O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat asoslarini qurishga intilmoqda
Download 1.01 Mb.
|
98. O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish o‘rganlari rivojlanib boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o‘z ichiga oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo‘lib, hokimiyatning davlat o‘rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi hamol toptirishiga mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etish masalalari bilan bog‘liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy belgilaridan biri-ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo‘lgan siyosiy muxolifatni shakllantirdi. «Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog‘inlarida o‘zboshimchalik, volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari illatlar bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi: «O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari tog‘risida» (1991-yil 15-fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tog‘risida» (1998-yil 28-aprel), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog‘risida» (1992-yil 2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog‘risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat, jamoat tashkilotlari orasida eng muhim rolni siyosiy partiyalar oynaydi. Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo‘lib, o‘zida ma'lum masala xususida jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok etish yoki unga ta'sir o‘tkazish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan, bir xil siyosiy qarashga ega bo‘lgan insonlarni o‘zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz ko‘ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan (Konstitutsiya: 60-modda). O‘zbekistonda 5 siyosiy partiya, 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining (XDP) ta'sis kengashi bo‘lib otdi. XDP «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali nashr etmoqda. 1992-yil 24-mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis qurultoyi o‘tkazilib, unda partiya dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan» gazetasini nashr etgan. 1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi. 2001-yil 14-apreldan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalarining qoshma kengashi bo‘lib o‘tdi, unda fikr va maqsadlar mushtarakligini hisobga olgan holda birgalikda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur partiyalarning narlament fraktsiyalari ham birlashdi. 2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi bo‘lib otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo‘lib, O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol oynashga qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi. Jamiyat barqarorligini saqlashda, fuqarolarning huquqlarini, ularning manfaatini ifodalashda muhim rolni muxolifat oynaydi. Muxolifatning mavjud bolishi demokratik jamiyat uchun shart bo‘lgan va normal holdir. Shunisi muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo‘lishi, konstitutsiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o‘z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning barqaror holati uchun mas'ul bo‘lishi, davlat qurilishning muqobil loyihalariga ega bo‘ishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Demokratiya ustun bo‘lgan jamiyatda konstruktiv, sog‘lom muxolifat jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi. Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatga muhtojmiz». Siyosiy partiyalar bilan birga O‘zbekistonda «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda. U 1995-yil iyun oyida tashkil bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston xalqlari birligini mustahkamlashdir. Jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal qilishda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda, jamoatchilik fikrini shakllantirishda-ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi. Ularning turli davlat va siyosiy institutlar hamda jamiyat kayfiyatiga ta'siri natijasida OAVni to‘rtinchi hokimiyat deb ham yuritishadi. Mamlakatimizda OAVning rivojlanishiga huquqiy asos yaratilgan: «Noshirlik faoliyati tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tog‘risida» (1996-yil 2-avgust): «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» (1997 yil 24 aprel): «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish tog‘risida» (1997-yil 26- dekabr), «Ommaviy axborot vositalar tog‘risida» (1997-yil 26-dekabr). O‘zbekistonda matbuot erkinligi, soz va fikr daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan. (Konstitutsiya: XV bob). 2005-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisida LA.Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiya qilishda OAV haqida gapirganda, ularning hayotmizda tutgan o‘rniga alohida e'tibor qaratib, OAVni isloh qilish yonalishlarini ko‘rsatib berdilar. Ular: OAVning iqtisodiy erkinligini ta'minlash. Jamoatchilik fondi, jamoatchilik televideniyasini tuzish. Yangi, mustaqil fikrga ega bo‘lgan jurnalist kadrlarni tarbiyalashdir. OAVning erkinligini ta'minlamasdan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarni fuqarolarning o‘z mustaqil qarashlari, o‘z -fikrlari, voqealarga munosabatini dadil, qorqmasdan ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib mamlakatimizda bolayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning faolligini oshirish mumkin emas. Xulosa qilish mumkinki, mustaqillik davrida siyosiy tizim islohoti borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi: Eski tizim barham topdi. Huquqiy, demokratik davlatni qurish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy asos yaratildi. Yangi demokratik davlatga xos bo‘lgan yangi siyosiy tizim yaratildi. Ko‘ppartiyaviy tizim asoslari shakllandi. Xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi barpo etilib, saylovlar muqobillik asosida otkazilayapti. Boshqacha soz bilan aytganda, mamlakatimizda shaklan demokratik davlat barpo qilingan, endi asosiy vazifa shu shaklni demokratik mazmun bilan to‘ldirishdan iboratdir. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling