O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Turkistonda boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohalaridagi o’zgarishlar


Download 1.01 Mb.
bet229/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   287
71. Turkistonda boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohalaridagi o’zgarishlar
Bolshevikcha boshqaruv –ma`muriy tizimning tashkil qilinishi. So’l-bolshevistik guruhlar o’lkaning yevropaliklar yashagan joylarida o z hokimiyatlarini o’rnatganidan so’ng inqilobiy aqidalar asosida boshqaruv-ma'muriy idoralar tizimini tashkil qilishga kirishdi. Oldingi amaldorlar hokimiyatdan mahrum qilinib, mahkamalar yopildi. Turkiston komissarlari soveti tuzilib, u inqilobiy dekretlar - majburiy qoidalar chiqarib bordi. 1918-yil bahor-yozidan Turkiston sovet respublikasi e'lon qilinishi bilan hukumat tuzildi, qator komissarliklar, jumladan, ichki ishlar, yer ishlari, maorif, millatlar ishlari komissarliklari barpo qilindi. Sovet hokimiyati dushmanlari bilan kurash olib boruvchi ChK (Cherezvechaynaya komissiya - Favqulodda komissiya) o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Siyosiy vaziyat keskinlashishi munosabati bilan tribunallar, siyosiy bo’limlar, uchliklar ham tuzilib, faoliyat ko’rsatdilar. Xo’jalikni boshqaruvchi idoralar tashkil etildi. Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand viloyat boshqaruv idoralari, komissarliklar, boshqa markaziy ma'muriy idoralarning bo’limlari barpo qilindi, shuningdek, uyezdlar va volostlar ma'muriyatlari tashkil etildi. Aholi ijtimoiy hayoti tartib-intizomini yo’lga qo’yish tadbirlari joriy etib borildi. Qator muddat davomida sovet boshqaruvi, uning siyosati barcha joylarni qamrab ololmay keldi. Asosan shaharlar va atroflardagi joylar bu jarayonga tortildi. Markazlardan olislardagi joylardan esa vaqti-vaqti bilan sovet hokimiyati amaldorlari qurolli kuch hamrohligida paydo bo’lib, oziq-ovqat, yem-xashak, otlar, boshqa dehqonchilik mahsulotlarini yig’ib olib qaytganlar. Siyosiy vaziyat murakkablashgan joylarda, jumladan, Farg’ona viloyatida inqilobiy hokimiyatning favqulodda organi - inqilobiy qo’mita (revkom)lar harbiy sharoit qoidalari bo’yicha hokimiyatni boshqarganlar. Turkiston o’lkasi, viloyatlar va mahalliy ishchi, soldat sovetlariga saylovlar o’tkazilib, ularning qurultoylarida turli masalalar muhokama qilingan. Umumturkiston sovetlarining 12 ta qurultoyi o’tgan. O’lka bolsheviklari siyosiy muxoliflarini chetlashtirgandan so’ng Turkiston sovetlarining so’nggi oltita - VII-XII qurultoylari muttasil ular rahbarligida o’tdi. Sovetlar qurultoyidan oldin o’lka bolsheviklarining qurultoyi o’tkazilib, muhim siyosiy ko’rsatmalar tasdiqlab olingach, sovetlar qurultoyiga ko’rsatma sifatida tavsiya etilgan. Turkiston kompartiyasining sakkiz qurultoyi bo’lib o’tdi. Sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan vaqf mulklarining davlat ixtiyoriga olinishi e'lon qilindi. 1918-1920-yillarda ko’plab joylarda bu narsa amalga oshirildi. 1919-yil iyun oyida qoziliklar yopildi. Bular milliy an'analarga hujumning bir qismi edi va xalq ommasining noroziligiga sabab bo’ldi. 1919-yil kuzida Rossiya markazidan kelgan Turkkomissiya favqulodda va cheklanmagan, siyosiy-partiyaviy hamda davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshirdi. U Turkiston Kompartiyasi MK, Turkiston MIK va XKS ustidan qattiq nazorat o’rnatdi, lozim topganda ularni tarqatib yubordi, tarkibini o’zgartirdi. Ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot, armiya, kadrlar masalasini o’z qo’liga olib markazlashtirdi. Rossiyadan yuborilgan moddiy resurslar, harbiy qismlar, bolshevik kadrlar Turkkomissiya ixtiyoriga kelar edi. Turkiston kompartiyasi a'zolarining soni kam bo’lib, tez-tez o’zgarib turardi. Masalan, 1920-yil oxirida 58 mingga yaqin a'zo bo’lsa, partiya faoliyatining oxirgi yili - 1924-yil o’rtalarida uning qatorlarida 6 ming a'zo bor edi. Chunki kommunistlar xalq o’rtasida obro’-e'tiborga ega emasdilar. Asossiz va real voqelikdan yiroq bo’lgan boshqaruv jarayoni uzluksiz siyosiy to’qnashuvlar va g’oyaviy muxoliflikni keltirib chiqarar edi. Bularga javoban bolshevik rahbarlar sovet idoralarida, ijtimoiy tashkilotlarda, kompartiyaning o’zida ham tez-tez tozalash (chistka)lar o’tkazib bordilar. Moliya, sanoat tarmoqlari, transport, hunarmandchilikdagi o`zgarishlar. Inqilobiy hokimiyat tub o’zgarishlar shiorlari va dabdabali dasturni e'lon qilibgina qolmasdan, Turkistonda ularni amalda tadbiq qilishga ham kirishdi. Dastlab barcha bank muassasalari, ulardagi mablag’ va boyliklar, shuningdek, temir yo’l, aloqa vositalari natsionalizatsiya qilindi. Sanoat va tog’-kon korxonalarida ishchilardan boshqaruvni, ishchi nazoratini amalga oshirish e'lon qilindi, lekin bundan natija chiqmadi. Ikkinchi bosqichda sanoat korxonalari, so’ngra boshqa ob'ektlar (mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalar), hunarmandchilik ustaxonalari va shu kabilar musodara (natsionalizatsiya) qilindi. Sanoat bo’yicha sanoat, savdo, qishloq xo’jaligi va boshqa komissarliklar tuzilib, ish olib bordi. Turkiston respublikasining Xalq xo’jaligi Kengashi (1918-yil aprel), uning joylardagi tashkilotlari xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qildilar. Tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelgan jamiyatlar tarqatib yuborildi, xususiy mulk egalari tekinxo’rlar deb e'lon qilinib, fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindi. Buning ustiga ularga tez-tez kontributsiyalar (tovon, jarima) solindi, ular majburiy mehnatga jalb qilindilar. Xususiy mulk yo’q qilinib, egasiz qolgan iqtisodiyot shiddat bilan talon-taroj bo’ldi. 1917-yilda o’lkada 326 ta paxta tozalash, yog’-sovun zavodlari bor edi. Ularning soni qisqarib borib, 1918-yilda 69 taga, 1919-yilda 43 taga, 1920-yilga kelib esa 37 taga tushib qoldi. Paxta yog’i, sovun ishlab chiqarish, toshko’mir va neft qazib olish nihoyat darajada pasayib ketdi. Temir yo’lda ishlamayotgan parovozlar, vayron bo’lgan vagonlar soni tez ortib bordi.1917-yilda Turkistonda 91242 hunarmand bo’lib, ulardan 52796 tasi shaharlarda, 38446 tasi qishloqlarda faoliyat ko’rsatgan. Farg’ona, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahri va atrofida 31353 ta hunarmandchilik korxonalari bo’lib, ular hunarmandlarning xususiy mulki bo’lgan. Ular davlat mulki deb e'lon qilindi. Hunarmandchilik ustidan qattiq nazorat o’rnatildi, mahsulotlar hokimiyat tomonidan taqsimlanadigan bo’ldi. O’lkada savdo-sotiq buzildi, oziq-ovqat tanqisligi natijasida hamma bozorlar yopildi, non bilan ta'minlash, g’alla davlat idoralari ixtiyorida markazlashtirildi. Iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun Turkiston XKS pul emissiyasiga zo’r berish yo’lini tanladi. 1918-yil yoziga kelganda pul-moliya tangligi pulning o’ta qadrsizlanishiga olib keldi. O’lka hukumati o’z pul qiymati - Turkiston bonlarini chiqara boshladi, ba'zi joylarda o’z kredit biletlari chiqarildi. Ishchilarning moddiy ta'minoti buzildi, ishlab turgan korxonalarga ishchilar yetishmay qoldi. 1919-yil yozidan 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan aholi yalpi majburiy mehnatga tortildi. 1920-yilda paxta tozalash sanoati, so’ngra irrigatsiya tarmoqlari ishchilari harbiy holatga ko’chirildilar. Shuningdek, ba'zi harbiy qismlar mehnat qismlariga aylantirildi. Ko’rilgan chora-tadbirlar o’lka xalq xo’jaligini og’ir ahvoldan - jiddiy inqirozdan qutqara olmadi. Qishloq xo`jaligiga nisbatan siyosat va o`tkazilgan chora-tadbirlar. Turkiston aholisining 80 % ortig’ini dehqonlar tashkil qilardi. Shuning uchun yer-suv (agrar) munosabatlari va ular bilan bog’liq bo’lgan sanoat uchun xom ashyo, oziq-ovqat muammolari jiddiy ahamiyat kasb etdi. Rossiyada oktabr to’ntarishi kuniyoq pomeshchik (yirik) yer egaligini yo’q qilish to’g’risida dekret e'lon qilindi, yerlar qashshoq dehqonlarga taqsimlab berildi. Bu tadbirni Turkistonda ham o’tkazmoqchi bo’ldilar. Lekin bu yerda sharoit, ya'ni dehqonlar ommasining urf-odati, kayfiyati boshqacha edi. Lekin sovet hokimiyati qishloqda o’z ta'sirini o’tkazishga qaror qildi. bon - mayda pul sifatida vaqtincha oborotga chiqarilgan kam qiymatli qog’oz pul. 1917-yil 9-dekabrda Turkiston XKS yerni sotish va sotib olishni man qiluvchi, yerni ijara berishni cheklovchi qaror qabul qildi. Ammo u qog’ozda qoldi. 1918-yil boshidan XKS hamda yer ishlari komissarligi o’zi mehnat qilmagan egalar ixtiyoridagi bog’ va uzumzorlarni natsionalizatsiya qilish hamda bunday shaxslarning yer-suv, uy-joy sharoitlari, qoramollarini ro’yxatga olish to’g’risida buyruq va ko’rsatma chiqardi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun yer-suv komitetlari tuzilib, ular tarkibiga kambag’al dehqonlar, batraklar kiritilishi ko’zda tutildi. 1918-yil avgustida Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 74 ta volost yer-suv komitetlari ish ko’rgan. Yil oxirida bular kambag’allar komiteti (kombedi) va kambag’allar uyushmasi (coyuzi bednoti’) deb ataldi. Lekin yirik dehqonlar yer egaligini surunkali tugatishga qaratilgan harakatlar natija bermadi. Dehqonlar ommasi bunga qat’iy qarshi chiqdi. 1918-yil 11-yanvarda Qo’yliqda Toshkent uyezdi vakillarining qurultoyi bo’ldi, unda 586 vakil qatnashdi. Qurultoy sovet hokimiyatiga, yer-suv komitetlarining tuzilishiga qarshi chiqdi, inqilobiy agrar tadbirlarni rad etdi. Shu yil sentabr oyida Farg’ona viloyatining Vodil qishlog’ida to’plangan dehqonlar majlislari kambag’allar uyushmasini tuzish, yer maydonlarini natsionalizatsiya qilishga qarshi chiqdilar. Bu hol Asaka volostida, boshqa joylarda ham bo’ldi. Tuzilgan yer-suv komitetlari esa inqilobiy choralarni amalga oshirmas edi. Shunday qilib, yer to’g’risidagi dekret bajarilmadi, dehqonlar agrar masalaning Turkistonda inqilobiy zo’ravonlik bilan qayta ko’rilishiga yo’l qo’ymadilar. Agrar tadbirlar asosan o’lkadagi yevropalik mulkdorlar va dehqonlarga nisbatan amalga oshirildi. 1918-yil boshida ko’pchilik imeniye (yevropacha agrar majmua)lar, bog’lar va yirik xo’jaliklar natsionalizatsiya qilindi. Faqat natsionalizatsiya qilingan bog’lar va uzumzorlar maydoni 13.361 desyatinadan iborat edi. Bolsheviklar hokimiyatining buzg’unchilik tadbirlarini tobora avj oldirishi, ziroatchilikni talash, buning ustiga jahon urushi zug’umi Turkiston qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazdi. Chunonchi, 1915-yilda Turkistonda 3,5 mln (bundan 2,4 mln sug’oriladigan) desyatina ekin maydoni bo’lgan. Biroq u 1917-yil oxiriga kelib yarmiga, 1918-yilda uchdan ikki qismga qisqargan. O’ikaning uchta o’zbek viloyatlarida 1917-yilda 8440 ming bosh qoramol bo’lsa, 1920-yilda ular 3440 ming boshni tashkil qildi. Paxtachilikdagi inqiroz surunkali tus oldi. 1915-yili 542 ming desyatina yerda paxta yetishtirilib, uning yalpi hosih 831 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1921-yili bu raqamlar 76 ming desyatina va 15 ming tonnani tashkil etdi. Yung, pilla yetishtirish va qishloq xo’jaligining boshqa sohalarida ham mahsulot hajmi pasayib ketdi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling