O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O`rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari


Download 1.01 Mb.
bet153/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   287
O`rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (9 va 10 javoblar)

Kir II va uning bosqinchilik yurishlari. Miloddan avvalgi VI asr o`rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo`lgan Ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II hukmronligi davrida Midiya, Lidiya (Kichik Osiyo) va Bobil (Mesopotamiya) bosib olindi. Muvaffaqiyatlardan quturib ketgan Kir II O`rta Osiyoga lashkar jo`natdi. U O`rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko`rgan ilk fors podshosi bo`lgan. Mil. avv. 545 va 540-yillar oralig`ida u Parfiya, Marg`iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to`g`risida "tarixning otasi" Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning podsho-hokimasi To`maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni rad etadi va Araks - Amudaryodan kechib o`tishni boshlash to`g`risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to`g`risida shunday hikoya qiladi: "Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog`i edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o`q yog`dirishdi. o`qlari tugagach, qo`llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko`p qon to`kildi. Nihoyat, massagetlarning qo`li baland keldi. Fors qo`shinlarining ko`pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o`zi ham halok bo`ldi". Doro I ning saklarga qarshi yurishi. Miloddan avvalgi 522-yilda Ahamoniylar sulolasi vakillaridan biri Doro I taxtga o`tirdi. U miloddan avvalgi 522-486-yillarda hukmronlik qilgan. Doro I hukmronligining birinchi yili Marg`iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo`zg`oloni ko`tarildi. Qo`zg`olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo`zg`olonchilar bilan forslar qo`shinlari o`rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522-yilda bo`ladi. Fradaning o`zi asirlikka olinadi va miloddan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma'lumot Behistun kitobalarida keltirilgan. Hukmronligining uchinchi yilida (miloddan avvalgi 519-yil) Doro I saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida Behistun bitiklarida shunday deyilgan: "Shoh Doro ayturki: keyin qo`shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o`tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar jangga kirdilar. Men daryodan o`tgach, saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim... Ularning Skunxa degan sardorini qo`lga tushirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men ularga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo`lishini xohladim. So`ngra bu mamlakat menga tobe bo`ldi". Ayni mahalda bu yurish haqida tarixchi Poliyen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan cho`pon Shiroq keladi, u fors qo`shinlarini o`zidan boshqa hech kim bilmaydigan so`qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho`li biyobon bo`yiab yetti kun yo`l bosishgach, tashnalikdan do`zax azobini chekayotgan forslar o`zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho`ponni chopib tashlaydilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruvi. Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun Ahamoniylar butun boshli davlatni alohida viloyat-satrapliklarga bo`lib tashladi. Bu so`z forscha "xshatra" - "viloyat" so`zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig`i - satrapga cheklan magan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko`pchiligi Ahamoniylar sulolasi vakillari bo`lgan. Doro I, uning vorisi Kserks hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 486-465-yillar) bosib olingan viloyatlardan O`rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashdilar. Mashhur Marafon jangida (miloddan avvalgi 490-yil) fors qo`shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan saklar o`zini ko`rsatadi. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O`rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog`larini mufassal tasvirlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va oyboltalar bilan, xorazmiylar va so`g`diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilardan bo`lishgan. Mashhur qadimgi yunon dramaturgi Esxil o`zining "Forslar" tragediyasida Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo`lgan navqiron baqtriyalik jangchilarni tilga oladi. O`rta Osiyo xalqlari ustidan Ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko`proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib mustaqil bo`ldilar. Madaniyatning rivojlanishi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o`rganilgan. Ular O`rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimi (masalan, Qiziltepa, Uzunqir, Afrosiyob, Ko`zaliqir, Yerqo`rg`on va boshqalar)da yirik hunarmandchilik markazlari bo`lgan. Manbalarda oltin, kumush, la'l, firuza ma'danlari qazib olingani, mis va temir eritilgani, kulolchilik rivojlangani, O`rta Osiyoning Sharq mamlakatlari bilan bog`langan qadimiy karvon yo`llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to`g`risida xabar beriladi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik sao`atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi oltin va kumush buyumlari yorqin misol bo`la oladi. Har bir shahar markazida qal'a - Arklar bo`lgan. Ularning atrofini egallagan dehqon xo`jaliklarida ota urug`iga mansub katta-katta oilalar kun kechirar edi. Dehqonchilik uy-qo`rg`onlari xonadonlar, xo`jalik va yordamchi tomorqa binolaridan iborat bo`lgan. Arxeologlar shahar va qo`rg`onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling