O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
SOME REASONS ABOUT THE SEMANTIC TYPES OF THE NARRATORY
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
SOME REASONS ABOUT THE SEMANTIC TYPES OF THE NARRATORY
Annotation This article will focus on the semantic types of the narrative part, on the variety of types of predicates. The specified work of N.D. Arutyunova shows that the analyzed problem corresponds to all types of not only evaluative, but also indicative predicates. It can be noted that it is this statement based on the EV (expressive device) that can be seen to have a different meaning depending on the speaker's attention to the process or content that forms the argument in the context of the interpretive part. Key words: expressive device, semantic type, predicate, anological case, syntagma, facultativeness, mental consideration. Obyektiv voqelikning xabar obyektiga aylanadigan har qanday vaziyati, fikriy yoki hissiy oʼzlashtirish, baholash va shu kabilarda izhorlash mazmuni boʼlishi mumkin. Shuning uchun tobe izhorlovchi qism harakat, jarayon, holat, sifat, borliqda joylashish oʼrni, samaradorlik, natija hamda dalillar majmuasi va ularning oʼzaro aloqasi kabi har xil semantik tiplarni qamrab olgan predikatlardan iborat boʼladi. Koʼrsatilgan predikatlar tiplarining xilma-xilligi, qachonki ular gapning mustaqil asosiy predikativ markazi rolini oʼynasa, tobe predikat vazifasida keluvchi kichik tiplarni birlashtirishi mumkin. N.D.Аrutyunova ularni ikki tipga: jarayonli va dalil hosil qiladigan predikatlarga birlashtirishni taklif qiladi. N.D.Аrutyunovaning koʼrsatilgan ishida tahlil qilingan muammo nafaqat baholovchi, balki izhorli predikatlarning barcha tiplariga muvofiq. Taʼkidlash mumkinki, aynan shu gap IQ (Izhorli qurilma) asosida soʼzlovchining izohlash qismi mazmunida jarayonga yoki dalil hosil qiluvchi mazmunga nisbatan eʼtiboriga qarab turli maʼnoga ega boʼlishi mumkin: Аsadbek qizidan xotirjam edi, oʼqishi yaxshi, hamma narsaga aqli yetadi, aql-idroki zoʼr (T.Malik. «Shaytanat»). Oʼqishgani yaxshi, odam boʼlishadi, – deb qoʼydi Jalil (T.Malik. «Shaytanat»). Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan keltirilgan misolda umumbaholovchi «yaxshi» predikati tobe predikat «oʼqimoq» bilan qoʼshiladi. Birinchi misolda tobe sintagma jarayonni anglatadi, ikkinchisida dalil hosil qiluvchi maʼnoni; birinchi holatda harakatning oʼzi baholanmoqda, ikkinchisida esa harakat dalili ijobiy baholanmoqda yoki boshqacha aytganda, birgina harakatga subʼektning aralashish aspekti bu harakatga malakasiz aralashish uning muvaffaqiyatli- muvaffaqiyatsiz tugashiga olib kelishi ifodalanmoqda. Oxirgisidan maʼlum boʼlyaptiki, kim oʼqisa, yaxshi oʼqishi shart emas, ammo ularning bilimga qiziqishi «odam boʼlishi»ga xizmat qiladi. IQlardagi analogik farqlar hissiy idrokni bildiruvchi predikatlarda kuzatiladi: Tanchali uyda voqealarni hayrat bilan kuzatib turgan Аsadbek otasining kirib kelayotganini koʼrib, yigʼlamoqchi boʼldi, nega bunday qilayotganini oʼzi ham bilmadi (T.Malik. «Shaytanat»). Bobomiz oʼz fikrlarini har qanday odamga tushuntirishga mohir boʼlsa-da, gaplari Oqpodshoga borib yetmaganini koʼrib, qoʼl silkaydi (Togʼay Murod. «Otamdan qolgan dalalar»). Keltirilgan misollarning birinchisida – Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan keltirilgan parchada – «koʼrmoq» predikati izhor subʼektning tobe sintagmada ifodalangan «yigʼlamoq» harakati hosilasini bevosita idrok qilishni yuzaga keltirgan. Tabiiyki, izhorlanayotgan qism bu yerda jarayon maʼnosida kelmoqda. Umuman, hissiy idrokni bildiruvchi «koʼrmoq», «eshitmoq» kabi feʼllar jarayon, holat kabilarning sinxron amalga oshishini, hozir sodir boʼlayotgan va bevosita kuzatishga asoslangan harakatni aks ettiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling