O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana15.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1480681
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
УзМУ мақола 2023

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/3/1 2023 
- 208 -
moyilligini, oʼzining betakrorligini yuqori darajada qadrlashini 
bildiradi. Oʼziga boʼlgan ishonchi muhit taʼsiriga qarshilik 
koʼrsatishiga, oʼz shaʼniga aytilgan tanqidiy fikrlarni oqilona 
tarzda qabul qilishga yordam beradi. Oxirgi shkala oʼz-oʼzini 
qabul qilish koʼrsatkichi talabalarda yuqori darajani namoyon 
qilgan.
Shaxsning oʼz «Men» ini har tomonlama qabul qilishga 
moyilligini, xulq-atvorini toʼla eʼtirof etishini xarakterlaydi. 
Umumiy holda, u oʼzini ijobiy baholaydi, oʼz-oʼziga samimiy, 
barcha insoniy sifatlarini qadrlaydi. Oʼzining kamchiliklarini 
bartaraf etishga intiladi. Omadsizlik va nizoli vaziyatlar uning 
uchun oʼzini yomon inson hisoblashga asos boʼla olmaydi. 
2-jadval 
Oʼz ustida ishlash darajasi soʼrovnomalarining gistogramma koʼrsatkichlari 
Umumoʼrta taʼlim maktablari boʼlgʼusi pedagoglarida 
oʼz ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot 
natijalari shuni koʼrsatadiki, oliy taʼlim muassasalarining 
talabalarida shaxs initilish darajasi, oʼz-oʼziga baho, oʼz-oʼziga 
munosabat va oʼz xulq-atvorini tartibga solish kabi 
soʼrovnomalarning talabalar faoliyati uchun eng zarur boʼlgan 
faktorlar gistogramma orqali namoyon boʼlganligini koʼrish 
mumkin. Talabalarda oʼz ustida ishlash faoliyaini belgilab 
bergan omillar yuqori darajada: mustaqillik, sogʼlik, intellekt, 
oʼz-oʼzini 
boshqarishning 
umumiy 
darajasi, 
oʼz 
imkoniyatlarining bahosi, oʼz-oʼziga ishonch, natijalarning 
kutilganlik darajasi va oʼz-oʼzini tarbiyalash kabilar beligilab 
bergan. Past darajada aniqlangan psixologik omillar: irodaviy 
quvvat, oʼz-oʼzini idora qilish, rejalashtirish, natijalarni 
baholash, ichki motiv, qochish motivi, oʼz-oʼzini idora qilish, 
oʼz-oʼzini qabul qilish va oʼz-oʼziga munosabatning aks etishi 
kabilar tashkil qilgan.
Demak, 
umumoʼrta 
taʼlim 
maktabi 
boʼlajak 
pedagoglarida oʼz ustida ishlashni rivojlantirish va 
tarbiyalashda oʼz-oʼzini baholash, oʼz-oʼziga boʼlgan 
munosabati va oʼz xulq-atvorini tartibga solishi kabi ijtimoiy-
psixologik omillarning shakllanganlik darajasiga ham eʼtibor 
qaratish zarur. Boʼlajak maktab pedagoglarida oʼz ustida 
ishlash faoliyatini tarbiyalash jarayoniga yuqori bosqich 
talabalarining motivatsion intilish darajasi va oʼz-oʼzini 
baholashlari bevosita taʼsir koʼrsatishi mumkin. Bu esa, 
boʼlajak pedagoglarning taʼlim jarayonida oʼzlashtirgan bilim-
koʼnikmalari bilan izohlanadi. 
Boʼlgʼusi maktab pedagoglarida oʼz ustida ishlashni 
takomillashtirish uchun oliy taʼlim jarayonida oʼqitiladigan 
fanlar bilan birgalikda, ichki motivlarning ustunligi, irodaviy 
quvvatni oʼstirish, murakkab topshiriqlarni bajara olish, oʼz-
oʼziga ishonchning mavjudligi, oʼzini-oʼzi idora qilishi, 
kutilgan natijalarga erisha olish va oʼzini-oʼzi boshqara olish 
kabi psixologik omillarning rivojlanishi, kasbiy faoliyatga 
qadam qoʼyganda yangi pedagogik jamoani tushunishi va 
anglashi osonlik bilan kechishini taʼminlaydi.
Boʼlgʼusi maktab pedagoglarida oʼz ustida ishlash 
faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini 
tadqiq etishda ichki va tashqi omillarni hisobga olish, oʼz ustida 
ishlashga samarali taʼsir koʼrsatuvchi psixologik omillarga 
eʼtibor qaratish, oʼzini-oʼzi rivojlantirish, oʼzini-oʼzi 
tarbiyalash oʼrtasidagi aloqalarning mavjud sharoitlari va 
tizimli oʼzlashtirilgan malaka-koʼnikmalarning psixologik 
jihatdan shakllanishi oʼzaro ijobiy ravishda taʼsir koʼrsatadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling