O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 281 -
tushib qoladi, jamiyatning ijodiy izlanishlari susayadi. Turli 
shakllardagi mafkuraviy murosasizlik, mutaassiblik tarqalishi 
uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, 
iqtisodiyot rivojlanishi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar 
tug‘diradi, chunki iqtisodiyotning yangi texnologiyalarga, 
yangi g‘oyalarga bo‘lgan ehtiyojlari yetarlicha qondirilmaydi. 
Iqtisodiy tafakkur davr talabidan ortda qola boshlaydi. 
Insonparvarlik, halollik yetarlicha hisobga olinmagan joyda 
ish beruvchi bilan ishga yollanuvchi o‘rtasida ijtimoiy 
sheriklik emas, qarama-qarshilik vujudga keladi. Boshqacha 
aytganda, ma’naviyat iqtisodiyotning rinojlanishiga, uning 
qayishqoqlik yoki inertlik darajasiga, yangiliklarga va 
yangilanishga 
ochiqlik 
darajasiga 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ma’naviyatning meyoriy- baholash xususiyati iqtisodiyot kun 
tartibiga kuygan talablarni bajarishga yoki ularga nisbatan 
jamiyatni beparvo bo‘lishga undaydi. 
Xulosa va tavsiyalar. Xulosa shuki, chinakam bilimni 
shakllantirish, ma’naviy tarbiya jarayonini izchil va uzluksiz 
amalga oshirish orqali har qanday tahdid va tazyiqni oldini 
olish va bartaraf etish mumkin. Buning uchun esa 
jamiyatimizning har bir a’zosi islohot va o‘zgarishlarning 
nimaga qaratilganini, qanday amalga oshirilishi va uning 
natijasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmog‘i va faoliyatini 
shu asosda tashkil etishi muhimdir. Xalqimiz ko‘ngilidagi 
mustahkam ishonch, tilidagi cheksiz shukronalik tuyg‘usi, 
minnatdorchilik kayfiyatining asosiy boisi olib borilayotgan 
islohotlarning xalqchil ekanligidan ularning barchasi inson 
omiliga, uning manfaatlariga xizmat qilishidadir. Bu 
jarayonda ma’naviyat insonga kuch bag‘ishlaydi, uni 
harakatga undaydi va uning mustahkam ishonchiga aylanadi. 
Ma'naviyat muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining 
shakllanishi, o’zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli 
ta'sir ko’rsatadi. Boshqacha aytganda ma'naviy jihatdan 
kishilar boyib borsa jamiyat ravnaq topa boradi va aksincha 
ma'naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz 
tutadi. Iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘unligi, hamoxangligi 
ta’minlangan mamlakatda rivojlanish, taraqqiyotda ko‘zlangan 
maqsadga erishish oson kechadi. Tarix saboqlaridan shu narsa 
aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat asosiy 
e’tiborni faqat moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va 
ko‘paytirishga qaratib, uni yaratuvchi insonning ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishni o‘ylamasa, u albatta tanazzul va 
inqirozga yuz tutadi. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz 
ma’naviyat yuksak bosqichga ko‘tarila olmaydi. Iqtisodiyot va 
ma'naviyat jamiyatning ikki sohasi bo'lib, bunga ko'ra ularning 
mohiyati sezilarli farqlarga ega, lekin shu bilan birga, birining 
ikkinchisiz mavjudligini ham tasavvur qilib bo'lmasligini 
yuqroda ta’kidlab o’tdik. Iqtisodiy soha iqtisodiy makon 
vazifasini bajaradi mamlakatning iqtisodiy hayotini tashkil 
etuvchi, boshqaruvchi va amalga oshiruvchi vazifalarni 
bajaradi. Jamiyat hayotining ma’naviy sohasi tarixan 
rivojlanadi. U geografik, milliy va boshqa xususiyatlarni 
o'zida mujassam etadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling