O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


tashqi siyosat asoslarining yaratilishi. o`zbekiston - bmt a'zosi


Download 1.01 Mb.
bet258/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   287
96. tashqi siyosat asoslarining yaratilishi. o`zbekiston - bmt a'zosi
Mustaqil tashqi siyosat zaminlarining yaratilishi
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O`zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo`lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo`sbilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o`rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko`ndalang bo`lib turardi.
Ittifoqdosh respublikalar, jumladan, O`zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to`g`ridan-to`g`ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat hisoblanardi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Yurtimizda bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o`quv yurti yo`q edi.
Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab etardi. O`zbekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko`p qirrali ishlarni boshdan boshlashga to`g`ri keldi.
1991-yil 31-avgustda O`zbekiston SSR Oliy Kengashining o`n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi (2-ilova).
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu yo'l yana bir bor ta'kidlanib, davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo`yildi (15-ilova).
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar Prezident I.A.Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o`zining «O'zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida«O`zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan, ko`p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish — davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq tunnushini.yaxshilashning zarur sharti va g`oyat muhim vositasidir»,— deb alohida uqtirdi.
Bundan tashqari, O`zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida belgilaydigan, davlatimizning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to'g`risida»gi (1996-yil), «Chet el investitsiyalari to'g`risida»gi (1998yil), «Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choratadbirlari to'g`risida»gi (1998-yil), «Xorijdan mablag` jalb qilish to'g`risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. Ularda yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng ko`lamli hamkorlik o`rnatishi uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berildi.
Mamlakatimiz qonunchilik faoiiyatida xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi o`z ifodasini topmoqda. Bunda:
♦ O`zbekiston qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda.
♦ Mamlakatimiz xalqaro huquq normalarining bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi.
O`zbekiston tashqi siyosatda ochiq-oydinlik, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik tarafdori. Ayni paytda, u biron bir buyuk davlatning ta'sir doirasiga tushib qolishni, «katta og`a» ning qosh-qavog`iga qarab ish tutishni aslo xohlamaydi. O`zbekiston dunyo uchun ochiq mamlakatdir. Shu bilan birga u bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik siyosatiga amal qiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling