O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet276/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   287
Ukraina ham O`zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy sheriklaridan sanaladi. O`zbekiston bilan Ukraina o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo`lib, turli sohalardagi hamkorlikni tartibga soluvchi 149 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
1991 yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ukrainaga 6 marotaba tashrif buyurgan va Ukraina Prezidenti O’zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgan.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2013 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 1016,0 million AQSH dollarini tashkil etdi.
O`zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to’ldiradi. So`nggi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo komissiyaning (HK) ikkita yi`g`ilishi bo`lib o`tdi. Ozbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o`rtasida 2008-2017 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy hamkorlik to`g`risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. O`zbekiston va Belarus hukumatlari o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, favqulodda vaziyatlar vazirliklari o’rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to’g’risidagi hujjatlar imzolangan.
1994 yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
2008 yil 18-20 iyun kunlari Minsk shahrida O’zbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo qo’shma komissiya uchinchi majlisi bo’lib o’tdi.
MDH mamlakatlari boshlig’lari majlisi doirasida 2000 yil dekabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.G.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikkitomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2013 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 193,5 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o`zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
1995 yil 30-31 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Moldaviyaga davlat tashrifi amalga oshirilgan va 1998 yil 17-18 dekabrda Moldaviya Prezidenti Petru Luchinskining O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
O’zbekiston-Qozog’iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog’iston O’zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo’lib, O’zbekiston Respublikasi bilan O’rta Osiyo davlatlari o’rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga to’g’ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2013 yil yakunlari bo‘yicha qariyb 3 244,0 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Shunga qaramasdan, ikki davlat o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar ko’pdir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling