O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet142/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   287
Yettinchi. Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni o‘rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish talab etilmoqda.
Adliya organlarining huquq ijodkorligi sohasi va huquqni qo‘llash amaliyotida yagona davlat siyosatini o‘tkazishdagi rolini kuchaytirish uchun ularga zarur bo‘lgan tegishli vakolatlarning berilishi mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi hamda ushbu organlar faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Sakkizinchi. Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir.
Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi, deb o‘ylayman.

116.
“Ma’rifat markazi” majmuidagi simpoziumlar saroyida 26 noyabr kuni “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) hamkorligida o‘tkazildi. Simpoziumda JSST, YUNISEF, YUNFPA hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya, Shveysariya, Chexiya, Daniya, Janubiy Koreya kabi qirqqa yaqin mamlakatdan sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, tibbiyot sohasida jahonda tan olingan mashhur olimlar, xalqaro ekspert va tahlilchilardan iborat qariyb 300 nafar mutaxassis ishtirok etdi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholi sog‘ligini, jumladan, ona va bola salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom naslni voyaga yetkazish, bu borada yagona milliy tizimni yaratish, tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish yo‘lida amalga oshirilgan tub islohotlar samaralarini chuqur tahlil qilish ilmiy anjumanning asosiy mavzusidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqaro anjumanda nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 noyabrda qabul qilingan farmoniga muvofiq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyatini tashkil etish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, xotin-qizlar va bolalar sog‘ligini saqlashning Global strategiyasini amalga oshirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov Margaret Chenga mamlakatimizning ushbu yuksak mukofotini topshirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen o‘z so‘zida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga, shu jumladan, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga ulkan e’tibor qaratilayotgani, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bosh ustuvor yo‘nalish etib belgilangani nafaqat bugungi kun, balki kelajak nuqtai nazaridan ham eng to‘g‘ri strategiya ekanini alohida ta’kidladi.

117.Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning 2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat. O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012-yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o‘sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi 7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. Inflyatsiya darajasining o‘sish sur’ati prognoz ko‘rsatkichlari doirasida saqlab qolindi va 7 foizdan oshmadi. 2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi. Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig‘i ta’lim, 14,5 foizdan ko‘prog‘i sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi. Bugungi kunda, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat qarzining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgan bir sharoitda, O‘zbekistonimiz chetdan qarz olish bo‘yicha puxta o‘ylangan siyosat olib borishi natijasida davlatimiz qarz hajmining ulushini nisbatan past darajada ushlab qolishga va o‘z majburiyatlariga to‘liq javob beradigan mamlakat sifatida barqaror obro‘-e’tiborini saqlab qolishga erishdi. 2013-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi qarzlari miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu ko‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‘yicha “o‘rtachadan ham kam” darajada baholangani buni isbotlab bermoqda. Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012-yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so‘nggi uch yilda esa ikki barobar ko‘paydi.Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan oshib, bu esa qabul qilingan umumiy xalqaro standartlardan 3 barobar ortiqdir. 2012-yil yakunlari bo‘yicha bank tizimining likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar yuqoridir.

118.
Bugun biz O‘zbekistonimizning yangi tarixidagi qutlug‘ sana – xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan Konstitutsiyamizning 20-yilligini bayram qilmoqdamiz.
Ana shu ulug‘ ayyom bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
O‘zbekistonimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha-barcha yutuq va marralari, uning ulkan sur’atlar bilan o‘sishi avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam bo‘lgan prinsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur o‘ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.
Tarixan qisqa bir davrda hayotimizda bo‘layotgan keskin o‘zgarishlar va yangilanishlarni chuqur anglash, tasavvur etish uchun biz kecha kim edig-u, bugun kim bo‘ldik, degan tabiiy savolni berish o‘rinli deb bilaman.
Hech kimga sir emas, sobiq Ittifoq tarkibida O‘zbekiston o‘z salohiyati va aholisining hayot darajasi bo‘yicha eng qoloq respublikalardan biri bo‘lib, bugungi kunda demokratik yangilanish va taraqqiyot yo‘lidan qat’iy qadamlar bosib borayotgan, kuch-qudrati tobora yuksalib, zamonaviy ko‘ptarmoqli iqtisodiyotga ega bo‘lgan, o‘z xalqining farovonligini oshirishga qodir mamlakatga aylanib borayotgani misolida bu fikrning yaqqol tasdig‘ini ko‘rish mumkin.
O‘tgan davrda bizning qanday og‘ir qiyinchiliklar, muammo, tahdid va sinovlarni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri kelgani hammamizga yaxshi ma’lum. Lekin bularning barchasiga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti yigirma yil davomida 3,5 barobardan ziyod o‘sdi.
Islohotlarni bosqichma-bosqich, izchillik va tadrijiy rivojlanishning davomiyligi asosida amalga oshirish tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur Konsepsiya, o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, dunyoda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy strategiyasidir.
Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan yillarida to‘plagan oz bo‘lsa-da, lekin g‘oyat mazmunli tajribamiz bir haqiqatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Ya’ni, faqat demokratik o‘zgarishlarning hayotda o‘zini oqlagan modellari negizida chuqur asoslangan siyosiy yo‘l va islohotlarni izchil amalga oshirish, bugungi dunyodagi tarixiy va real voqelikni e’tiborga olish hisobidangina bu islohotlarning muvaffaqiyati va samaradorligini, davlat va jamiyatning, aholi turmush darajasining yuksak va barqaror sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash mumkin.
Demokratik islohotlarni qandaydir havoyi maqsadlar, ambitsiyalar va soxta obro‘ topish uchun sun’iy ravishda tezlashtirish, o‘z xohishini amaldagi haqiqat deb ko‘rsatishga urinish odatda teskari natijaga olib keladi va buni ko‘plab misollarda ko‘rish qiyin emas.
Konsepsiyada ko‘zda tutilgan 50 dan ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish dasturi bo‘yicha bugungi kunga qadar mamlakatimiz Parlamenti tomonidan 12 ta qonun qabul qilindi, 30 dan ortiq qonun loyihasi esa keng jamoatchilik, jumladan, xorijiy ekspert tashkilotlarni jalb etgan holda ko‘rib chiqish va muhokama etish bosqichida turibdi.
Shular qatorida 2011-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96, 98-moddalar) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur qonun Prezident – Davlat boshlig‘i bilan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib konstitutsiyaviy vakolatlar taqsimotini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda, shuningdek, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish instituti joriy etilgan, ayrim vakolatlar Prezidentdan Senatga – Parlamentimizning yuqori palatasiga va mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasiga berilgan, mahalliy kengashlarning vakolatlari sezilarli ravishda kengaytirilgan.
Parlamentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan qo‘shimchalar ham saylov qonunchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, sud-huquq tizimini isloh etish va yanada liberallashtirish, “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish bo‘yicha qonun hujjatlari qabul qilingani hamda axborot tizimini isloh etish, xususan, mamlakatimizni siyosiy jihatdan modernizatsiya qilish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va televideniye tizimida so‘z erkinligini ta’minlash borasida Konsepsiyada belgilangan vazifalar amalga oshirilganini alohida qayd etish lozim.
Shular qatorida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”, “Jamoat nazorati to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi ham g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Ular yurtimizda fuqarolik jamiyatini jadal rivojlantirish, uning odamlarimizning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirish, hokimiyat tuzilmalari faoliyati oshkoraligini kuchaytirish va boshqaruv sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini xabardor etish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Bugungi globallashuv sharoitida bunday jarayonlarning barchasi jahondagi yirik davlatlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnashadigan mintaqamizning xavfsizligi, barqarorligi va izchil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
AYSEF deb atalmish koalitsion qo‘shinlarning 2014-yilgacha va undan keyin qo‘shni Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq ravishda ushbu mamlakat va uning atrofidagi vaziyatning yanada keskinlashib, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikning kuchayishi xavfi borligi, qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatda ahvol chegaradan chiqib ketishi mumkinligi qo‘shni davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otmasdan qolmaydi, albatta.
Voqealarning ana shunday yo‘nalishda rivojlanishi bugungi qarama-qarshilikning millatlar va elatlar o‘rtasidagi mojaroga aylanib ketishi, Afg‘onistonda fuqarolar urushining yangitdan avj olishi, mintaqada turli xavf-xatarlar paydo bo‘lishi ko‘pgina nufuzli ekspertlar tomonidan istisno etilmayapti.
2012-yilda yana bir dolzarb vazifa – aholi bandligini ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratildi. Bu borada kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobidan xotin-qizlar uchun 204 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilganini alohida tilga olish zarur, deb bilaman.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling