O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 337 -
sintaksemalar tarjima birligining variantlari sifatida qo`llanishi 
mumkin.
Ushbu 
nazariyaga 
muvofiq 
sintaksemalarning 
semantik belgilari kategorial (umumiy) va nokategorial 
(xususiy) belgilarga bo‘linadi. Kategoriyali belgilar uchta 
paradigmadan iborat. Ular: substantsional (ob’ekt va sub’ektni 
bildiruvchi nominal), prosessual (harakatni, jarayonni), 
kvalifikativ (xarakter, xususiyat, sifat) sintaktik semantik 
unsurlarni ifodalab keladi. Nokategorial sintaktik-semantik 
belgilarga agentlik, harakat, stativlik, modallik, inkor, vosita, 
sabab, finallik, lokativlik (o‘rin-joy), temporallik (payt) va 
boshqalar kiradi. Bu sintaktik-semantik unsurlar substantsiya
hodisa, jarayon, harakat kabi tildan tashqaridagi hamma 
narsani va hodisani bildirgani uchun tarjima nazariyasi va 
amaliyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, 
sintaksemalarga tarjima birliklari sifatida ham qarash va 
o‘rganish mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot metodologiyasi. Tarjima birliklari sifatida 
sintaksemalar 
bir-biridan 
oʻzining 
formal-distributiv 
xususiyatlari, ya`ni, pozitsion imkoniyatlari, postpozitsiya, 
prepositsiya, interpozitsiyada ishlatilishi, leksik qurshovi 
hamda leksik bazasi bilan bir-biridan farqlanadi. Bu haqiqatan 
ham sintaksemalar kabi tarjima birliklarini tadqiq qilishga 
nisbatan kompleks yondashuv sanaladi. Sintaksemalar singari, 
tarjima birliklarini o‘rganishda uchta yo‘nalish mavjud. 
Birinchi yo‘nalish shakldan (ifoda vositalaridan) 
ma’noga, sintaktik semantikaga algoritmiga asoslanadi. 
Ikkinchi yo‘nalish - ma’nodan (sintaktik semantikadan) 
lingvistik ifodaning barcha shakllarini (vositalarini) kashf 
qilishni o‘z ichiga oladi. Tarjima birliklarini o‘rganishning 
uchinchi yo‘nalishi - bu tarjima birliklarining (shakllarning, 
vositalarining) 
barcha 
sintaktik 
semantik 
variantlarini 
o‘rganish uchun sintaktik pozitsiya, gapning egasi, kesimi 
(predikati) va boshqa ikkinchi darajali komponentlarining 
pozitsiyalari tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. 
O‘xshatishni 
ifodalab 
kelgan 
agentivlik 
sintaksemasining leksik bazasini bir xil kategoriyaga mansub 
bo‘lgan predmet ot so‘z turkumiga mansub leksemalar tashkil 
qiladi. Masalan, o‘zbek tilida “yashin” “lightning”, “sher” 
“lion”, “Rustam”, “yer”, “earth”, “sel” “flood”, “daryo” 
“river” “munglig‘” “slave” “humo” “humo bird” “qor-
yomg‘ir” “rain snow” shuningdek kishilik olmoshlari ham 
o‘xshatishning agentivlik semantikasini ifodalashda ishlatiladi. 
Jumladan, bizday-like us, menday-like me, senday- like you.
Ingliz tilidan farqli o‘laroq o‘zbek tilida 
o‘xshatishlar bir necha variantda ifodalanadi. Masalan: -day, -
dayin (bizdayin), -dek (daryodek), dayingina (mendayingina) 
kabi 4 variantda (N + -day, N+ -dayin, N+-dayingina, N+ -
dek) faollashib ishlatilgan bo‘lsa, ingliz tilida 1 varianda 
berilgan (Like + N). O‘zbek tilidagi variantlar bir biridan 
shevada va ma’lum bir stilistik bo‘yoqdorlik bilan farq qiladi. 
Jumladan 
-dayingina 
kichraytirish 
va 
erkalash 
kabi 
qo‘shimcha ma’nolarga ega. Ingliz tilida bunday bo‘yoqdorlik 
variantlari mavjud emasligi tufayli birgina “like+N” 
qo‘llanilgan.
Funksional 
sintaktik-semantik 
elementlar, 
sintaksemalarni tarjima birliklari, tarjima variantlari sifatida 
o‘zini realizatsiya qila olish isbotlandi. Tarjima birliklari ham 
sintaksemalar singari tashqi olam bilan bog‘liq mazmun 
ifodalovchi sintaktik-semantik unsurlar majmuasidan iborat 
bulib, ular formal-distributiv xususiyatlarga, jumladan, 
pozitsion 
imkoniyatlar, 
postpozitsiya, 
prepositsiya, 
interpozitsiya, leksik qurshov va leksik bazalari bilan bir 
biridan farq qiladi. Ularning lingvistik xususiyatlari til 
birliklarining manba va tarjima tildagi paradigmatik va 
sintagmatik munosabatlarida namayon bo`ladi. Yuqorida tahlil 
qilinganidek, sintaksemalarni tarjima birliklari sifatida 
o‘rganish uchta yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalishda 
shakldan, ifoda vositalaridan ma’noga, sintaktik semantika 
sari tadqiqot boshlang`ich nu`qta hisoblanadi. Ikkinchi 
yo‘nalish ma’nodan (sintaktik semantikadan) lingvistik 
ifodaning barcha shakllarini (vositalarini) aniqlashgacha 
bo‘lgan algoritmga asoslanadi. Uchinchi yo‘nalish esa: tarjima 
birliklarini gap komponent pozitsiyasi asosida oʻrganish, ya’ni 
uning sintaktik oʻrni, ega, kesim va boshqa ikkinchi darajali 
boshqa gap aʼzolarining oʻrni boʻlib, tarjima birliklarining 
(shakl, vositalar) barcha sintaktik semantik variantlarini u yoki 
bu gap komonenti o`rnida ishlatilishi hamda bir-biri bilan va 
boshqa toifadagi sintaksemalar bilan sintaktik munosabatlari 
asosida o‘rganiladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling