O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Milliy istiqlol g’yasi va mafkura
Download 1.01 Mb.
|
106. Milliy istiqlol g’yasi va mafkura.
G'oya nima? Inson o'zining aql-zakovati, qalbi, tili va tafakkuri, bir so'z bilan aytganda, barcha ma'naviy va jismoniy imkoniyatlari bilan tabiatning eng buyuk mo'jizasi hisobianadi. U- sezuvchi, fikrlovchi, ongli, mukammal mavjudot sifatida voqelikni idrok etish jarayonida qalbida turli his-tuyg'ular, tafakkurida xilma-xil fikr, qarash va g'oyalarni yaratadi. Shu ma'noda, his-tuyg'u va sezgilar, o'y, fikr va g'oya tafakkur mevasidir. Lekin tafakkurda tug'ilgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar ham g'oya bo'lolmaydi. Eng salmoqli, muayyan maqsadga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga molik fikrlargina g'oya bo'lishi mumkin. G'oyaning muqobili, ya'hi ma'nodoshi 'ideya, mafkuraning muqobili esa ideologiyadir. "Ideya" va "ideologiya" tushunchalari ko'proq Yevropa xalqlarida qo'llaniladi. "Ideya" yunon tilidagi idea so'zidan olingan bo'lib, tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Ideologiya ham ana shu so'zdan yasalgan va u (idea - g'oya, tushuncha, logos - ta 'limot) g'oy alar to 'g'risidagi ta 'limotni bildiradi hamda quyidagi ma'nolarda ishlatiladi: birinchidan, g'oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to'g'risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmning mustaqil sohasi hisobianadi; ikkinchidan, muayyan g'oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi. G'oya bir guruh insonlarni, yoki jamiyatni o'ziga jalb etib, uyushtirib, safarbar qilib, ijtimoiy kuch - vositaga aylanadi. Fikr esa, voqelikka oddiy munosabatni ifoda etadi. Masalan, "Inson yoki, umuman, xalq ozod bo'lmasdan, baxtga erisholmaydi" degan fikr g'oyaviy quvvatga ega bo'lgan fikrdir. Chunki, u barcha insonlar va jamiyat hayotining ma'no-mazmunini tashkil etuvchi muayyan haqiqatni ifodalaydi. Shuning uchun u barcha odamlarmng tili va dinidan qat'i nazar, uyushishi va o'z ozodli-gini himoya etishi uchun kuchli birlashtiruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. G'oya, o'z mohiyatiga ko'ra, ijtimoiy 'xususiyatga ega. Odatda, g'oya dastlab bir shaxsnmg ongida shakllanadi, so 'ng, ijtimoiy dolzarbligiga qarab, odamlar, xalqlar, millatlar orasiga yoyiladi. Fikr bilan g'oyaning farqini ifoda etgan ushbu fikrdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, g'oya oddiy munosabat ifodasi bo'lish bosqichidan butun bir xalqni, butun bir jamiyatni va hatto, butun sivilizatsiyani olg'a boshlovchi kuchga aylanish bosqichigachabo'lgan takomil yo'lini bosib o'tishi mumkin. Masalan, do'stlik, birodarlik, tinchlik vatenglik g'oyalari bugungi kunda butun msoniyatni, mintaqaviy sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi va bahamjihat bo'lib harakatga undovchi g'oyalar hisoblanadi. Holbuki, eng qadimgi rivoyatlarga asoslanib fikr yuritadigan bo' lsak, yer yuzidagi birinchi inson Odam Ato o'z farzandlariga, bolalarim, do'st-birodar bo'linglar, tinch-totuv yashanglar, deya nasihat qilgan paytda bu g'oyalar hali oddiy o'git, pand-nasihat darajasida edi. Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g'oyalar ta'sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida, yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. Shu bois g'oya muayyan ijtimoiy zarurat tufayli muayyan makon va zamonda paydo boiadi, ya'ni fikr bosqichidan g'oya bosqichiga- muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishni, maqsad-muddaolarni amalga oshirish, ezgu yoki yovuz kuchlarning qo'lida qurol bo'lish darajasiga ko'tariladi. Ana shu ma'noda aytganda, g'oya takomillashish xususiyati va quvvatiga ega bo'lgan fikrdir. Fikr anglangan haqiqatdan tug'iladi. Ya'ni biror narsaning aslida nima ekanini bilmasdan turib, u haqida fikr bildirolmaysiz. Masalan, sutning oq ekani, chorvadan olinishi, iste'molga yaroqliligi - umuman, u to'g'risida bor haqiqatni bilmagan odam bu ne'mat to'g'risida aniq fikr bildirolmaydi. G'oya esa haqiqatning namoyon bo'lish va rivojlanish qonuniyatlarini anglashdan tug'iladi. Masalan, yaxshilik, ezgulik, farovonlik insonga baxt-saodat keltirishini anglab yetmasalar, ajdodlarimiz uni asrlar mobaynida hayotning ma'no-mazmuni deb bilmas edilar. Yoki milliy mustaqillikdan toptalgan haq-huquq va ozodlikni qaytarib berish tushunchasi anglanmasa, uning uchun hech kim kurashmas edi. G'oya insonlar qalbi va ongini egallab, jamiyat rivojiga ta'sir etadi. Jamiyatning ijtimoiy ehtiyoji, maqsad-muddao va manfaatlari o'zgarishi bilan o'zining muayyan joziba kuchi va quvvatini ham yo'qotishi mumkin. Masalan, o'tgan asrning 90-yillari boshida sobiq SSSR hududidagi respublikalar mustaqillik sari sobitqadamlik bilan intila boshlagach, dunyodagi eng ayovsiz mafkura - KPSS rahbarlarining ittifoqni mustahkamlash haqidagi fikrlari hech qanday qadr-qimmatga ega bo’lmay qoldi.. G’oyalar xilma-xildir.Ular ong mevasi shakllida borliqni, turmushni, ularning qonuniyatlarini o'rganish, kashf etish, o'zlashtirish, bilish va anglash jarayonida vujudga keladi. Binobarin, voqelikni, hayotni, uning qonuniyatlarini o'rganish, kashf etish, o'zlashtirish, bilish va anglash bilan shug'ullanuvchi barcha ijtimoiy tafakkur shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san'at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq kabi sohalar muayyan bir g'oyaga tayanadi va ular asosida rivojlanadi. Shu ma'noda aytish mumkinki, ijtimoiy tafakkurning barcha shakllari o 'zi tayanadigan g'oyaga ega. Chunonchi, diniy g'oyalar, ilmiy g'oyalar, falsafiy g'oyalar, badiiy g'oyalar, ijtimoiy-siyosiy g'oyalar, milliy g'oyalar, umuminsoniy g'oyalar shular jumlasidandir. Haqiqat va uning mohiyatini har kim har xil tushunishi mumkin. Masalan, birov yoshligidan yaxshilikka yo'g'rilgan umuminsoniy ma'rifat asosida tarbiya ko'radi va hamma narsaga ma'rifat, aql-idrok, yaxshilik bilan qarashga harakat qiladi. Boshqa birov esa, aksincha, jaholatga berilgani uchun hech narsani to'g'ri qabul etolmaydi. Shuning uchun ezgulik, ma'naviyat va haqiqat qonuniyatlarini to'g'ri yoki noto'g'ri tushunish, anglashga qarab, g'oyalar bunyodkorlik yoki vayronkorlik, ezgulik yoki yovuzlik g'oyalariga bo'linadi. Bundan uch ming yil burun bashariyat hayotiga yaxshilikdan ilk darak bo’lib kelgan va ayni bizning ajdodlarimiz tafakkuri mahsuli bo'lmish jahonshumul «Avesto» kitobining bosh g'oyasi - ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal edi. Ayni mana shu go'zal uchlik hali insoniyat tongotaridayoq hayotning asosiy qonuniyatlari bo'lgani yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir. Bus-butun yaxshilik g'oyalari bilan sug'orilgan «Avesto» kitobi va shunga o'xshash tarixiy merosimiz ham bunyodkor, ezgu g'oyalar hayotda nechog'li muhim rol o'ynashini yana bir karra tasdiq etadi. Bu g'oyalarning bashariyat tomonidan yakdillik bilan qabul qilinishining asosiy sababi ham ana shu umuminsoniy ezgulik, bunyodkor g'oyalar ekaniga hech qanday shubha yo'q. Mangulikka daxldor bunday tarixiy meroslarning siri ana shunda. Do'stlik, hamjihatlik, farovonlik, ozodlik kabi ezgu g'oyalar bunyodkor g'oyalardir. Fashizm,bolshevizm, shovinizm, mayda millatchilik, ekstremizm va terrorchilik kabi yovuzlik g'oyalari vayronkor g'oyalardir. Prezidentimiz Islom Karimov bunyodkor va vayronkor g'oyalar o'rtasidagi kurash dialektikasini shunday ta'riflab bergan: "Mening nazarimda, odamning qalbida ikkita kucli - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o'zaro kurashadi. Afsus bilan ta'kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko'ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo'zg'atib yuborish osonroq". Agar Prezidentimizning fikrlariga diqqat bilan e'tibor qaratsangiz, azaliy bir haqiqat yaqqol oshkor bo'ladi. «Inson tabiatida insoniylikdan ko'ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo'zg'atib yuborishi osonroq». Bugun achchiq bolsa-da tan olishimiz kerak. Televizor ekranlari orqali namoyish etilayotgan dunyoning turli mintaqaliridagi jangu jadallar, urho-urholar, tizginsiz, beboshvoq yig'in-sig'inlardagi vahshiylik, zo'ravonliklar yuqoridagi fikrlarning isboti emasmi? Yondirilayotgan avtolar, kuydirilgan jasadlarni sazoyi qilish, na siyosatga, na mansab-martabaga da'vosi bo'lmagan oddiy odamlar yashaydigan turar-joy binolarining portlatilishi, yoxud so'nggi paytda paydo bo'lgan «xudkush»laming avtobuslar, aholi jamlanadigan joylarda o'zlarini portlatib yuborib, qanchadan-qancha begunohlarning qonini to'kayotganlari-chi? Xulosa qilib aytganda g'oya deb, dunyodagi voqea-hodisalar va hayot ta 'sirida inson tafakkurida shakllanadigan, muayyan mazmunga ega bo 'Igan, biror-bir maslakni aks ettirib, uni amalga oshirishni taqozo etadigan, insonlar va xalqlarni uyushtrib, muayyan maqsadlar sari boshlaydigan ijtimoiy fikrga aytiladi. Mafkura haqida ma'lumot. G'oya anglangan maqsad va haqiqatni o'zida aks ettiruvchi fikr bo'lsa, mafkura ana shu maqsad va haqiqatning anglangan shakliga mos bolgan g'oyalar, fikrlar va ularni amalga oshirish usul va uslublari tizimidir. Shuning uchun bu tizim asosida mafkura tarkibidagi bosh va asosiy g'oyalarni amalga oshirish jarayonida tug'iladigan savollarga javob berish mumkin bo'ladi. Muayyan g'oya muayyan mafkuraga asos bo'lib, uni shakllantirishi mumkin, mafkura esa o'z tizimi tayanadigan maqsad va g'oyalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Muayyan xalqning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish yoilari va vositalari tizimi uning milliy mafkurasi asosini tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraning xalqni xalq, millatni millat etish borasidagi ahamiyatini ta'kidlab, shunday yozadi: "Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda, shu xalq, shu millatning kelajagini ko'zlagan va uning dunyodagi o'rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishga qodir g'oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman". Erkin demokratik jamiyat barpo etishni bosh maqsad qilib olgan va taraqqiyoti ijtimoiy hamkorlikka asoslangan davlatlardagi xalqlarning milliy mafkurasi odamlarni ana shu ezgu maqsad yo'lida birlashtiradi. O'zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi ham jamiyatimizni yanada jipslashtirishga, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini o'ylab, sog'lom e'tiqod va dunyoqarash bilan yashashga da'vat etadi. Kishilik tarixi mafkuralar, o'z ma'no-mohiyatiga ko'ra, falsafiy dunyoviy, diniy va boshqa g'oya va ta'limotlar asosida shakllamshini ko'rsatadi. Mafkuramng falsafiy asoslari falsafa ilmi xulosalariga tayanadi. Yevropa xalqlarining har biri Uyg'onish davri hamda o'rta asrlarda o'z davlatchiligini tiklash jarayonida milliy-falsafiy ta'limotlar asosida o'ziga xos mafkurasini yaratgani buning yaqqol dalilidir. Mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda, ma'nfiy taraqqiyotga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar tizimi tushuniladi. Ma'lumki, bugungi kunda dunyoviy jamiyat asosini qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi umume'tirof etilgan g'oyalar tashkil etadi. Bunday jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari qonuniy asosda kafolatlanadi. Mafkuraning diniy ildizlari deganda, uning diniy qadriyatlardan oziqlangan g'oyaviy-ruhiy asoslari tushuniladi. Masalan, xitoy xalqlari milliy mafkurasi hisoblangan, uning e'tiqodi va dunyoqarashi asoslarim belgilab bergan Konfutsiy va Lao-szi ta'limotlari diniy qarashlarga asoslangan. Bu ta'limotlar ko'p asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo'lib kelgan. Yurtimizda qariyb bir yarim ming yildan buyon yashab kelayotgan islom dini va uning ta'limoti ham uzoq zamonlar arab, turk va fors imperiyalari yoxud xalifalikning mafkuraviy hayot tarzi bo'lgan. Ezgulik, oqibat, ilm-ma'rifat, insoniylik kabi umuminsoniy g'oyalarga asoslangan islom dini o'z tarixiy yo'lida yirik sivilizatsiyalarni yaratdi, dunyo ilm-fanini bir necha asrga ilgarilatgan allomalarning yaralishiga zamin bo'ldi. Dunyoning teng yarmini ishg'ol qilgan Amir Temur saltanati, Hindistonda ingliz mustamlakasiga qadar hukm surgan boburiylar imperiyasi, bu saltanatning poytaxti bo'lmish Samarqand hamda Buxoro, Xiva va Urganch kabi ilm-fan va madaniyat keng rivojlangan shaharlar, sanoat markazlari fikrimizning dalilidir. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, Imom fsmoil al-Buxoriy, Imom Jorulloh Zamaxshariy, Imom Burhoniddin Marg'inomy kabi yuzlab ma'rifat quyoshlari ham Islomning hayotbaxsh g'oyalaridan ilhom olganliklarini inkor qilish mumkin emas. Qaysi xalqning milliy mafkurasi bir-birini boyitib boruvchi ilmiy va falsafiy, dunyoviy va diniy, azaliy va zamonaviy manbalarga asoslansa, u taraqqiyot bobida ilgarilab boraveradi. Ilmiy kashfiyotlar mafkura rivojiga kattata'sir o'tkazadi. Bugungi kunda zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o'zgartirib yuborayotgani shundan dalolat beradi. Kompyuterlar, uyali telefonlar, internet tizimi ham ana shunga xizmat qiladi. Lekin ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham sog'lom g'oya, sog'lom mafkura kerak. Aks holda, ilm-fan yutuqlarini noto'g'ri qoilash oqibatida Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, bugungi ommaviy qirg'in qurollari, ekologik halokatlar, ma'naviy tanazzulga o'xshash umumbashariy muammolar yanada kuchayib borishi mumkin. Demak, mafkura o’zining bosh va asosiy g'oyalari hamda tamoyillariga tayanib, muayyan ijtimoiy guruh yoki qallamning, millal yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad, iniilish va manfaallarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish, e 'tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllaniirishnirtg usul va vositalari tizimidir. 107. mustaqil O’zb tarkibida suverin Qar. Res.si. Mustaqilhk yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyotiSho’ro mustamlakachiligi davrida Qoraqag’pog'iston. XX asrning boshlarida O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, qoraqalpoqlar ham o’z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy larzalarni kechirdilar. Ayniqsa, 1917-yil oktabr to’ntarishidan so’ng o’lkada bolshevikcha sho’ro hokimiyati mustamlakachiligining o’rnatilishi, 1923-1924-yillarda O’rta Osiyoda amalga oshirilgan adolatsiz milliy-davlat chegaralanishi siyosati va undan keyingi yillarda xalqimiz boshi uzra o’ynatilgan ulug’ davlatchilik siyosati qoraqalpoq xalqining ham tarixida ayanchli va dahshatli iz qoldirdi. Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy davlat chegaralanishi sho’rolar tomonidan zo’rlik yo’li bilan o’tkazilgan va «bo’lib tashla, hukumronlik qil» degan ulug’ saltanatchilik maqsadlariga xizmat qiluvchi tadbir edi. Qolaversa, 1924-1936-yillar o’rtasida sho’ro mustamlakachilari Qoraqalpog’istonni u respublikadan bu respublikaga o’tkazib, ushbu hududda yashab kelayotgan xalqlar taqdiriga bepisandlik bilan munosabatda bo’ldilar. 1924-yilda Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo’linadigan To’rtko’l, Chimboy, Xo’jayli va Qo’ng’irot okruglaridan iborat edi. 1925-yil 12-19-fevralda To’rtko’l shahrida Muxtor viloyat Sho’rolarning 1-Ta'sis qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatining Qozog’iston ASSR tarkibiga «o’z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi. Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e'tiborga loyiq edi. Muxtor yuoyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o'zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo’g’i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan. Oradan 8 yil o’tar-o’tmas Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatini yana «o’z ixtiyoriga ko’ra» Qozog’iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug’ildi. Bu qo’lbola zaruriyat Qoraqalpog’iston viloyati Ijroiya Qo’mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo’lib o’tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog’istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo’mitasi Prezidumidan Qorqalpog’iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respubhkasiga aylantrnsh so’ralsin». Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi. Ammo oradan yana bor-yo’g’i 4 yil o’tar-o’tmas Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O’zbekiston Sho’ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo’ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o’rtasida umumiy chegaralar yo’qligi «asos» bo’ldi. 1936-yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyiliasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko’zda tutilgan edi. Butunittifoq Sho’rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo’lib o’tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O’zbekiston SSR Konstitutsiyasida QQASSRning O’zbekiston Sho’ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi. Qoraqalpog’iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O’zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og’alarcha yelkadosh bo’lib yashab kelmoqdalar. Sobiq Ittifoq parchalangandan so’ng mustaqil O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o’zbek xalqi o’rtasida do’stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo’yi kengliklarida qadimdan o’zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. o’zlarining taraqqiyot yo’llarini bosib o’tishdi. Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og’a-inichilik fazilatlarini ko’rsatdilar, o’zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma'naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o’zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinhgi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bo’lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan an'analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O’zbekiston tarkibida o’tgan salkam 70 yillik davr mobaynida qoraqalpoq xalqi o’z taqdirini o’zbek xalqi taqdiri bilan bog’ladi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy va ma'rifiy sohalarda o’zbek xalqining beg’araz va og’alarcha yordamidan bahramand bo’ldi. Sho’ro mustamlakachiligi yillarida o’zbek xalqi boshiga tushgan og’ir kulfat va musibatlar qoraqalpoq xalqini ham chetlab o’tmadi. Biroq, yaqin qo’shnichilik, qardoshlik va do’stlik har ikki xalq uchun qanchalik qismath bo’lmasin, yaqin qo’shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan o’tib, og’ir kunlarda eng ishonchli omil bo’lib xizmat qildi. Natijada, Sho’ro hokimiyati yillaridagi og’ir mustamlakachihk, ma'muriy boshqaruv usuli' shovinistik milliy siyosat o’zbek va qoraqalpoq xalqlari munosabatlariga rahna sololmadi. Aksincha, ular bir necha o’n yilliklar mobaymda to’planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o’z an'analaridan unumli foydalanish yo’lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanhgini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko’rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o’zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do’stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo’ldi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sho’rolar davrida amalga oshirilgan adolatsiz milliy siyosiy va ulug’ davlatchilik shovinizmi, faqat «ulug’ og’a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti va ittifoqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi. Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo’lgan e'tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog’iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo’lgan o’lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to’plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bo’lgan jiddiy muammolar paydo bo’ldi. Mustaqillik sharofati tufayli to’planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo’l tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini mushtarak etgan o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o’z taqdirlarini abadiy birlikda ko’rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma'nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o’zbek xalqi ko’magida erishdi va o’zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu ko’st amalga oshadigan bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasida «O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respubhkasi Davlat suvereniteti to’g’risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilhg’i asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxhtligi va mustaqiUigi e'tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog’iston va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarni teng huquqlihk, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko’rsatib berildi. O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) o’z aksini topdi (10-ilova). Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi. Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o’rinbosarlaridan biri - Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi Raisi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega bo’lmog’i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining o’n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida to’la amal qilishini ta'minlaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog’istonning butun hududida majburiy ekanligi e'tirof etilgan. Suveren Qoraqalpog'iston davlati ning paydo bo’lishi. Qoraqalpog’iston milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega. 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i tasdiqlandi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n to’rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi deb ataldi. Jo’qarg’i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning a'zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qo’mitalar raislari rahbarhgida Qoraqalpog’iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo’ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo’qorg’i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo’qarg’i Kenges Raisi, Rais o’rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o’rinbosar va 4 ta tarmoq o’rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo’mitalari rahbarlari ham kiritilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling