O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi uchun qulay shart- sharoitlar


Download 1.01 Mb.
bet273/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   287
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi uchun qulay shart- sharoitlar. O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu - uning geografik-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir. Buni biz quyidagilarda aniq ko’ramiz. Birinchidan, O’zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda, ya'ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, O’zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatdan mintaqadagi qo’shnilardan ma'lum darajada ustun turadi. Uchinchidan, O’zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy meneral xomashyo resruslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan, paxta tolasi yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta.Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshh meva-sabzovot mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir. To’rtinchidan, davlatimiz nafaqat o’zini-o’zi ta'minlaydigan, balki chetga chiqaradigan neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo’lgan muhim tarmoqlarga ega. O’zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, masalan, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. Beshinchidan, O’zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o’rni bor. Yurtimiz ma'naviy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma'naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta'sir o’tkazib kelgan. Shu jihatlar hisobga olinsa, O’zbekiston o’zining barcha ko’rsatkichlari bo’yicha jahondagi madaniy, ilmiy, texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Albatta, bu yo’lda qator qiyinchihklar ham mavjud. Bular quyidagilar: Birinchidan, agar geografik-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko’ramiz. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bog’liq ekologik falokat ta'siri seziladi. Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e'tiborni taqozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta'sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo’lmaydi. To’rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba'zi mamlakatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo'lishimizga yo’l bermaydi. Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan, beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kunidagi o’chog’i - Afg’oniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada. Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma'lum darajada ko’p ishlarni ijobiy hal qilishga to’siq bo’lib turgan yana bir masala bor. Sho’ro tuzumidan qolgan meros - bu shu mintaqada yagona zaminda yashayotgan millat va elatlarni sun'iy ravishda bo’lib tashlash va shundan foydalanib, o’z siyosatini o’tkazish, ularga hukumronlik qilish asoratlari hali-beri yo’qolmagan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling