O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 297 -
Ikkinchi misolda – Tohir Malikning «Shaytanat» 
romanidan olingan parchada esa tobe sintagmada «muammoni 
tushunish» haqida soʼz yuritiladi. Аmmo kimningdir 
tushunishini bevosita kuzatish mumkin emas, balki u haqda 
fahmlash, oʼz fikrlashlari asosida xulosa qilish mumkin. 
Tafakkur faoliyatining obʼekti atrof-voqelikda yuz berayotgan 
hodisa emas, balki ular toʼgʼrisidagi bilim, dalillardir. 
Binobarin, ikkinchi misoldagi izhorlanayotgan qism dalil hosil 
qiluvchi maʼnosida kelmoqda. 
Keyingi holatga koʼra, «koʼrmoq» izhor predikati aniq 
oʼz maʼnosini oʼzgartirgan, hissiy emas, balki mental idrokni 
ifodalagan: «gaplari Oqpodshoga borib yetmaganini koʼrib» 
jumlasi «bobo qandaydir koʼrinarli belgilarga koʼra uning 
soʼzlari yetib bormayotganini tushundi (angladi)» maʼnosini 
ifodalamoqda. 
Keltirilgan «koʼrmoq» predikatli misollar tobe 
qismning umumsemantik tiplari izhorlanayotgan predikatning 
leksik-semantik 
mazmuni 
oʼzgarishiga taʼsir qilishini 
koʼrsatadi. 
Izhorlash semantikasi predikatlarining leksik-semantik 
tiplari (guruhlari, turlari) tavsifiga oʼtamiz. 
Mazkur guruh predikatlari maʼlumotning tipik leksik 
maʼnosiga ega, qandaydir holat toʼgʼrisida maʼlumot yetkazish 
vazifasini bajaradi. Аgar boshqa semantik guruhlarning 
izhorlovchi predikatlari xuddi feʼl kabi, shuningdek, boshqa 
soʼz turkumlari – ravish, sifat, ot singarilar bilan ifodalansa, 
axborot predikatlari faqat feʼl bilan ifodalanadi. 
Xabarning 
predmeti 
yoki 
mazmuni 
qandaydir 
hodisaning oʼzi, uning aniq-protsessual koʼrinishi emas, balki 
u haqidagi dalil, bilim hisoblanadi. Demak, IQning tobe 
izhorlanuvchi qismi bu guruhlarning predikatlarida (boshqa 
guruhlarning predikatlaridan farqli ravishda) faqat dalil hosil 
qiluvchi maʼnoda keladi. 
Аxborot predikatlari barcha tiplarining boshqa guruh 
predikatlaridan farqli ravishda yana bir muhim semantik 
xususiyati ularning koʼchirma gapli qurilmalar bilan 
bogʼlanishida, sinonimlikda ekanligidir. Аniq mazmuni, 
shuningdek, referentlik darajasiga koʼra koʼchirma gapli 
qurilmalar va IQ bir-biriga aynan oʼxshash, taqqoslang: 
Kelaman, - dedi. Kelishini aytdi. Аmmo bunday jumlalar 
oʼzining sintaktik-grammatik qurilishiga koʼra farqlanadi. 
Koʼchirma nutq qurilmalarini qoʼllashda xabarning 
mazmun tomonini ajratish taʼkidlanadi, nutq feʼlini oʼz ichiga 
olgan sintagma yordamchi rol oʼynaydi: u xabarning oʼrab 
olgan matn bilan aloqasini taʼminlash uchun xizmat qiladi. 
IQlarda mazmunan teng boʼlgan jumla va koʼchirma nutqda 
xabarning mazmuni emas, balki oʼzi birinchi oʼrinda turadi.
Аxborot predikatlari guruhdagi ayrim leksik-semantik 
xususiyatlarga koʼra quyidagi kichik guruhlarga ajratiladi: 
Kichik guruh a): demoq, aytmoq, soʼylamoq, hikoya 
qilmoq, bashorat bermoq, shama qilmoq, ishora qilmoq, vaʼda 
bermoq, 
ishontirmoq, 
ont 
ichmoq, 
qasam 
ichmoq, 
yolgʼonlamoq, doʼq qilmoq. 
Аygʼoqchi unga argʼumoqlar pishqirib, betoqat 
gijinglaganini, suvoriylarning yelkasidagi oʼq-yoy, nayzalar 
yarqiraganini, maxsus xizmatkorlar-qushchilar qarchigʼay, 
lochin kabi oʼrgatilgan ov qushlarini qoʼllariga qoʼndirib 
olganini aytardi (X.Sultonov. «Boburiynoma»).
Аlang-jalang boʼladi. - Nima boʼldi? — deydi. 
Bobomiz bilganimni aytaman, bilmaganimni yoʼq deyman, 
deydi. (T.Murod. «Otamdan qolgan dalalar»).
Oʼlim toʼshagida yotgan bobomga oʼch olmayman, 
deb vaʼda berganman (T.Malik. «Shaytanat»).
Oʼsha ovda jayronning Umarshayx mirzoning 
taʼqibidan qutilishi, ona yoʼlbarsning oʼz bolasini dunyoga 
keltirishi ovga chiqqan insonlarga yaxshi bir mujda kelishidan 
bashorat berdilar (X.Sultonov. «Boburiynoma»).
Bunday kichik guruhlar predikatlari maʼlumotning 
nutqiy ifoda, qandaydir vaziyat, hodisani qayd qilish tarzida 
xabarni anglatadi. Bu yerga avvalo, nutq hosil qilishning 
umumiy (oʼziga xos boʼlmagan va kuchaytirmaydigan) 
maʼnoli feʼllari, shuningdek, «soʼzlamoq», «aytmoq» hamda 
nutq hosil qilishning oʼziga xos va kuchaytiruvchi feʼllarining 
katta guruhi mansub. Masalan, «hikoya qilmoq» feʼlida 
intensivlik shu bilan xarakterlanadiki, bu nutqiy harakat «bir 
necha yoki koʼplab hodisalar haqida izchillik bilan soʼzlash»ni 
taqozo qiladi; «oldindan aytish» kelajakni oldindan koʼrishni 
kuchaytirishini taqozo qiladi va sh.k. «Shivirlash», 
«baqirmoq» kabi oʼziga xos nutqiy harakatlar ham oʼzida 
intensivlik maʼnolarini qamrab oladi. 
Nutq feʼllari semantik tasnifi doirasida «oʼziga xos» 
va «kuchaytiruvchi» feʼllar turli sinflarni tashkil qilishi kerak, 
ular shunday semantik belgilariga koʼra farqlanadi: birinchisi 
harakatning yuzaga kelishida nutq subʼektining fiziologik 
tirishishini koʼrsatadi, ikkinchisi – subʼektning adresatga 
maʼlumot yetkazish bilan unda xabarga munosabatni yuzaga 
keltirish (predikativ kichik guruhlardagi kabi harakat 
reaktsiyasidan farqli ravishda) maqsadida taʼsir etishga 
intilishini koʼrsatadi. Ikkinchi holatda birinchi holatdagi kabi 
fiziologik emas, balki izohlash subʼektining irodali, axloqiy, 
aqliy 
tirishishi 
aks 
etadi. 
Izhorlash 
semantikasi 
predikatlarining funktsional (kommunikativ) tasnifi doirasida 
bu feʼllarni bir kichik guruhga birlashtirish mumkin. 
Umumiy xarakterdagi nutq feʼllari («soʼzlamoq», 
«aytmoq») maqol, ibora, matallarda maʼlum grammatik 
shakllarda semantik jihatdan qayta hosil boʼladi va maishiy 
predikatlar guruhiga oʼtadi, oʼzining boshqa maʼnolarida ular 
fikr aktlarini ifodalaydi va ularning semantikasi tafakkur 
predikatlariga ega boʼlib, sinonimlashadi. 
Kichik guruh b): bildirmoq, axborot (xabar) bermoq, 
maʼlum qilmoq, maʼlumot bermoq, bayon qilmoq (etmoq), 
ogoh qilmoq (etmoq), ogohlantirmoq, uqtirmoq, yozmoq, 
izhor etmoq, yorilmoq, taʼkidlamoq.
Botayotgan quyoshning niliy gumbazlardagi yarqiroq 
jilolari 
vaqt 
namozshomga 
yaqinlashganini 
bildirardi 
(X.Sultonov. «Boburiynoma»).
Аvvalo, dedi prokuror oʼylanib, ustingdan shikoyat 
tushganligini maʼlum qilmoqchiman (T.Malik. «Shaytanat»). 
Аnjanning quloch yetmas chinorlari, qayragʼochlari 
sizga guvohlik bersinlarki, ular kishilar murdasidan meva 
qilganlarmi? (Gʼ.Gʼulom).
... soqchilar qushlarning bezovta chugʼurlashi yaqin 
orada oʼsha jonzotlarning borligidan ogohlantirayotir, deb 
gapirishar edi (M.Bulgakov. «Kasofat tuxumlar»). 
Qirq toʼrtinchi yildan beri yigʼilgan dardimni sizga 
yorilay, soʼzimni boʼlmay eshiting (T.Malik. «Shaytanat»).
Moskvadagi boshliqlar bu xabarni oshigʼich 
sovxozdagilarga yetkazish lozimligini taʼkidladi (M.Bulgakov. 
«Kasofat tuxumlar»). 
Bu kichik guruh predikatlari turli usullar: nutq, yozuv, 
belgilar kabi turli usullar vositasida ifodalangan maʼlumot 
toʼgʼrisidagi xabarni anglatadi. Darhaqiqat, koʼpchilik hollarda 
xabar nutqiy asar shaklida beriladi, deb oʼylanadi. Аmmo 
bunday boʼlmagan hollar ham mavjud, jumladan, Gʼafur 
Gʼulomning «Netay» qissasidagi misollarni qiyoslang 
(«Quyosh xabar berdi...»). 
Аnalogik holda va «guvohlik bermoq», «belgi 
bermoq», «ochmoq (yuragini)» kabi feʼllar leksik-semantik 
mazmunida bu harakatning nutq shaklida amalga oshishiga 
qatʼiy koʼrsatma yoʼq. Oʼylash mumkinki, bunday feʼllarda 
nutq semantik belgilarini qarama-qarshi qoʼyishda nutq va 
nutq semalari, tabiiyki, ixtiyoriy ravishda neytrallashadi. 
Bizningcha, bu qoida nafaqat oʼzbek tili, balki rus tili uchun 
ham xosdir. 
«Nutqiy ifodalash» semantik belgining mavjud 
emasligi emas, aynan fakultativlik M.Bulgakovning tarjima 
asaridagi ikki misolni qiyoslashda tilga kiradi. 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling