O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Download 1.01 Mb.
|
O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Prezident Islom Karimov o`zining asarlari, ma'ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo`lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqimiz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: ♦ Mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. ♦ Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish. ♦ Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. ♦ Nizolarni tinch yo'l bilan hal etish. ♦ Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik. ♦ Inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish. • *• - -J* ♦ Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi. ♦ Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish. ♦ 'Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik. ♦ Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi. ♦ Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo`lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 ta davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy aloqalar o`rnatildi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonasi ochildi. Jumladan, AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalar. Shuningdek, O`zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortiq davlatda — AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O`zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling