O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Xalq noroziligining kuchayishi. Abu muslim Qo’zg’oloni
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’zg’olonchilarning to’planishi. Dastlab arab zoda
- Shavval
- Qo’zg’olonning boshlanishi.
- Xorazmshoh Kanik tangasi VIII asrning birinchi yarmida so’qilgan. Xorazmshoh Savshafan tangasi VIII asr o’rtasida so’qilgan. Abbosiylar davrida Movarounnahr.
- Abbosiylar
26. Xalq noroziligining kuchayishi. Abu muslim Qo’zg’oloni
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik ayniqsa xalifa Marvon II (744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig’i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo’ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko’plab targ’ibotchilar yuboradilar. 746-yilda shunday targ’ibotchilardan biri Abu Muslim Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi. Qo’zg’olonchilarning to’planishi. Dastlab arab zodagonlari, so’ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo’llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go’yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi arablarga qarshi qo’zg’algandek bo’ladi. Qo’shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal’asida to’planadi. Abu Muslim qo’shiniga kelib qo’shilgan kishilar ro’yxatga olinib, ularga avval uch dirhamdan, so’ngra esa besh dirhamdan maosh to’lanadi. Qizig’i shundaki, ro’yxatdan o’tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat edi. Bu davrda ham qullar aholi o’rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib, ular bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligi hisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog’ida maxsus joy, tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ’ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. Qo’zg’olonchilarning maqsadi. Qo’zg’olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik Sharqidagi mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham har xil edi. Arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o’z mavqelarini ko’tarmoqchi edilar. Mahalliy mulkdorlar mamlakatda siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar. Abu Muslimning o’zi ham, shubhasiz, xuddi shu kuchning vakili edi. Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og’ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro’yobga chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi kurashish yo’liga astoydil otlanib, bellarini mahkam bog’lagan edilar. Shu tariqa qo’zg’olonchilarning soni kun sayin oshib bordi. 100 ming nafar lashkar yig’ilgan edi. Ularning deyarli hammasi qora libosda edilar. Qo’zg’olonning boshlanishi. 748-yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Garchi xalifa Marvon o’z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo’zg’olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yoi oladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag’dariladi. Uning o’rniga abbosiylar xonadonidan bo’lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko’tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo’liga o’tadi. Abbosiylar_davrida_Movarounnahr.'>Xorazmshoh Kanik tangasi VIII asrning birinchi yarmida so’qilgan. Xorazmshoh Savshafan tangasi VIII asr o’rtasida so’qilgan. Abbosiylar davrida Movarounnahr. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag’dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro’yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. U deyarli mustaqil siyosat yurita boshlaydi va barqaror tinchlikni saqlab turish yo’lida bir qator ishlarni amalga oshiradi. Yangi sug’orish tarmoqlarini bunyod etadi, qal’alar bino qiladi. Karvon yo’llarini tartibga keltiradi. Biroq abbosiylar va ularning Xurosondagi noibi Abu Muslim hukmronligi vaqtida Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va boshqa viloyatlarda mehnatkash ommaning ahvoli yaxshilanmadi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama - bir tomondan arab zodagonlari, ikkinchi tomondan esa abbosiylar bilan til biriktirgan mahalliy mulkdorlar zulmi ostida qoldi. Bunday og’ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan uning g’azabini uyg’otdi. Mehnatkash aholi o’rtasida abbosiylarga qarshi qo’zg’olon ko’tarish kayfiyati paydo bo’ladi. Bunday qo’zg’olonlardan biri 750-yilda Buxoroda bo’ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan arang qo’zg’olonni bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo’shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug’d, turklardan iborat harbiy kuch 751-yilda Talos vodiysida Xitoy qo’shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo’lsa-da, ammo Abbosiylar unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da'vogaridek bo’lib tuyillar edi. Undan hatto qattiq qo’rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo’qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldiriladi. Abu Muslimning o’ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo’ladi. Abbosiylar - Muhammad (s.a.v.) avlodidan chiqqan, 750-1258 -yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola. Umaviylar - Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling