O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 280 - muammolarning mavjudligi ayrim hollarda yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan hadiksirashlariga, xavfsirashlariga sabab bo‘lmoqda. Tanish-bilishchilk, korrupsion xolatlar, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlari shular jumalasidandir. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Iqtisodiyot va ma’naviyat bilan bog‘liq muammolar bir necha asrdan buyon faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb qilib keladi. Erix Fromm, Maks Veber, E. Dyurkgey, E. Toffler P. Draker, M. Kastels kabilarning asarlarida masalaning falsafiy muammo va yechimlari bilan bog’liq qarashlar mavjud. Tadqiqoqt metodologiyasi. Iqtisodiyot va ma’naviyatning aloqalari juda rang-barang va murakkab jarayon bo’lib ular o’zaro aloqadorlikni talab qiladi va biri ikkinchisini doimo taqazo etadi. Iqtisodiyot ma’naviyat rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratadi. “Iqtisodiyot ehtiyojlari, talablari ma’naviyatga nisbatan “buyurtmachi” vazifasini o‘taydi. Masalan, yangi texnologiyalar yaratish, mehnat qurollarini takomillashtirish va shu kabilar ilm-fanni, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining murakkablashuviga, ilmtalabligining oshishi ishchi va mutaxassislarda yangi mehnat ko‘nikmalari hosil bo‘lishini, ularning malakasi muttasil o‘sib borishini taqozo etadi. Bu esa jamiyatda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, umuman tarbiya va ta’lim tizimi rivojlanishiga, ma’naviy-psixologik muhit o‘zgarishiga, ishlab chiqarishda va turmushda ratsionalizatorlik, ixtirochilik, texnik ijodkorlikka moyillik kuchayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, turli tovarlarni, mahsulotlarni va xizmat turlarini xaridorlarga yetkazish extiyoji har xil ko‘rgazmalar, shou-tomoshalar, konkurslar, lotereyalar va nihoyat reklama-axborot industriyasini vujudga keltirdi[2:93]. O‘z navbatida ma’naviyatning o‘sishi; ilmiy-texnika kashfiyotlari, aholi bilimlarining va malakasining oshishi, iqtisodiy tafakkurning o‘zgarishi, yuksak ijtimoiy marralarni ko‘zlash, yangiliklarga intilish iqtisodiyotni rivojlantiradi. Insonparvar jamiyatni faqat iqtisodiyot va texnologiyani rivojlantirib yaratish mumkin emas. Chunki faqat iqtisodiyot va texnologiya haqida qayg‘urilsa, insonni o‘z ayniyatini yo‘qotib, iqtisodiyotning oddiy murvatiga aylantirib qo‘yadigan texnokratik jamiyat qaror topish ehtimoli kuchayadi. Yuqorida ta’kidlanganidek shunchaki iqtisodiy o’sishlar inson va jamiyat hayotiga farovonlik olib kelmaydi. Resurslardan oqilona foydalanish ehtiyojlar va imkoniyatlar biriligini aniqlashda moliyaviy madaniyatga ham ega bo’lish talab etiladi. Moliyaviy madaniyat – shaxs moliyaviy ongi va faoliyati birligini ifodalovchi tushunchadir. U, bir tomondan, shaxsning moliyaviy xabardorligi, bilimlari va tasavvurlari, ikkinchi tomondan, uning moliyaviy faoliyati normalari va modellari, uchinchi tomondan esa, moliyaviy maqsad- muddaolari, qadriyatlari negizida tarkib topadi [3:72]. Moliyaviy madaniyat past bo‘lgan sharoitda hech qanday iqtisodiy imkoniyat ma’naviy yuksalishga olib kelmaydi. Ta’kidlash lozimki, moliyaviy madaniyat insonning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini va jamiyatga moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy pillapoyalardan ko‘tarila borish imkonini beradi, kasbiy karyeraning jadal rivojlanishiga, o‘z shaxsini namoyon qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish cho‘qqilarini egallashga zamin yaratadi. Shaxsning yuksak moliyaviy madaniyatga ega bo‘lishining ijtimoiy ahamiyati ham katta: kishi-lar moliyaviy madaniyati yuksalgani sayin jamiyatdagi moliyaviy munosabatlar ham takomillashib boradi, moliyaviy xizmatlar sifati oshadi. Shaxsning moliyaviy madaniyati mahdud ravishda takomil topmaydi. U turfa omillar ta’sirida mazmunan va shaklan o‘zgaradi. Masalan, uning shakllanishi jamiyatning iqtisodiy ahvoli, mehnat bilan mashg‘ul kishilarning maoshi miqdori, turli investitsion va sug‘urtaviy dasturlar kabi iqtisodiy omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Uning moliyaviy bilimlari va qadriyatlari mavjud iqtisodiy-moliyaviy voqelikdan “rang oladi”, moliyaviy faoliyati esa aynan ana shu voqelik kontekstida amalga oshiriladi. Iqtisodiy omillar o‘zgarishi shaxs moliyaviy madaniyatining o‘zgarishiga olib keladi. O‘zbekistonda uzoq yillar davomida moliyaviy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladigan choralar aholi moliyaviy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar doirasida amalga oshirildi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi qaroriga muvofiq “O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jahon Banki Guruhi moliyalar va bozorlar bo‘yicha departamentining Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha loyihasi (ACAFI) hamkorligida SSP trenerlari va xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dastur”[4:7] hayotga tatbiq etildi. Keyingi yillarda aynan yoshlarning moliyaviy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli loyiha va dasturlar ham paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirishda “nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan muvozanat va barqarorlikni taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”[5:107]. Ko‘zlangan olijanob maqsadlarga erishish o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi.Chunki islohotlar bilan bir vaqtda taraqqiyot sur’ati ham sezilarli darajada tezlashdi. Bugungi kunda dunyoda axborot tarqatish kuchaydi, universal axborot texnologiyalari paydo bo‘ldi. Bu esa g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish ko‘lamini kengaytirmoqda. Dunyoning biron nuqtasida sodir bo‘lgan voqealar xaqida xabar har-xil ta’qidlarda bir zumda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamlar ma’lum davlatlar va siyosiy kuchlarning, turli mafkuraviy markazlarning doimiy bosimini sezib yashashga majbur bo‘lmoqda. Mustqillikning dastlabki kunlaridan boshlab moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish borasida ko‘pgina amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususiy mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar o‘zaro mutanosiblik kasb etmoqda. Olib borilayotgan ma’naviy sohadagi islohotlarning pirovardida ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi turibdi. Iqtisodiy islohotlarimiz esa xalqimizni farovon yashashini ta’minlashdek olijanob vazifaga qaratilan. Aynan shuning uchun ham keyingi yillarda davlat rahba-rining tashabbusi bilan yoshlarda tadbirkorlik ruhini rivojlantirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish masalalariga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Agar ma’naviyat va iqtisodiyotning o‘zaro ta’sirini funksional yondashuvdan kelib chiqib tahlil etsak, ular ancha murakkab va rang-barang, har bir muayyan holatda har xil ekanligining, umuman olganda, ularning o‘zaro ta’siri bir- birinikidan kam emasligining guvohi bo‘lamiz. Mehnat bilan axloq tutashmasa, iqtisodiy munosabatlarda ma’naviyat masalalari, xususan, insonparvarlik talablari va meyorlari yetarlicha hisobga olinmasa, texnokratik qarashlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish usgani bilan, insoniy munosabatlar tanazzulga uchraydi, begonalashish kuchayadi. Bu, oqibat- natijada, ijtimoiy tanazzulga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy o‘sish bo’lmasa, xalq turmush farovonligi yuksalmasa, ma’naviyatning ko‘p sohalari ham rivojlanmaydi: g‘oyaviy ta’lim, san’at, ommaviy axborot vositalari, matbaachilik, ilm-fanning moddiy bazasi nochor ahvolga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling