O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


XXI asr b’sag’asida O’zbekiston xavfsizligiga taxdid


Download 1.01 Mb.
bet263/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   287
99. XXI asr b’sag’asida O’zbekiston xavfsizligiga taxdid. Pr. Asari talqinida
XXI asr bo’sag’asida dunyo. Jahon xalqlari tarixi shundan guvohlik beradiki, dunyodagi har bir mustaqil davlat xalqaro hamjamiyatdan ajralgan holda o’z qobig’iga o’ralib alohida yashay olishi mumkin emas. Ayniqsa, bu jarayon endigina mustaqil taraqqiyot yo’hga kirgan yosh davlatlar uchun g’oyatda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mustaqil rivojlanish yo’lini tanlagan har bir davlat jahon hamjamiyatiga teng huquqli a'zo bo’lib kirishga harakat qiladi. Albatta, 1991-yilda o’z mustaqilligiga erishgan O’zbekiston Respublikasi ham bundan mustasno emas. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgan XXI asr bo’sag’asidagi dunyo qiyofasi qanaqa edi? Uning ijobiy siyosiy tomonlari, jumboq va muammolari nimalardan iborat? Dunyo xalqlari qatorida O’zbekistonimiz uchun XXI asr qanday keladi? O’zbekiston yangi asrda jahon hamjamiyatida qanday o’ringa ega bo’ladi?- degan savollarning tug’ilishi tabiiy. Ma'lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema - SSSR va AQSH yetakchi bo’lgan bir-biriga g’oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o’zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi.1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, xalqaro maydonda yangi - g’oyat murakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Bu davrning asosiy belgilari quyidagilardan iborat edi: Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo’hnish ro’y berdi. Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo’lsa, endilikda o’z taqdirini o’zi belgilash orqali ichki imkoniyatlarni ishga solish, har kim o’z aravasini o’zi tortish zarurati tug’ildi. Ikkinchidan, bugungi kunda navbatdagi jahon urushi xavfi tahlikasi yo’qolgan bo’lsada, davlatlar o’rtasidagi, ayniqsa, yer yuzini ko’proq o’z ta'sir doirasiga olishga intilishdan qaytmayotgan buyuk davlatlar o’rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar zarracha bo’lsada zaiflashgani yo’q, aksincha, u yanada kuchaydi va keskinlashdi. Faqat endi bu ziddiyat va qarama-qarshiliklar yadro poligonlaridan kuchliroq bo’lgan mafkura poligonlarida olib borilmoqda. Uchinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya'ni sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi. Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya'ni tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z qo’llariga olishga intila boshladilar. To’rtinchidan, dunyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga bevosita xavf-xatar mavjud bo’lib qoldi. Ya'ni yalpi yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo’lsa ham, ekologik tanglik xavfi, biogenetik buzilishlar tahdidi hamon tahlikali holatda saqlanib qolmoqda. Beshinchidan, jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta'siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o’rtasida o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an'analar va ma'naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo’lib qoldi. Oltinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qanday mamlakatning nufiizi, avvalo, uning eng yangi texnologiyalarni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Mana shunday murakkab, ziddiyatli va qarama-qarshiliklarga boy XXI asr bo’sag’asida O’zbekiston Milliy Mustaqil davlat sifatida jahon xaritasida paydo bo’ldi. Mamlakatimiz xalqlari oldida turgan g’oyatda og’ir, murakkab va ayni zamonda ulug’ va mo’tabar vazifa ham shunda ediki, qo’lga kiritilgan milliy mustaqillikni saqlab qohshgina emas, balki uni yanada mustahkamlab qudratli va istiqbolda dunyodagi rivoj topgan buyuk davlatlardan biriga aylantirishdan iborat edi. Jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. XXI asr bo’sag’asida ijtimoiy-siyosiy jarayonlari o’zgardi, inson va insoniyat, odam va taqdiriga daxldorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so’nggi o’n yilligi har qanday zo’ravonliklar, tazyiqlar va g’oyaviy xurujlarni aql-idrok va ochiqdan-ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo’yilgan davr bo’ldi. O’zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o’z mavqei va nufuzini mustahkamlash bilan birga jahon siyosatini isloh qilishga dunyo ahlini da'vat etgan davlatlardan biri bo’lib maydonga chiqdi. Geografik-siyosiy o’rni jihatdan O’zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o’rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi. Mustaqillikning qisqa davrida u o’zining siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy qudratini to’la-to’kis ko’rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo’lgan kuchli davlat sifatida o’zini namoyon etdi. Undan tashqari, O’zbekiston Osiyo va Yevropa qit’alari o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo’tadillashtiruvchi G’arb va Sharq o’rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqali uyg’unlashtirishga da'vat bo’lib maydonga chiqdi. Bugun O’zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’iston muammolari bilan birga Rossiya va, umuman, Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma'lum bir o’zanga solishga da'vat qilayotgani, uni o’zining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burayotgan davlatdir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolarini hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarni o’rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo’shni mamlakatlarni o’zaro kehshmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan juda ulkan masalalarni o’rtaga tashlamoqda. Bu, ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog’liq bo’lgan muammolardir. Ana shu muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayotgan eng og’ir fojia ekanligi, u bilan murosa qilib bo’lmashgini, bu illatlarni barbod qilishda juda katta qat’iyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O’zbekiston o’z timsolida ko’rsatdi. Prezident Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida (1999-yil 14-aprel) qilgan «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma'ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo’ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o’zaro uzviyligi, bir-biriga bog’liqligi, uning tarqahshiga ba'zan diniy niqoblardan foydalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. O’zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuzyillik va yangi mingyillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o’nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko’tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchihgining katta qiziqishi bilan unga qarayotganligi fikrimizning dahlidir. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi uchun qulay shart- sharoitlar. O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu - uning geografik-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir. Buni biz quyidagilarda aniq ko’ramiz. Birinchidan, O’zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda, ya'ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, O’zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatdan mintaqadagi qo’shnilardan ma'lum darajada ustun turadi. Uchinchidan, O’zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy meneral xomashyo resruslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan, paxta tolasi yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta.Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshh meva-sabzovot mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir. To’rtinchidan, davlatimiz nafaqat o’zini-o’zi ta'minlaydigan, balki chetga chiqaradigan neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo’lgan muhim tarmoqlarga ega. O’zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, masalan, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. Beshinchidan, O’zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o’rni bor. Yurtimiz ma'naviy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma'naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta'sir o’tkazib kelgan. Shu jihatlar hisobga olinsa, O’zbekiston o’zining barcha ko’rsatkichlari bo’yicha jahondagi madaniy, ilmiy, texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Albatta, bu yo’lda qator qiyinchihklar ham mavjud. Bular quyidagilar: Birinchidan, agar geografik-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko’ramiz. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog’liq ekologik falokat ta'siri seziladi. Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e'tiborni taqozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta'sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo’lmaydi. To’rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba'zi mamlakatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo'lishimizga yo’l bermaydi. Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan, beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kunidagi o’chog’i - Afg’oniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada. Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma'lum darajada ko’p ishlarni ijobiy hal qilishga to’siq bo’lib turgan yana bir masala bor. Sho’ro tuzumidan qolgan meros - bu shu mintaqada yagona zaminda yashayotgan millat va elatlarni sun'iy ravishda bo’lib tashlash va shundan foydalanib, o’z siyosatini o’tkazish, ularga hukumronlik qilish asoratlari hali-beri yo’qolmagan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling