O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Iqtisodiy inqirozdan chiqish tadbirlari. Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkistonda iqtisodiyotdagi kelishuvchilik jarayonlari.
- Dehqon xo`jaliklari va YaIS tamoyillari.
- Ijtimoiy hayotdagi ahvol.
76. Iqtisodiy inqirozdan chiqish tadbirlari. Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari
Iqtisod sohasidagi yangi chora-tadbirlar hamda siyosatning mazmun-mohiyati. Xo’jalikning vayronligi, qahatchilik jamiyatning barcha qatlamlari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, guruhlar faoliyati, manfaatlari, qarashlari, kayfiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi. Ular iqtisodiy inqirozdan chiqishni qat’iy talab qilish bilan birga, buning yo’llari to’g’risida ham mushohada qildilar. Turkistonda aholining ko’pchiligini tashkil qilgan dehqonlar razvyorstka asosida ortiqcha mahsulotni tortib olishni to’xtatishni, majburiy mehnatga jalb qilishni, savdo, mol ayirboshlashni tartibga solishni talab qildilar. Hunarmand-kosiblar materiallar olish, tayyor mahsulotlarni sotish uchun sharoitlar bo’lishi talabi bilan chiqdilar. Ishchilar, idora xodimlari, ziyolilar xo’jalikni oyoqqa turg’izish asosida ishsizlikka, qahatchilikka barham berish, hayot darajasini ko’tarishga intildilar, madaniy-ma'rifiy muammolarga diqqatni qaratdilar. Nihoyat, sobiq korxonalar egalari, tijorat ahli iqtisodiyotdagi inqirozli ahvoldan qutulish uchun mulkdorlar faoliyati, moddiy manfaatdorlik tamoyillari, pul-tovar munosabatlarining tarixan hal qiluvchi rol o’ynaganiga jamoatchilik diqqatini tortdilar. Sovet hokimiyatining inqilobiy o’zgarishlari, ilgari surgan so’l xayoliy, hayot voqeligidan butkul uzoq siyosati mag’lubiyatga uchragan bilan bir qatorda bolshevistik hukumatga halokatli xavf tug’dirardi. Markazdagi «dohiy»lar buni tushunib yetdilar. Ular o’rtasida kurash keskinlashdi. Og’ir iqtisodiy vaziyat, jumladan, Turkistondagi ahvol iqtisodiyot tarmoqlarida, uni boshqarishda tub o’zgarishlar yasash zarurligini ko’rsatdi. 1921-yil boshlarida qator muhokamalar natijasida iqtisodiyot sohasida bir qator ko’nikmalar e'lon qilindi, bu sovet mamlakatida yangi iqtisodiy siyosat (YalS) nomini oldi. Uning asosiy mazmun-mohiyati harbiy kommunizm siyosati, oziq-ovqat razvyorstkasi dehqon mahsulotlarini tortib olishni yo’q qilish, mulkchilikning turli shakllari, soliqlar tizimini joriy etish va erkin bozorga o’tishdan iborat edi. O’ta salbiy inqilobiy o’zgartirishlarni tanqidiy qayta qurish, ulardan voz kechish bozor munosabatlariga asoslangan yo’lning tiklanishini bildirmas edi, albatta. Hokimiyat batamom erkin rivojlanish jarayoniga yo’l ochish, iqtisodiyot ustidan siyosiy-partiyaviy nazorat va ta'sirni bo’shashtirib yuborishni xohlagan emas. Xalq xo’jaligida yetakchi tarmoqlar - yirik korxonalar, temir yo’l, tashqi savdo, Turkistonda paxtani qayta ishlash korxonalari - davlat tasarrufida saqlab qolinib, ularni tiklash, ishga solish rejalashtirildi. Boshqa tarmoqlarni vayrongarchilikdan qutqarish uchun shaxsiy sarmoyalarni jalb qilish, qishloqda va shaharda chakana tadbirkorlik, ijara, yollash-yollanish, savdo erkinligi e'lon qilindi. Xo’jalik faoliyati, munosabatlarining soliqlar orqali boshqarilishi, qishloqda natural oziq-ovqat solig’ining joriy qilinishi ko’zda tutildi. Shahar bilan qishloq o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga siyosiy tus berilib, mol-tovar ayirboshlash mo’ljallandi. Dehqon xo’jaliklarini soliqqa tortish asosan oziq-ovqat, birinchi galda g’allakorlik borasida nazarda tutilgan. Boshqa ekinlar, xususan, paxta to’g’risida aniq ko’rsatmalar dastlab bo’lgan emas. Shunga qaramay, Turkistonda yangi iqtisodiy siyosat asosida xo’jalikni jonlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini tiklash uchun imkoniyatlar paydo bo’ldi. Hokimiyatning iqtisodiy siyosatida yangi tadbirlar muayyan maqsadlarga yo’naltirilgan edi. Turkistonda iqtisodiyotdagi kelishuvchilik jarayonlari. O’lkada yangi voqelik dastlab shaharlarda, ishlab chiqarish, tijorat sohalarida yuz berdi. 1921-1922-yillarda faqat Toshkentda 86ta korxona, 2386 ta do’kon, shuningdek, bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, tomoshaxonalar va boshqalar davlat tasarrufiga olindi, ular qisqa vaqtda ishga tushirilib, xizmat ko’rsata boshladilar. Shirkatlar, birjalar tiklandi, yarmarkalar uyushtirildi. Hunarmandchilik tez tiklandi. Turkistonda 1920-yilda 30 ming atrofida kosib qolgan bo’lsa, 1923-yilda ularning soni 110 mingga yetdi. Hunarmandlar aholining deyarli barcha ehtiyojlarini qondirar edilar. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 %ini, ishlangan terining 76 %ini, kiyim-kechak va bosh kiyimlarning 85 %ini, idish-tovoqlarning 60 %ini ishlab chiqardilar. Ko’pgina ro’zg’or buyumlari, dehqonchilikda zarur qurollar ham hunarmandchilik mahsulotlari edi. Davlat iqtisodiyotni boshqarish tizimini yangi sharoitlarga moslashtirish choralarini ko’rdi. 1921-yil mart oyida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (TurkEKOSO) tuzilib, mahalliy iqtisodiy kengashlar uning tasarrufiga o’tkazildi. Shuningdek, TurkEKOSO tarkibida Davlat Planlashtirish Komissiyasi (Gosplan) tuzildi. Pul xo’jaligi jiddiy amaliy ifoda kasb etdi. 1921-yilda Turkiston bonlari muomaladan chiqarilib, Rossiya qog’oz pullari muomalaga kiritildi, lekin ular tez orada qadrsizlanib qoldi. 1922-yilda boshlangan pul islohoti (pul almashtirish) uch yil davom etdi. Oltin hisobidagi chervonlar, kumush va mis tangalar chiqarildi. Markaziy banklarning bo’limlari, Turkistonning o’z banklari tashkil etilib, faoliyat ko’rsatdi. Davlat daromadlari va xarajatlari hisobga olinib, byudjet tuzishga kirishildi. Davlat tasarrufida qoldirilgan korxonalarning xo’jalik hisobida faoliyat ko’rsatib, xarajatlarni daromaddan qoplay olganlari kreditlar bilan ta'minlandi, mahsulot chiqarish kengaytirildi. Bu jarayonda ba'zida ishchi, xizmatchilar soni qisqartirildi. Transport, sanoat tiklanib bordi. Elektrstansiyalar, tramvay ishga tushirildi, korxonalar, ijaraga olingan obyektlar aholi talablari uchun mahsulot chiqarib, xizmat qila boshladilar. Chunonchi, o’lka sanoat korxonalari mahsulotining umumiy hajmi 1923/24-xo’jalik yilida 1921-yildagiga nisbatan 1,7 marta o’sdi. Sanoat mahsulotlarining miqdori 1923-yildagi 5 mln oltin so’mdan 1924-yilda 7 mln 322 ming oltin so’mga yetdi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqtisodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchihk)ning mazmun-mohiyatini ma'muriy-siyosiy tazyiqni bo’shashtirish, moddiy manfaatdorlik uchun imkoniyatlar yaratish, xo’jalik hisobi tamoyillaridan keng foydalanish tashkil qildi. Xo’jalik faoliyatiga erkin raqobat kirib kelib, yakkahokimlik (monopoliya), jumladan, davlat monopoliyasi dastlab cheklandi, keyinchalik esa bekor qilindi. Dehqon xo`jaliklari va YaIS tamoyillari. Qishloq xo’jaligini tiklash, oziq-ovqat taqchilligini bartaraf qilish uchun oziq-ovqat solig’iga o’tildi. Bu dehqon xo’jaligini ko’tarish uchun yo’l ochdi. Soliqni to’lagandan so’ng ortiqcha mahsulotni bozorda sotish, xo’jalikka zarur narsalarni sotib olish imkoniyati tug’ildi. Dastlab o’lkada oziq-ovqat solig’i sakkizta natural soliqdan tarkib topdi. Bu chalkashlik va suiiste'mollarga sabab bo’ldi. Soliq tizimini takomillashtirish choralari ham ko’rildi. 1921-yilda ekin yerlari maydoni oldingi yilga nisbatan ancha kengaydi. Lekin chalkashlik hamon salbiy ta'sir ko’rsatardi. Oziq-ovqat solig’i 1921-yilda 76 % ga, 1922-yilda qariyb 98 %ga bajarildi. Yangi yengillik tug’dirgan tamoyillar dehqonlar o’rtasida keng targ’ib qilinmadi. Rahbarlikning ma'muriy usullarini qo’llash davom etdi. Chunonchi, 1921-yilning yozida irrigatsiya tarmog’i harbiylashtirildi. Dehqon xo’jaligi bu tarmoqda majburiyatni bajarish bilan birga, suv solig’ini to’lashi lozim edi. Qishloq xo’jaligida moddiy yordam ko’rsatish uchun yagona oziq-ovqat solig’iga, keyinchalik natural shakldan pul bilan to’lashga o’tildi. 1923-yili Toshkentda qishloq xo’jalik banki ta'sis etildi. o’lkada irrigatsiyani tiklash uchun 1922/23-xo’jalik yiliga 5 mln 850 mirig oltin so’m, kelgusi yilga 4 mln 800 ming va 1924/25-xo’jalik yiliga 6,5 mln oltin so’mga yaqin mablag’ ajratildi. Bu mablag’lar sug’oriladigan ekin maydonlarini qayta tiklash uchun dehqonlarga ularning uyushmalari orqali kreditga berildi. Paxtachilikni tiklashga Rossiya markaziy to’qimachilik korxonalari ayniqsa muhtoj edi. Markaz bunga alohida ahamiyat berdi. Bu ishni tashkil qilish uchun Markazda paxtachilik bosh boshqarmasi (Glavxlopkom) ta'sis etildi, uning bo’limlari Turkistonda, boshqa joylarda ish ko’rdi. Turkistonga g’alla, boshqa mollar yuborila boshlandi. Paxta soliqdan ozod qilindi, uning xarid narxi oshirildi. Hatto paxta yetishtirgan boy dehqonlarga ham paxtachilik qo’mitasi homiylik qila boshladiki, bu hol o’lkadagi rahbar bolsheviklarning noroziligini uyg’otdi. 1923-yilda paxtaga davlat monopoliyasi bekor qilindi. Qishloq xo’jaligi, xususan, paxtachilikni tiklash uchun shirkatchilik uyushmalari (kooperatsiya) shakllari tashkil qilindi, davlat-bank mablag’lari shular orqali dehqon xo’jaliklariga kredit qilib beriladigan bo’ldi. Kooperatsiya turlari oldin ham bo’lgan, ammo sovet hokimiyati ularni burjuacha tashkilot deb tarqatgan edi. Yangi kooperativlar 1921-yilda tuzildi. Paxta tozalash zavodlari, paxtani xarid qilgan idoralar paxtakor dehqonlarni kooperativlarga uyushtirib, ularga hosilni terguncha kredit berib turganlar. Bularning soni 57 ta edi. Davlat keng miqyosda kreditlashni 1923-yil bahorida amalga oshirdi. Paxtakor kooperativlar va melioratsiya kooperativlari tuzildi. Paxtakor kooperativlar soni 1923-yil oxirida 417 tani, ularga a'zolar soni 66 ming xo’jalikni tashkil etdi. Ularning soni 1924-yilda 523 va 124 ming, 1925-yilda 723 va 270 ming xo’jalikka yetdi. Meliorativ kooperativlar soni 1923-yilda 7 ta, 1924-yilda 29 taga yetdi. Kreditdan foydalangan dehqon xo’jaliklari paxta maydonlarini kengaytirib bordilar.Turkistonning uch viloyatida 1922-yilda paxta hosili 39 ming tonnani, 1923-yilda 111 ming va 1924-yilda 209 ming tonnani tashkil etdi. 1924-yilda ekin yerlarining umumiy maydoni Birinchi jahon urushidan oldingi hajmning 60 % ini tashkil qildi. Qishloqda chorvachilik va boshqa tarmoqlar ham tiklana bordi. Ijtimoiy hayotdagi ahvol. Bozor munosabatlariga, xo’jalik faoliyatida moddiy manfaatdorlikka imkomyatlarning tug’ilishi qiyinchiliklarni yenga boshladi. Ocharchilik chekindi. 1924-yilda Farg’ona vodiysi halokatli ahvoldan qutuldi. Soliq sohasida kambag’al oilalarga imtiyozlar berildi. Soliqlarni asosan tadbirkorlar, tijoratchilar, o’rtahol va yirik dehqon xo’jaliklari, hunarmandlar to’lar edilar. 1922-yil may oyidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarining yakka shaxslar tomonidan o’lkadan tashqariga olib chiqib ketilishi taqiqlandi. Eski shaharlar, mavzelar va tumanlarning aholisi dala yerlari, bog’-rog’lari hosili, sigir, qo’y-echkilari mahsulotlaridan foydalanar, bir qismini sotuvga ham olib chiqar edi. Ijtimoiy siyosatda davlat yer maydonlariga artellar, kolxozlar, sovxozlar tuzib, ularning faoliyatini yo’lga qo’yishga harakat qildi. Lekin bu tadbirlar ijobiy natija bermadi. Mehnat vositalari, urug’lik, dastlabki mablag’lar bilan ta'minlanmagan kolxoz va artellar tarqalib ketar edi. Ayrim sovxozlarni xlopkomlar ijaraga olib, ishchilar yollab ixtisoslashtirdilar. Keng dehqon xo’jaliklariga nisbatan yuritilgan siyosat va amaliy chora-tadbirlar o’rtahol xo’jaliklarni qo’llab-quvvatlash, ularning sonini ko’paytirib borishga qaratildi. Qishloq xo’jaligida ish hayvonlarining yetishmasligi jiddiy muammo tug’dirdi. O’lkada chetdan, ayniqsa, Xitoyning chegara oldi yerlaridan ho’kiz va otlar sotib olishga mablag’ (oltin, kumush pullar) ajratildi, sotib olingan qoramollarni chegaradan boj to’lamay olib kirishga ruxsat berildi. 1924-yilda Farg’ona vodiysiga 20 ming bosh qoramol keltirildi. Xususiy savdo bilan birga davlat savdosi ham olib borildi. Arnmo davlat magazinlari, do’konlarida gazmol, kiyim, kerosin va boshqa mollarning narxi baland bo’lib, keng aholining ularni sotib olishga qurbi yetmay qoldi. Natijada 1923-yil kuziga kelib, bir tomondan, savdo inqirozi (mollarning sotilmay qolishi), ikkinchi tomondan esa qimmatchilikdan noroziliklar kelib chiqdi. Bu hol shunday jiddiy tus oldiki, hukumat tezda narxlarni tushirishga majbur bo’ldi. Xo’jalikni ko’tarishga qaratilgan siyosatda salbiy jihatlar ham bor edi. Chunonchi, davom etib kelgan an'anaga ko’ra, mintaqada gidrotexnika va katta ariqlar davlat mablag’lari hisobiga, mahalliy ahamiyatga ega ariqlar esa dehqonlarning o’zi tomonidan yil sayin ta'mirlanib, tartibga keltirib turilardi. Biroq sovet organlari bunga amal qilmadi, ishning ba'zi og’irliklari xalq zimmasiga yuklatildi. Sug’orish inshootlarini tiklash ishlari iqtisodiy jihatdan rag’batlantirilmadi. 20-yillarning o’rtalarigacha iqtisodiy liberallashuv, kelishuvchilikning tiklanishi bilan bir qatorda hokimiyat siyosatida sinfiylik va siyosatlashtirish tamoyillari ham ko’zga tashlandi. 77. 20-yillarning II yarmidan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotining hamma jabhalarida ma’muriy - buyruqbozlik usuli borgan sari zorayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat ozining bor mohiyatini, mavqeini yo‘qota bordi. Sanoat va qishloq xo‘jaligida qiyinchiliklar ko‘payib bordi. Tovar tanqisligining kuchayib borishi narx-navoning oshib ketishiga, so‘mning qadrsizlanishiga olib keldi. Sanoat mollari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari o‘rtasida katta farq bo‘lishi, sanoat bilan bolayotgan iqtisodiy munosabatlar dehqonlarning noroziligiga olib keldi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda ro‘y berayotgan keskin qiyinchiliklarni adolat yuzasidan, aql-idrok bilan emas, balki ma’muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan, zoravonlik bilan bartaraf qilish uchun Markaz siyosiy hokimligining harakati kuchayib bordi. Uzbekistonni sanoatlashtirish eng boshdanoq Ittifoqni sanoatlashtirishning tarkibiy va ajralmas bir qismi deb belgilandi. Undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bolish asosiy maqsad qilib qoyildi, Paxta ishlab chiqarish va qishloq xoja ligini qayta tiklash datsurida Markaz tomonidan kondalang qilib qoyilgan vazifalarga muvofiq paxta bilan bog’liq sohaiarning rivqjiga, ya’ni qishloq xoja lik mashinasozligi, jrrigatsiya qurilishi, metall konsruktsiyalar, mineral og’itlar ishlab chiqarish, qishloq xqjalik xom ashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatga qaratildi. Mahalliy resurslar: mis, azot va boshqalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish, ipakchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, qorakSlchilik va boshqalarni otsirish sur’atlarini jadallashtirish moljallandi. Shuningdek, rangli metall, neft, toshkdmir, tuz, grafit konlarini vujudga keltirishga kirishildi. O‘zbekiston xalqi 6z kuch-quvvati, idroki va mahoratini Vatan ravnaqi uchun safarbar qildi. Korxonalar yangi texnika asosida tiklandi, yangi sanoat sohalari (ip-gazlama, trikotaj, shohi va hokazo) barpo etildi, awal mavjud bolgan sanoat korxonalari qayta qurilib kengaytirildi. Natijada sanoat yalpi mahsuloti ancha kopaydi, tannarxi kamaytirilib, sifati esa oshirildi. Uch yil mobaynida yirik sanoat korxonalarining soni 48 taga kopaydi, 1928 yilga kelib ular 166 taga etdi. Uzb.nda esa 20.30 yil/da olib borilV industirlashtirish siyosati bir yoklama, kemtik ravishda amalga oshirildi, asosan xom ashyoni kayta ishlovchi, birinchi galda paxtachilik talab/iga mos keladiV sanoat korxona/i barpo etildi. Avvalo, Fargona tukimachilik kombinati (1926 y.), Margilonda ipak yigirish fabrikasi (1928 y.), Tosh.da tuki.machilik kombinati va kishlok xujalik mashina/ini ishlab chikarish zavodi (“Tashselmash” — 1934 y.), ba’zi shaxar/da paxta tozalash, yog.moy ishlab chikarish korxona/i kurildi. Tosh.da kichik.kichik gidroelektr stansiya/i ishga tushdi. Bu/ning usku.na/i, mexanizm/i va boshka kerakli kism/i Rossiya, Ukraina va Be/usiya zavod/iga chambarchas boglab kuyilV edi. 1931.1932 yil/da kurilV Turkiston.Sibir (“Turksib”) temir yuli Uzb.nni ikt.y jixat+ Rossiyaga yanada maxkamrok boglab kuyish maksadiga xizmat kila boshladi. Natijada Uzb.n, Rossiya, Ukraina, Belorusiya sanoati uchun xom ashyo manbaiga aylandi. Industirlashtirish tadbir/i Sovet mustamlakachilik siyosatini ikt.y jixat+ kuchayti.rishga imkon yaratdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling