O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


-1922, 1925-1929- yillardagi yer-suv islohatlari


Download 1.01 Mb.
bet231/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   287
73. 1921-1922, 1925-1929- yillardagi yer-suv islohatlari.
Mintaqada 1921-1922-yilLarda yer-suv islohoti qisman amalga oshirildi. Islohot asosan Ettisuv, Sirdaryo viloyatlarida o„tkazilib rus krestyanlarining yerlari natsionalizatsiya qilindi. Ko„chirib keftirilgan bu krestyanlarning asosiy qismi quloqlar deb e'lon qilindi. Turkiston o„lkasi boyicha davlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26 ming desyatinasi o„troq dehqonlarga bo„lib berildi. Bu davrlarda Turkistonda «Qo„shchi» uyushmasi tashkil topib, bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan edi. Ular tadbirlarda faol qatnashib, sovet hokimiyatining qishloqdagi siyosatiga yordam berib turdi. Ammo bu jarayon uzoqqa chozilmadi, sovet hukumati mulk egalarini asta-sekin cheklash va tugatish siyosatini olib bordi. Qishloqlarda shu sjyosatni amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlardan biri 1925-1929-yillardagi yer-suv islohoti bo„ldi. O„zbekiston sovetlarning Markaziy Ijroiya Komiteti 1925-yil 1-2-dekabr kunlari ozining favqulodda sessiyasiga toplanib, yer-suv islohoti o„tkazish to„g„risidagi masalani ko„rib chiqdi. 2-dekabrda sessiya «Yer va suvni musodara qilish tog„risida», «Yersuv islohoti o„tkazish tog„risida»gi dekretlarni qabul qildi. Shunga ko„ra bu islohotlar Farg„ona, Toshkent, Samarqand viloyatlarida 1925-1926-yillarda, Zarafshon viloyatida 1927-yili otkazildi. Islohot Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 1928-1929-yillarda amalga oshirildi. Bunda xalqning yer bilan barcha ishchi ot-ulovlari, dehqonchilik asbob-uskunalari ham musodara qilindi. Islohot davomida alohida tortib olingan yer fondi 475 ming desyatina bo„lib, uning 10% hambag„al va ham erli xo„jaliklarga taqsimlab berildi. Qolgan er davlat tasarrufiga o„tdi.
Shunday qilib, O„zbekistonda 1925-1929-yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohoti mulkdorlarni tugatishga qaratilgan bo„lib, qishloq xo„jaligini zo„ravonlik yo„li bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay shart-sharoit hozirladi. Sovet davlati tortib olingan yer-suvlar hisobiga kooperatsiyalar, so„ng jamoa xo„jaligi tuzish siyosatini olib bordi. Jamoa xo„jaligi tuzilishining boshidan qishloq xo„jalik artellari mulklarini davlat tasarrufiga otkazish boshlandi. Jamoa xo„jaligi dehqonlarning yerlari va ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida tuzildi, bu vositalar yagona bolinmas fondga qo„shildi. Bu dehqonlarning mulkdan ajralishini boshlab berdi. Jamoa xo„jaliklari iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo„lib qoldi. Uning mustaqilligi va tashabbusv cheklandi. Jamoa xo„jaligiga kirmagan yakka xo„jaliklarga nisbatan taz'yiq o„tkazila boshlandi.
Azaldan sun’iy sugorishga asoslangan dexkonchilik madaniyati maskani xisoblangan xamda axolisining mutlok kupchiligi kishlok xujaligida band bulgan Turkiston xalklari uchun er-suv, undan foydalanish masalasi favkulodda axamiyat kasb etardi. Negaki, ulka axolisining anchagina kismi ersiz edi. Bir parcha erga muxtoj bulganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan xayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga kuplab serxosil, unumdor erlar Rossiyadan kuchirib kelingan rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. CHorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati ersiz, batrak dexkonlarning axvolini tanglashtirib yuborgan edi. SHu bois xam maxalliy erli axoli yangi sovet xokimiyatining «Er dexkonlarga» degan va’dalari, da’vatlariga umid boglab, uning er tugrisidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga kuz tikib kelayotgandi.
Sovet xukumati kup sonli dexkon axolisini uz tomoniga karatib olishni kuzlab er tugrisidagi dekretni kabul kilgan bulsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan makksadlari boshkacha edi. Sovetlarning er-suv isloxoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maksadi xususiy er-mulklarni musodara kilish, milliylashtirish orkali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xujaliklarni karor toptirish edi. Turkistonda shu makksadlarni kuzlab er-suv isloxotini utkazishga kirishildi. Er-suv isloxoti Turkiston sovetlarining XI s’ezdida (1920 yil) ulkada er-suv isloxoti masalasi kurib chikildi, bu soxadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga kura axolining kulidagi katta erlarni musodara kilish, evropalik kelgindi axoli bilan erli xalklar urtasida er-suv maslasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barxam berish, mexnatkash axolini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. SHu maksadda joylarda kishlok va ovullar maxalliy axolisining ersiz, kambagal kismini birlashtiruvchi «Kushchi» uyushmalari tuzila bomlaidi. «Kushchi» uyushmalari kommunistlarning dexkonlar orasidagi tayanchiga aylanib, er-suv isloxotini utkazishda partiyaga katta yordam kursatib bordi. Turkiston ASSR xududida 1921-1922 yillar davomida er-suv isloxotining birinchi boskichi yirik er-suv egalariga karshi keskin kurash shiori ostida utkazildi. Masalan, Samarkand viloyatida 350 ta katta er egalaridan 13 ming desyatina erlar tortib olindi. Respublika buyicha boy va uziga tuk axolidan 1,7 mln. desyatina er tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi ersiz kambagallarga berildi, kolgan katta kismi asosida «Kushchi» uyushmalari tuzildi. Bu sovet xokimiyatining kambagallarni uz tomoniga OFdirib olishga karatilgan xarakati edi. Urta xol dexkon xujaliklari saklab kolindi.. 1925 yil dekabrda bulgan Uzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Kumitasining Favkulodda sessiyasi «Er va suvni milliylashitirish turisida» dekret kabul kildi.
Dekretga binoan kuyidagi tarzda erlar batamom musodara kilinishi kerak edi:
- Kderda turishidan kat’i nazar FarFOna viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va Samarkand viloyatlarida 50 desyatinadan ortik sugoriladigan eri bulgan mulk egalarining erlari, jami jonli va jonsiz mulki bilan;
-Kishlok va ovullarda yashamagan, uzlari va oila a’zolaridan birortasi xam erda ishlamaydigan shaxslarga karashli erlar, boshka mol-mulki bilan;
-Vakf erlari, xujayinlari noma’lum erlar.
Er-suv isloxotining ikkinchi boskichi kishlokda asosiy kuch bulgan urtaxol dexkon bilan alokani mustaxkamlash shiori ostida utdi. FarFOna viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarkand viloyatida 10 desyatinagacha eri bor urtaxol dexkonlar mulki saklanib koladigan buldi. Bundan kuzlangan maksad ularni sovet xokimiyatining tayanchiga ailantirim edi.
74. Turkistonda boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohalaridagi o’zgarishlar

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling