O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Iqtisodiy islohotlar strategiyasi va uninghuquqiy asoslari yaratilishi


Download 1.01 Mb.
bet113/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   287
94. Iqtisodiy islohotlar strategiyasi va uninghuquqiy asoslari yaratilishi
Iqtisodiyotni isloh isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari. Prezident I.Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari asoslab berilgan. Birinchidan, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etish. Ikkinchidan, ko’p ukladh iqtisodiyotni, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har tomonlama o’sishi uchun asos bo’ladigan xususiy mulkchilikni vujudga keltirish, uning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash. Uchinchidan, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish, ularning xo’jalik ishlariga davlat yo’li bilan to’g’ridan-to’g’ri aralashishdan voz kechish. To’rtinchidan, iqtisodiyotda chuqur strukturaviy o’zgarishlar qilish, moddiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash. Beshinchidan, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borish. Oltinchidan, kishilarning dunyoqarashini o’zgartirish, ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish. Prezident Islom Karimov asarlarida va nutqlarida iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari ham nazariy jihatdan puxta asoslab berildi. Ular quyidagilardan iborat: 1. iqtisodiyotni, mOliyaviy ahvolni barqarorlashtirish. Shu maqsadda qat’iy mOliyaviy siyosat yuritish, kredit-bank tizimini mustahkamlash, pulning qadrsizlanishi va monopoliyaga qarshi ta'sirchan chora-tadbirlar ko’rish; 2. iqtisodiyotning tarkibini qayta qurish, ilg’or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, kichik va o’rta korxonalar qurish; 3. keng ko’lamda agrar islohotlar orqali har bir dehqonga manfaatdorlik bilan mehnat qilish, o’zi yetishtirgan mahsulotiga mustaqil egalik qilish, o’z oilasining to’qchiligini ta'minlash imkonini beruvchi mexanizm yaratish. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish, qishloqda ishlab chiqarish va ijtmoiy infrastrukturani, kommunikatsiyalar tarmog’ini, maishiy xizmat shoxobchalarini tashkil etish; 4. xo’jalikning davlatimiz mustaqilligini ta'minlovchi bazaviy tarmoqlarini - neft va gaz sanoati, energetika, oltin qazib chiqarish va rangli metallurgiya tarmoqlarini rivojlantirish; 5.mamlakatning eksport quvvatidan to’la-to’kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish. Bozor islohotlarining yuqorida ta'kidlangan strategik maqsadlari va ustuvor vazifalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiy siyosatining negizini tashkil etdi. Belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishib borildi. Bozor munosabatlariga o’tish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan mhliy valyutani muomalaga kiritishgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlari yengib o’tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiy barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining negizlari shakllantirildi. Birinchi bosqichda iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi va ularni amalga oshirishga alohida e'tibor berildi. Bular nimalardan iborat bo’ldi? 1. Moliya va soliq siyosati sohasida qattiq mOliyaviy siyosat amalga oshirildi, davlat byudjeti kamomadi iloji boricha kamaytirildi, soliq tizimi takomihashtirildi. 2. Kredit-pul siyosati sohasida markaziy bank boshchihgida keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar vujudga keltirildi, mamlakatda chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlar yaratildi, barqaror pul muomalasini ta'minlash choralari ko’rildi va O’zbekistonning milliy valyutasini muomalaga kiritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va chora-tadbirlar amalga oshirildi. 3. Narx-navo va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat yuritildi va tegishh chora-tadbirlar ko’rildi. Bozor iqtisodiyoti huquqiy negizining yaratilishi. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish yo’lini tanlab olganhgi yuqorida ta'kidlandi. Ammo g’oyatda murakkab vazifani amalga oshirish uning huquqiy negizlarini asoslab berishni talab qilar edi. Buningsiz mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaratib bo’lmas edi. Shu boisdan ham islohotlar birinchi bosqichining dastlabki yillaridayoq unga alohida e'tibor berildi. Bozor iqtisodiyoti huquqiy negizining nazariy asoslari Prezident I.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» va boshqa asarlari, nutq va ma'ruzalarida har tomonlama ko’rsatib berildi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaratishning bevosita huquqiy negizlari amaliy jihatdan Mamlakat Oliy Kengashi qabul qilgan rasmiy hujjatlarda o’z aksini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi. Albatta, ana shu rasmiy hujjatlar orasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyamiz XII bobining 53-55-moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab berilgan (14-ilova). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aniq belgilab berilgan qonun-qoidalar asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyat yaratish borasida mamlakatda bir qator amaliy tadbirlar ro’yobga chiqarildi. Avvalo islohotlar jarayonini huquqiy jihatdan boshqarishni ta'minlash maqsadida davlat idora tizimi barpo etildi. Bu tizim hokimiyatning hamma tarmoqlarini - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokhmyatlarini o’zida uzviy qovushtiradi. Undan tashqari, Prezident huzurida maxsus idoralararo kengash tuzildi. Bu kengash iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Iqtisodiy islohotlar bo’yicha qabul qilingan qonunlarning asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichida qabul qilingan iqtisodiy sohaga oid qonunlarni asosan beshta yo’nalishga bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalish -O’zbekistonning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini ifodalovchi, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlardir. Bu qonunlar jumlasiga: «O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to’g'risida»gi (1991-yil 31-avgust), «Yer osti boyliklari to’g'risida»gi (1994-yil), «O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to’g'risida»gi (1993-yil), «Mahalliy davlat hokimiyati to’g'risida»gi (1993-yil), «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g'risida»gi (1993-yil) va boshqa qonunlar kiradi. Bu qonunlar asosida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi vujudga keldi. Ikkinchi yo’nalish - yangi iqtisodiy munosabatlarni, eng avvalo, xususiy mulkchilikni va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar majmuasi. Bu yo’nalish doirasida «Mulk to’g'risida»gi (1991-yil), «Yer to’g'risida»gi (1991-yil), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g'risida»gi (1991-yil), «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g'risida»gi (1993-yil) va boshqa qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar bozor munosabatlarining asoslari va zarur shartlari bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiyotning shakllanishida huquqiy me'yorlar bo’lib xizmat qildi. Uchinchi yo’nalish - xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar. Bu borada «Xo’jalik jamoalari va shirkatlari to’g’risida»gi (1998-yil), «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g'risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo’jaligi to’g'risida»gi (1998-yil) qonunlar qabul qilindi. Ular xo’jalik yuritish yangi mexanizmining asosiy qoidalarini belgilab berdi. Bozor infrastrukturasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi «Banklar va bank faoliyati to’g'risida»gi (1996-yil), «O’zbekiston Respublikasining pul tizimi to’g'risida»gi (1993-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g'risida»gi (2000-yil), «Sug'urta to’g'risida»gi (1993-yil), «Birjalar va birja faoliyati to’g'risida»gi (1993-yil), «Auditorlik faoliyati to’g'risida»gi (2000-yil), «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxonalar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo’jalik-protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan mamlakatda bozor mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo’yildi. To’rtinchi yonalish - O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi (2000-yil), «O’zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a'zoligi to’g’risida»gi, «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi (1996-yil) qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni ta'minlaydigan, xorijiy investorlarning manfaat va huquqlarini himoya qilishga ishonchli kafolat yaratadigan qonunlarning qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Beshinchi yo’nalish - inson huquqlarini, aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishi va ijtimoiy kafolatini ta'minlaydigan qonunlar. «Aholining bandligi to’g’risida»gi (1998-yil), «Nogironlarning ijtimoiy muhofazasi to’g’risida»gi (1991-yil), Fuqarolarning Davlat pensiya ta'minoti to’g’risida»gi (1993-yil), «Ta'lim to’g’risida»gi (1997-yil), «Yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari to’g’risida»gi (1991-yil), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi (1998-yil) qonunlar shular jumlasidandir. Bu huquqiy hujjatlar bozor munosabatlariga o’tishning murakkab sharoitida aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, kishilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada jo’sh urdirish imkoniyatini berdi.

95.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.


Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. SHuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
SHunga ko‘ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar bayon qilib berilgan. SHuningdek, mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘lishiga qaramay 2008 yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Asarda O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan:
1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
2) tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikasiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;
3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;
5) mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.
Prezidentimizning ushbu asarlarida belgilab berilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling