O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 342 - tasvirlanmish va tasvirlovchi zamonning mavjudligi. Hikoya qilinmish voqeaning o‘tgan zamonda ro‘y berishi kanonik xususiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Hech shubhasiz hikoyaning janriy tadrijida muhim rol o‘ynagan bunday tipologik nuqtalar folklorning ertak, masal, latifa singari janr namunalarida ham ko‘rinadi. Masalan, xalq ertaklarida hikoya ikki shaklda: kiritma hikoya va ertak qahramonlarining o‘tmish hayoti bilan bog‘liq voqea hikoya qilinsa, latifa o‘zining obrazlar tizimi yagona lavha asosida qurilishi va ushbu lavha ko‘lamining ixchamligi bilan hikoyaga yaqin turadi. Agar masalning asosiy qismida hikoya kelishi hisobga olinsa, mazkur janrlar aro tipologik xususiyatlar mushtaraklik kasb etishini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, folklor asarlari hikoyaning mustaqil janr sifatida shakllanishida, xususan hikoyat va hikoyaning tipologik hamda poetik takomili uchun tayanch manba hisoblangan. Ayniqsa, afsona, naql orqali hikoyaning samoviy asoslarini izlab uning tub genezisini ochiqlashga zamin hozirlaydi. Xalq ijodi namunalari hikoyaning janr xususiyatlarini uzoq epik o‘tmish zamonidan izlashga, shuningdek, uning tarixiy genezisini ilohiy axborot bilan bog‘liqligini asoslashda poetik ko‘prik vazifasini bajaradi. Oltinchidan, hikoyaning poetik mansha’i, tarixiy genezisi ilohiy axborotdan to‘yinishini ta’kidlash kerak. Hikoyaning ilk tarixiy nazariy asoslari samoviy manbalar bag‘rida shakllanganini, bunda diniy hikoya va rivoyat, naql va afsonaning hissasi borligi ko‘plab ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Adabiyotshunos A.Qozixo‘janing yozishicha: “Agar adabiyot ilohiy manbadan uzilsa, u tubanlashib, eng quyi qatlamlarda ish olib borishga majbur, nafsoniy sifatlarni oqlash bilan ovora bo‘ladi. Insonga ato etilgan ilohiy ilhom uni ilohiy haqiqatlar sari yetaklaydi. Ilohiy haqiqatlar sari yetaklamaydigan ijod, qanday janrda bo‘lishidan qat’i nazar, e’tibordan tushib qolishga, unutilishga mahkum” [Қозихўжа 2015:82-83]. So‘nggi yillarda zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida muayyan adabiy hodisaning asosini ilohiy manbadan chiqarish an’anaga aylanmoqda. Boshqacha aytganda o‘zbek adabiyotshunosligi o‘zining mumtoz o‘zaniga qaytmoqda. S.Meli, Sh.Turdimov, A.Qozixo‘ja, D.Quronov, U.Jo‘raqulov, U.Rasulova kabi adabiyotshunoslarning ilmiy izlanishlarida mazkur munosabat ko‘zga tashlanadi. Sovet o‘zbek adabiyotsunosligida adabiy tarixiy jarayonda janr tamoyillarini o‘rganishda mif, din, folklor va yozma adabiyot tarzida materialistik dunyoqarash kontekstida fikr yuritiladi. Bunga ko‘ra, har qanday adabiy-estetik hodisaning genezisini mifik tafakkur tarozisida o‘lchash an’anasi mavjud edi. Hozir ham bunday an’anaga sodiq adabiyotshunoslar talaygina. Hikoya kompozitsiyasining tezis qismida muallif badiiy g‘oyasining ilk uchquni, hikoya syujetining qisqacha bayoni, badiiy matn mazmunining muxtasar tasviri o‘z ifodasini topsa, antitezisda hikoya syujetining batafsil bayoni obrazlar aro konflikt tasviri tezisdagi konsepsiyaga zid o‘laroq kontrast ifoda, sintezda syujet voqeasining yechimi, hikoya obrazlarining taqdiri, nuqtai nazarlarining yakuniy, uyg‘un ifodasi muallif badiiy g‘oyasi yaxlitlanadi. Yuqoridagi oyat Odam alayhissalom hikoyasining debochasi bo‘lib, hikoya ichida hikoya tarzida keladi. U Odam alayhissalom hikoyatining yadrosi ya’ni “xamirturish”i sifatida butun qissaning poetik xossalarini o‘zida mujassam qiladi. Baqara surasidagi mana shu 30-oyat keyingi oyatlarni bayon qilishda poetik markaz maqomida turadi. Baqara surasining 31-oyati haqida Shayx Muhammadyusuf Muhammadsodiq hazratlari quyidagicha yozadi. “Va Odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ko‘rsatib: “Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, manavilarning ismlarini menga aytib beringchi”, – dedi” [Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф 2018:6]. Ko‘rinadiki, bu tezis jumlada nafaqat Odam alayhissalom qissasi, balki, butun bashariyatning ibtidosidan intihosiga qadar ro‘y bergan va ro‘y berajak voqelikka dahldorligi oydinlashadi. Mazkur ilohiy axborotning biz nazarda tutgan antitezisida hikoya syujetiga xos tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va badiiy konflikt siqiq tarzda poetik ijoz maqomida bayon qilinadi. Ushbu ilohiy axborotdagi tugunning yechimi Baqara surasining 32-oyatida quyidagicha keladi: “(Ular:) “O‘zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo‘q. Albatta, Sen O‘zing o‘ta ilmlisan, o‘ta hikmatlisan”, – dedilar” [Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф 2018:6]. Shu tariqa Odam alayhissalom qissasidagi har bir voqea markaziy axborort bilan mazmunan bog‘lanishi kishini hayratlantiradi. Aslida, o‘tmish, kelajak va ayni zamon voqeligidagi tipologik xossalar mohiyatan bir butun holda, ilohiy xabar negizida mujassamlashadi. Hikoyada qissadan farqli o‘laroq badiiy syujet ulug‘vor voqea asosida qurilishi, hikoyachi va tinglovchi pozitsiyasi nuqtai nazaridan poetik aloqasini ta’min etuvchi, badiiy rishtani mavjudligi tasvirlovchi va tasvirlanmish zamonning farqli xususiyati janr qonuniyati sifatida e’tirof etiladi. Bu esa hikoya genezisi ilohiy axborotga borib taqalishiga dalolat qiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling