O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 338 - isbotlandi. Endi mazkur gaplarni ingliz tiliga qilingan tarjimalarini ko‘rib chiqamiz: Mazkur gaplar tarkibidagi “like me”, “like you” – predlogli birikmalari dostoning asl tili o‘zbek tilidagi “senday”, “menday” singari o‘xshatishlarni ifodalaydi. Ingliz tilida o‘xshatish “simile” deb yuritiladi. Simile ikkita turli sinfga mabsub bo‘lgan bir-biriga o‘xshamagan predmetninng yoki obyektning tasavvuriy qiyoslanishi aytiladi. Tilshunos olim D.Fishelov[4] o‘xshatishlarning milliy mentalitetga bog’liqligi borasida tadqiqotlar olib borib sakkizta kategoriya asosida semantik tahlillar o‘tkazadi. Bunda obyektdan biri qiyoslangan bo‘lib u “tenor” deb nomlanadi. Qiyoslovchi obyekt esa “vehicle” (vosita) deyiladi. “Tenor” bilan “vehicle” o‘xshatishning ikki semantik qutbini tashkil qiladi. Bu ikki qutb bir-biri bilan bog‘lovchi so‘zlar orqali bog‘lanadi. D.Stamenkovich[5] zoonimlar bilan berildigan o‘xshatishlarni kognitiv jihatlariga e’tibor berib, ular orqali shaxs xarakteri yaxshiroq ochib berilishini isbotlagan. O‘zbek tilshunos olimlaridan M.Mukarramov[6] o‘xshatishning tarkibi uch qismdan iborat kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra o‘xshatishlarda 1) o‘xshatiluvchi predmet, 2) o‘xshayotgan predmet va 3) o‘xshashlik belgisi bo‘lishi shart. Ulardan biri matnda tushirib qoldirilsa o‘xshatish munosabati ifodalanmaydi. Shu fikrga tayangan holda “Alpomish” dostoni va uning tarjimasidagi o‘xshatishlardan birini tahlilga tortib ko‘ramiz: Asliyat: Bermasman deydiku omon, Qalmoq kelar to‘gib bosib. Qaytmas maydonda savashib, Mard yigit daryoday toshib. Tarjima: Saying no peace I would give, Kalmyks were coming offensive. Would not retreat from the field there, The brave guy flooded like a river. Asliyat va tarjimadan keltirilgan parchada “Mard yigit daryoday toshib.” Va tarjima matnidagi “The brave guy flooded like a river.” misralari o‘xshatishga misol bo‘la oladi. Chunki, M.Mukarramov fikri bu еrda o‘z isbotini topgan. Yigit (guy) – o‘xshatiluvchi predmet, daryoday (like a river) – o‘xshatilyotgan ob’ekt, toshmoq ( to flood) esa ular o‘rtasidagi o‘xshashlik belgisi. Umumiy jihatdan olib qaraganda inson va daryo o‘rtasida biror o‘xshashlik bo‘lmasligi mumkin, ammo daryoning toshishi va inson shijoatini bir-biriga obrazli o‘xshatish qilingan. Mazkur o‘xshatish sintaksemasi tarkibida o‘zbek tilidagidek obyektlik sintaktik-semantikasi mavjud yoki mavjud emasligini asoslash uchun mazkur inglizcha gaplarni ham predikasiyalash va passivizatsiyalash kabi lingvistik eksperimentda ko‘rinadi. Masalan: Thus, they killed the sultan like me --- ... they killed the sultan .... -- they killed me ... the sultan was killed by them like me --- I was killed by them like the sultan; I’ll kill the alp like you --- I’ll kill the alp … --- I’ll kill you like the alp - -- The alp will be killed by me like you --- you will be killed by me like the alp. Mazkur lingvistik eksperiment natijasida grammatik to‘g‘ri gaplar olinadi hamda gap elementlari tarkibida ob’ektlik sintaktik-semantikasi saqlanib qoldi va o‘zgarmadi. Bu gaplarni ingliz tiliga qilingan tarjimasida ham nafaqat o‘xshatishlarni , balki ob’ektlik sitaktik semantikasi ham saqlanib qolgan. Demak, nafaqat doston misralari hamda unda qo‘llanilgan o‘xshatish badiiy san’ati, balki o‘xshatish badiiy san’atini ifodalagan “like + N” sintaksemalari tarkibidagi ob’ektlik sintaktik-semantikasi ham tarjimada o‘z aksini topgan bo‘lib, o‘xshatish obyekt sintaksemasi bilan ifodalangani asoslantirildi. Endi o‘xshatish badiiy san’atini ifodalab kelgan o‘zbek tilidagi “Ot + day”, “Olmosh + day”, ingliz tilidagi “like + Pr”, “like + N” ob’ekt sintaksemalarining formal- distributiv xususiyatlarini aniqlashga o‘tamiz. Har ikki tilda ham ob’ekt sintaksema o‘timli fe’l “o‘ldirdi” – “killed”, “o‘ldirarman” – “will kill” bilan birikib kelgan. Mazkur ob’ekt sitaksema bilan ifodalangan o‘xshatish o‘zbek tilida o‘timli fe’ldan oldin, ya’ni prepozitsiyada ishlatilgan bo‘lsa, ingliz tilida u postozitsiyada, ya’ni kesimni ifodalagan o‘timli fe’ldan keyin ham, oldin ham ishlatiladi. Masalan: Asliyat; Qutulmadim Yusuf kabi zindondan. Zindonni aylanib parvoz qilasan, Sog'misan sen yo, shikasta balosan. Necha so‘zni shunqor g'ozdan so‘radi, Tarjima: Like Josef I was not saved from dungeon, Round the dungeon you are flying, go on. Are you healthy or wounded by evil, came back? Several words he asked from the young duck, Mazkur gapda o‘xshatishni ifodalab kelgan ob’ekt sintaksemasi passiv gap tarkibida, prepozitsiyada, va hatto gapni boshida kelganligini ko‘rsatmoqda. Demak, o‘zbek tilidan farqli o‘laroq, ingliz tilida agar gap majhul (passiv) darajada bo‘lsa, ob’ekt sintaksema gapning egasi pozitsiyasida ham ishlatilishi mumkin, masalan: Asliyat: Qayt endi, kelgan bema’ni! Sen eshitgin aytgan tildi, Qorajon, yo‘lingda turdi, O‘ldirar senday dushmandi, Tarjima: Go back who came senseless! Listen, the word , spoken, hey, Qorajon is standing on your way. Like a foe you will be slain, Asliyat: Ot jilovin tortib qarab tursang-chi, Bul so‘zima, qo‘zim, javob bersang-chi, Bemahal yurishni, beklar, qo‘ysang-chi! Senday beklar bu elatda to‘radi(r), Tarjima: Why don’t you stop, pulling the horse rein? Answer my word, my babe, reply, not strain. Taking journey late at night, give up, beks, The beks like you are needed as rulers next. Mazkur ob’ekt sintaksema agentiv sintaksema kabi to‘rtta pozitsion variantga ega, bosh leksemaga nisbatan prepozitsiya, postpozitsiya hamda ega va tobe gap bo‘lagi o‘rnida ishlatiladi. O‘xshatish ob’ekt sintaksemasining leksik bazasi agentiv sintaksemaning leksik bazasi kabi ot so‘z turkumiga mansub leksemalar, jumladan: Yusuf - Josef, sel – flood, va kishilik olmoshlari sen, senday – you, like you, men, menday – me, like me. Ob’ekt sintaksema aktiv sintaksemani ifodalab kelgan ba’zi o‘timli fe’llar ham unig leksik qurshovini tashkil qiladi, jumladan: xafa qilmoq - upset, offend, ko`rmoq- see, gumon solmoq- cause doubt, asramoq – save, o`ldirmoq- slay, slay, zarur bulmoq – need , hadik bermoq- cause suspicion, to`kmoq- pour, haydab kelmoq – bend, bring, ko`rmoq- see, o`ldirmoq – kill. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling