O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 341 -
Kichik hajmli hikoyalarning Moem tomonidan kuzatilgan 
ayanchli tarixi shu” [Жўрақулов 2015:17].
Tahlil va natijalar. Demak, hikoyaning bugungi 
poetik takomili jahon va o‘zbek adabiyotshunoslari tomonidan 
turli aspektda o‘rganilgan. Unga ko‘ra kimdir hikoyaning 
tarixiy genezisini ijtimoiy-madaniy sohalardagi o‘zgarishlar va 
adabiy tarixiy jarayon ehtiyoji bilan asoslasa, boshqalari 
folklor janrlari, xalq hikoyatlari hamda mumtoz adabiyot 
hikoyatlarining poetik xususiyatlariga tayanib o‘z qarashlarini 
o‘rtaga tashlaydilar. Bizningcha, zamonaviy hikoya janrining 
poetik takomili uning tarixiy genezisini tadqiq etishda 
tarixiylik, an’anaviylik, tadrijiylik prinsiplariga ko‘ra ish 
ko‘rish kerak. Negaki, hikoyaning mumtoz qonuniyatlari ildizi 
samoviy zamon xronotop kengliklaridan oziqlanadi. Shu 
ma’noda, janrning poetik takomili, tarixiy genezisi 
quyidagilarga tayanib o‘rganilsa, masala mohiyati teranroq 
oydinlashadi:
Birinchidan, muallifning iste’dodi, uning poetik 
mahorati va uslubi hikoyaning janr xususiyatini boyituvchi 
badiiy individual omil sanaladi. Turli turg‘un adabiy 
qoliplarga ijod tabiatidagi terslik, muallifning yuksak poetik 
mahorati har qanday nazariy qoidalarni yangilashi mumkin. 
Qolaversa, yozuvchining ijodiy labaratoriyasi, badiiy uslubi, 
muayyan janr namunasini yaratishga xoslashishi epik janrlar 
diffuziyasiga asos bo‘ladi. Bunday ijod labaratoriyasi bilan 
bog‘liq jarayonlar o‘zbek nosirlari: Abdulla Qodiriy, Abdurauf 
Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, Shukur 
Xolmirzayev, Ahmad A’zam, Nazar Eshonqul kabilarning 
hikoyalari asosida maxsus o‘rganilganda mazkur qarash 
shunchaki ilmiy gipoteza emasligi oydinlashadi. Deylik, 
A.Qodiriy hikoyaning tasvir va bayon aslahasini realistik 
uslub bilan boyitgan bo‘lsa, Abdurauf Fitrat fantastik, satirik 
va diniy syujet unsurlarini kichiki janr kontekstida talqin 
qilishga jazm etdi. A.Cho‘lpon hikoyalarida davr muammosi, 
ijtimoiy fojelik, g‘arbona tasvir elementlari ifodasi kuzatilsa, 
A.Qahhorda achchiq kinoya, so‘zga xasislik, hajman 
siqiqlikka intilish bo‘rtib turadi. Sh.Xolmirzayev ijodida esa 
inson va tabiatning batafsil tasviri, hajman ko‘lamdorlik, 
hikoyaning markaziy voqeasini turli lavha shaxobchalari 
orqali izohlash yetakchilik qiladi. Eng qizig‘i yozuvchining 
ijodida hikoyaning janr xususiyati uning umri poyoniga qarab 
o‘zgarib boradi. X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul hikoyalarida 
psixologik tasvir Lotin Amerikasi va G‘arb adabiyoti 
tajribalaridan ta’sirlanish, shakliy izlanish va badiiy tildagi 
o‘ziga xoslik o‘zbek hikoyachiligining poetik takomilini 
belgilashda muhim o‘rin tutadi.
Ikkinchidan, milliy mentalitet, mahalliy kolorit nafaqat 
hikoya, balki har qanday janrni kamol topishida muhim rol 
o‘ynaydi. Milliy zaminda yaratilgan asar o‘sha xalq 
odamlarining tili, ishonch-e’tiqodi, orzu-umidlari, ruhiy olami, 
mahalliy koloriti kabilarni o‘zida aks ettirishi tayin. Shu 
sabab, daho ijodkorlar ijodida millat dardi, poetik orginallik 
ko‘zga tashlanadi. Zotan, hech kim o‘zbek xalqi haqida o‘zbek 
yozuvchisidek asar yoza olmasligi aksioma.
Uchinchidan, sinkretizm, sentitizm va porodaksal kabi 
adabiyot tarixidagi uch katta davr hikoya genezisi hamda 
poetik takomilini belgilashda badiiy tayanch vazifasini 
o‘taydi. Ayniqsa, porodaksal davrga doir ijodiy oqim va 
metodlar hikoyaning janr imkoniyatini behad kengayishiga 
zamin yaratdi. Masalan, sentimentalizm, romantizm, realizm, 
naturalizm, modernizm singari adabiy oqim va metodlar 
hikoyaning tasvir imkoniyatini, ifoda shakllarini boyitdi. 
Sentimental – hissiylik, romantik – hayoliylik, realistik – 
hayotiylik, naturalistik – tabiiylik, modernistik – ziddiylik 
xususiyatlarini urg‘ulashi bilan kichik janr yelkasiga ulkan 
vazifa 
yuklandi. 
Hikoyaning 
mustaqil 
janr 
sifatida 
shakllanishida ham ushbu metodlarning o‘rni beqiyos. 
Umuman 
olganda, 
ijodiy 
metodlar 
janrlararo 
madifikatsiyalashuv jarayonlarini tezlashtirdi.
To‘rtinchidan, 
mumtoz 
adabiyot 
namunalari 
tarkibidagi kiritma hikoyalar bugungi hikoyaning poetik 
qonuniyatlari bilan tipologik bog‘lanishga ega. Hikoyat va 
hikoyaga xos syujet, obraz, detal va motiv singari poetik 
komponentlar tarixiylik, an’anaviylik mezonlariga muvofiq 
tipologik ma’no kasb etishi ko‘zga tashlanadi. Hikoyat va 
hikoya voqeasi muayyan detal asosiga qurilishi, hikoyat va 
hikoya obrazi tabiatiga doir metamorfozaviy tasvirning 
mavjudligi hikoyat va hikoya syujeti bayonidagi poetik ijoz 
qonuniyatining 
funksiyasidagi 
o‘xshashlik 
shular 
jumlasidandir. 
Beshinchidan, folklorning epos, qissa, ertak, latifa va 
masal kabi janrlari zamonaviy hikoyaning taraqqiyot tadriji, 
uning shakl va mazmunan muayyan poetik qiyofa kasb 
etishiga asos bo‘lgan. Aytaylik, hikoya xalq eposlari 
kompozitsiyasi sathida bir necha shaklda badiiy funksiya 
bajarganini ko‘rish mumkin. Avvalo, xalq eposlari uzoq 
o‘tmish hikoyalarining poetik birikuvidan bunyod bo‘lgan 
obida deyish mumkin. “M.Baxtin to‘xtamiga ko‘ra, eposning 
predmeti, avvalo, milliy epik o‘tmish yoki “mutlaq 
o‘tmish”dir. Ikkinchidan, epos muayyan shaxs(ijodkor)ning 
hayotiy tajribasi va shu tajriba asosida tug‘ilgan badiiy 
to‘qimadan emas, azaldan mavjud, shakllanib bo‘lgan milliy 
rivoyatlar va afsonalardan tarkib topadi … epos dunyosi “ota-
bobolar va bobokalonlar”, “birinchilar” va “eng yaxshilar” 
dunyosidir” [Жўрақулов 2015:82-83]. Hikoya syujeti hayotiy 
voqeaga asoslanadi. Shunga ko‘ra, hikoya millat o‘tmishidagi 
ota-bobolar 
zamoniga 
doir 
eng 
ulug‘vor 
turmush 
kechmishlarini epos sahnasiga muhrlovchi mo‘jaz mo‘jiza 
hisoblanadi. B.Sarimsoqovning yozishicha: “Tarix sahnasida 
ilk bor vujudga kelayotgan har bir etnos o‘zining epik 
darakchisi bo‘lmish qahramonlik eposi bilan bo‘y ko‘rsatadi. 
Qahramonlik eposi shu elat, ya’ni qabilalar birlashmasining 
shakllanishida jonbozlik qilgan bahodirlarning jasoratlarini 
keng epik miqyosda kuylaydi” [Саримсоқов 1998:64]. Shu 
ma’noda xalq eposi negizida hikoya turadi. Bu esa uning 
genezisini bashariyat ibtidosi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, xalq dostonlari tarkibida kiritma hikoya 
sifatida kelishi kuzatiladi. Bunda butun doston hikoyatlar 
tizmasi 
asosiga 
qurilgan 
bo‘lishi 
yoki 
badiiy 
kompozitsiyasining unsuri sifatida doston syujetini poetik 
payvandlovchi funksiyasini bajarishi mumkin.
Uchinchidan, doston qahramonining safari bilan 
bog‘liq hikoyalar. Bunda qahramon tilidan safar oldi safar 
davomida va safardan qaytgandan so‘ng hikoya qilinadi. Ya’ni 
xalq eposida qahramonlar o‘zlarining boshdan kechirganlarini 
boshqalarga hikoya qilishi nazarda tutiladi.
To‘rtinchidan, xalq eposi qahramonlari o‘zlarining 
ota-bobolari bilan bog‘liq o‘tmish voqealarini hikoya qilishida 
ko‘rinadi. Bunday ibratnamo hikoyalarni aytish orqali epos 
qahramonining ma’rifatga erishishi maqsad qilinadi. Bunda 
bashariyat tarixi bilan bog‘liq voqelik xalq eposlariaro ko‘chib 
yurishi yoki muayyan millat taqdiri bilan bog‘liq rivoyat 
hikoya qilinadi. Yuqoridagilarga tayanib hikoya-doston, 
doston-hikoya, hikoya-qahramon, qahramon-hikoya tarzida 
tasniflash ham mumkin. Doston-hikoyada butun doston 
hikoyalardan tashkil topadi. Bunday hikoyatlar tizmasini 
aytuvchi va tinglovchi yoki voqeadan voqeaga o’tib yuruvchi 
sayyor an’anaviy obrazlar asosida doston syujeti hikoya 
qilinadi. Epos-hikoyada syujetga kiritma hikoya sifatida bayon 
qilinadi bunda kiritma hikoya epos syujetini rivojlantirishda, u 
kulminatsion shiddatni ta’min etishda hamda qahramonlarning 
muayyan xulosaga kelishiga asos bo‘ladi. Hikoya-qahramonda 
epos qahramonining tug‘ilishi, balog‘atga yetishi, alpligi bilan 
bog’liq xalq orasidagi hikoyalar nazarda tutiladi. Qahramon-
hikoyada esa epos qahramonlari, epos qahramonining ota-
bobolari va sarguzashtlari bilan bog‘liq voqealar qahramonlar 
tilidan hikoya qilinadi. Mazkur doston sathidagi hikoya 
shakllarini farqlashda aytuvchi va tinglovchi pozitsiyasi 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling