming g‘am” keltirishidan tashqari, hind yurtining ulug‘ligiga ham ishora qiladi. Soch ta’rifida uni ilonga, ajdarga qiyoslash an’analari ham mavjudki, bunda asosiy diqqat sochning qoraligiga va undan keyin boshqa xususiyatlariga qaratiladi. Yuz uza zulfung erur ganj ustida yotqon yilon, Vah, o‘shul ganj orzusidur bizni vayron aylagan (Lutfiy, “Ey qaro baxtimni...”). Mazmuni: “Sochlaring yuzing uzra go‘yo xazina ustida yotgan ilon kabidir, o‘sha xazinaning orzusi bizni (oshiq ahlini) xarob qildi”. Bunday etalonlar Atoyi g‘azallarida ham uchraydi: Soching ne turfa davlatlik, ilondur, Kumush ganji uza yotur uzola (Atoyi, “Yuzungdin rang olur”). Soch 1)rang, 2)shakl-hajm, 3)xususiyat, 4)vazifa jihatidan ilonga qiyoslanadi. Soch leksemasining semantik doirasiga kiruvchi qora, sariq, oq, uzun, kalta, silliq, jingalak, xushbo‘y, yog‘li, quruq, paxmoq, siyrak, qalin, yumshoq, qattiq, tovlanuvchan va h.k. semalar hamda ilon zoonimining leksik-semantik maydoniga kiruvchi qora, kulrang, yaltiroq, tovlanuvchan, uzun, kalta, yo‘g‘on, ingichka, zaharli, zaharsiz kabi semalar qora (rang), uzun, silliq (shakl-hajm), tovlanuvchan (xususiyat) kabi umumiy belgilar birlashtirilib, soch tasviri yuzaga chiqarilgan. Turkiy xalqlarning milliy- etnik lingvomadaniyatida xalq og‘zaki ijodidagi ertak va afsonalarda xazinani ilon qo‘riqlab yotishi haqidagi tasvirlar mavjud. Baytda sochning ilon kabi yuz(xazina) ustida yotishi manzarasi lingvomadaniy-kognitiv ifoda bo‘lib, bu o‘rinda sochning 4-funksiyasi verballashtirilgan. Ayrim o‘rinlarda esa xuddi shu maqsad uchun ajdar leksemasidan foydalanilgan. Ajdar ham sharq xalqlari lingvomadaniyatida “xazinani qo‘riqlab yotuvchi maxluq” sifatida assotsiatsiyalashgan. Ganj – yor yuzining qadr-qimmatini belgilovchi baho darajasida belgilanib, u o‘zida o‘sha xazinaga “yetisha olmaslik”, “armon” semalari vositasida “go‘zallik” konsepti maydonidagi “orzu”, “hijron”, “intilish” kabi ma’nolari verballashtiradi. Hayvonot olami inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ularning nomlari ham ma’lum assotsiativ munosabatdagi so‘zlarni yodga soladi. Qimmatbaho tosh nomlari ranglar orqali ifodalangan subyektiv baho reprezentatsiyasida sermahsul qo‘llaniladigan prototiplar sirasiga kiradi. Oltin, kumush leksemalari rang jihatdan yuz va badan tusini ifodalab, har biriga alohida ma’no yuklatilgan: Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma (Lutfiy). Baytdagi “oltin” leksemasi metaforik ko‘chim orqali oshiq yuzining rangini ifodalayotganini oltin metali haqida tasavvurga ega bo‘lga har qanday odam osongina tushunadi. Xasta odam yuzidagi sariqlik bilan oltinning sariqlik belgisi sub’ekt ongida o‘zaro assotsiativ munosabatga kirishadi. Yoshurdi so‘zi rang darajasini yanada kuchaytirib, yor ishqida rangi sarg‘ish tusga kirgan oshiqning yuzi oltindan-da sariqroq ekanligiga ishora qiladi. Siymbar so‘zi “kumush badan,oq badan” ma’nosini anglatadi [2]. Kumushdagi oqlik belgisi badanining oqlik belgisi bilan bitta konseptual maydon doirasida birlashib, shoir istagan hosila obraz - oq badanli yor timsoli namoyon bo‘ladi. Hosil qilingan metonimik birlik (siymbar-kumush tan) vositasida shoirning ideal obraz haqidagi tasavvurlari reallashadi. Kumush leksemasi orqali tana rangi ifodalanish holatini quyidagi baytda ham kuzatish mumkin: Kumush bilaklaringizni yeng ichra yoshurmang, Kishining ilgi ochuq bo‘lsa, benazir bo‘lur (Lutfiy). Kumush metali hamda inson bilagi (tanasi) leksemalarining leksik-semantik maydoniga tegishli bo‘lgan oqlik belgisi moslashib, o‘quvchi ko‘z o‘ngida oppoq bilak tasvirini paydo qiladi. Lutfiy so‘z o‘yinidan mohirona foydalangan holda, ikkinchi misrada ikki xil mazmunni ifodalaydi: 1) kishining oppoq bilagi ochiq tursa chiroyli ko‘rinadi; 2) kishining qo‘li ochiq (saxiy) bo‘lsa, yaxshi inson bo‘ladi. Sharq mumtoz adabiyotida unumli qo‘llanilgan aqiq, la’l, inju ,sadaf, yoqut, dur kabi qimmatbaho tosh nomlari ham go‘zallikni tasvirlashga xizmat qilgan. Sakkokiy ijodida esa yuz sariqligi qahrabo orqali ifodalanadi: Boqib bir g‘amzasi birla ko‘zi yuz ming balo qildi, Aqiqi ishvasi birla engimni qahrabo qildi. Ikki xil qimmatbaho tosh orqali ikki xil rang ifodasidan oshiq holi namoyon etiladi. Aqiqning qizillik, qahrabodagi sariqlik belgisi muallif tasavvurini obrazli ifodalaydi. Labning “aqiq” deyilishiga qizillikdan tashqari va “qimmatbaho” semasi ham asos bo‘ladi. Keyingi metaforik strukturada rang (sariqlik) belgisi saqlanib, qadr-qiymat darajasi tushiriladi. “Bir toshga ikkinchi toshdan ko‘proq qiymat, baho berishi birinchi toshni qadrlashidan dalolat. Tabiatdagi sadaf, yoqut o‘z funksiyasiga va qiymatiga ega bo‘lsa-da, jamiyatda estetik qadriyat sifatida inson ongida qayta yaraladi” [10,12]. K.V. Sboroshenko ayolni qimmatbaho toshlar va foydali qazilma metallariga qiyoslashga asoslangan metaforik model rus va g‘arb poetik tili uchun ham xos ekanligini ta’kidlaydi va italyan shoiri Umberto Sabaning ijodidan misol keltiradi: “... Le nveste un oro unpalpabile il corpo come un frutto. (“Questa che ancor se stessa aina su tutto”). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling