- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Hikoyaning janr
xotirasidagi epik tafakkurga xos xususiyatlarini samoviy
makon va zamon xronatop kengliklaridan izlash, ilohiy
manbaga tayanib janrning tarixiy genezisini yoritish poetik
takomilini tarixiy-tipologik aspektda talqin qilishga imkon
beradi. Negaki, hikoya “Almisoq” kunidan bugunga qadar
bo‘lgan bashariyat o‘tmishiga doir voqealar tizmasining eng
muhim xalqalari hisoblanadi.
Rivoyat, afsona, masal, latifa, ertak, doston kabi
folklor janrlari atroflicha tizimli tadqiq etilsa, ushbu
konsepsiya shunchaki gipoteza emasligi oydinlashadi.
Qolaversa, qissa, roman singari katta epik janrlarning badiiy
epizodlari dastlab hikoyada zohir bo‘lishi adabiyotshunoslikda
aksioma sifatida qabul qilingan. Haqiqatdan ham ijtimoiy
hayotda gazeta va jurnallarni nashr qilinishi hikoyaning tarixiy
taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazdi, ya’ni, hikoyaning
o‘quvchisi ko‘paydi. Mazkur janr namunalarini aholining turli
qatlamlari o‘qish imkonini qo‘lga kiritdi. Bu borada
adabiyotshunos U.Jo‘raqulov S.Moyem qarashlariga tayanib
quyidagicha yozadi: “Dastlab asosan siyosiy, tijoriy xabar va
reklamalarni chop etish uchun mo‘ljallangan gazetalarda
badiiy asarlarga o‘rin ajratish rasm bo‘lmagan. Faqat gazeta
maketlari chizilib, reklama va xabarlardan ortib qolgan,
reklama
sig‘dirishning
imkoni
bo‘lmagan
burchak-
burchakdagi g‘arib joylarda keyinchalik biror badiiy asar
bosish rasmga kirgan. Shuning uchun ham asarini matbuotda
chiqarishni xohlagan yozuvchi reklamadan ortgan o‘sha
kichkina joyga mos jajji hikoya yozishga majbur bo‘lgan.
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324
FILOLOGIYA
https://science.nuu.uz/
Social sciences
Do'stlaringiz bilan baham: |