O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 301 - Neosyazaemoe zoloto//Oblegaet eё telo, kak myakot ploda [11, 18]. Ammo Sboroshenko keltirgan misollarda qimmatbaho toshlarning rang emas, qadr-qiymat jihati nazarda tutilgan. Lutfiyning quyidagi baytida la’l orqali ifodalangan tasvirda lab va qondagi qizillik belgisi tutashtiriladi: La’liga boqsam bilurkim, ko‘nglum ul yon tortadur, Noz ila o‘lturgali aytur: “Seni qon tortadur”. La’l-1) qizil rangli qimmatbaho tosh; 2) qip-qizil lab [2]. Labning la’l toshi nomi bilan atalishi konseptual metaforaning hosilasidir. Sub’ekt o‘zining maqsadi – labni ta’riflash uchun la’ldan manba sifatida foydalanyapti. Bu la’l haqidagi birlamchi bilimlari ya’ni uning rangi, qimmatbaholigi kabi belgilar asosida amalga oshiriladi. Lab va la’l toshiga tegishli ko‘plab belgilar (qimmatbaho, qattiq, mineral, shishasimon, yaltiroq, qizil, pushti, qo‘ng‘ir, yashil, ko‘k) orasidan “qizil” semasini ajratib olinib, yor labining prototipi sifatida poetik etalonga aylangan. Ikkinchi satrda ham Lutfiy mahoratiga xos bo‘lgan so‘z o‘yinini ko‘ramiz:”Men yorning labiga boqsam, ko‘nglim unga qarab tortadi, (qiz)meni nozi bilan o‘ldirish uchun, seni qon tortyapti, deydi”. Endi lab qizilligi qon qizilligi bilan assotsiatsiyalashadi. Agar labga intilib, yorga yetmoqchi bo‘lsang, jon berishingga to‘g‘ri keladi(seni qon tortyapti) degan mazmundan ilohiy ishqning yorqin namunasini ko‘rish mumkin. Ya’ni, Haqqa yetish uchun o‘lmoq kerak. Ikkinchi tomondan, xalqona “qon tortish” frazemasi ham voqelantirilgan. Ayrim hollarda qizillik belgisi yor labidan tashqari oshiqning ko‘z yoshiga ham nisbat beriladi, labning qizilligi oshiq bag‘rini qon qilib, ko‘zidan la’lu marjon (qip-qizil qon) to‘kishiga sabab bo‘ladi: Bag‘ir qon qildi ernidinu bo‘ldi, Ko‘zumda la’lu marjon pora-pora (Sakkokiy). Ushbu baytda la’l va marjon toshlari rang (qizillik) va shakl (tomchi) belgisi bilan ma’no ifodalagan bo‘lsa, Sakkokiyning boshqa misrasida la’l va gavhar toshi rang va “ko‘z gavhari” ma’nosida keladi: Ul tishingu erningni ko‘rub bir kularingda, Bu ikki ko‘zim la’lu guhar bahriyu koni. Bu baytda shoir yor tishining oqligi va labining qizilligiga o‘z ko‘zidan oqqan qonning qizilligi va ko‘z gavharining oqligini parallell keltiradi. Tabiiyki, bu tasvir g‘azal mazmunini boyitishga va oshiq holatini bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat qilgan. Ko‘pgina tillarda qizil rang chiroy, tushunchasini ifodalaydi va qizil rang tasvirlangan o‘rinlarda go‘zallik haqida so‘z boradi. Masalan, Xitoyda “qizil yurak” samimiy inson qalbini ifodalasa, fosiq va makkor odamning yuragi qora deb ko‘rsatiladi... Ba’zi xalqlarda qizil rang isyon va kurash tushunchasini ham ifodalaydi [3, 50]. Ayrim g‘azallarda yor go‘zalligi va unga bog‘liq bo‘lgan oshiq holati dinamik jarayonda beriladi: Firoqing bo‘tasi ichra tanimni sizg‘irur har dam, Yuzumni oltun etqoli g‘amingni kimiyo qilma (Sakkokiy). Firoq dardi oshiqqa azob beryapti. Xasta odamning yuzi sarg‘ayishi hodisasi metafora-gap shaklidagi kognitiv mexanizm orqali verballashtirilgan. Ya’ni “kimiyoviy hodisa orqali oltin paydo qilish” jarayonining obrazli tasvirida kimyoviy modda vazifasini firoq(g‘am) bajarmoqda. “Oltin” leksemasi rang bildiruvchi manba maydoni vazifasini bajargan. Maqsad maydoni – oshiq yuzi. Chunki u sariqlik belgisi ostida paydo qilingan hosila ma’no. Bundan tashqari mumtoz badiiy matnlarda oq rang ifodasi uchun oy, quyosh; qora rang ifodasi uchun jubba, mushk, zunnor, hindu, habash; qizil rang ifodasi uchun gul, lola, qon, anor(nor); sariq rang ifodasi uchun somon, xashak, xazon kabi birliklar ham faol qo‘llanilgan bo‘lib, ular o‘zida yor go‘zalligining biror sifatini ifodalovchi lisoniy vosita sifatida poetik ma’no tashishga xizmat qilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling