O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet28/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287
27. . IX-XIII asr boshlarida Movarounnar va Xurosonda mustaqil davlatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti.
Hunarmandchilik. Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to 'qimachilik, kulolchilik, chilangarliki miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb hunarlar ancha rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o’zgaradij Unda katta-katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylai qad ko’tardi. Endilikda shaharlar o’ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharning do’nglik yerida joylashgan arkda odatdagideld podshoning qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tangalar so’qiladigan zarbxona va qamoqxona bo’lardi. Uning markazida registon maydonida devonlar, mahkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog’, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, hunarmandchilik do’konlari va savdo rastalari joylashganj Bu davrda shaharga atrof qishloqlardan kosiblar, savdogarlar va boshqalar kelib o’rnashib, uning girdi bo’ylab kosib va hunarmandlarning yangi-yangi mahalla-ko’ylari, bozor va rastalar paydo bo’ladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binkat, Kesh Axsikat kabi shaharlar o’rta asr hunarmandchiligining rivoj topgaq yirik markazi va gavjum maskan qiyofasini oladi. Samarqandda yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o’zining ko’nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Iloq esaj kumush va qo’rg’oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigari zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo’ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog’ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o’ringa ega edi. Buxoroningj Zandana qishlog’ida to’qilgan malla rang bo’z "zandanachi', Samarqandning Vador qishlog’ida tayyorlangan mato "vadoriy" nomlari bilan Sharqda mashhur edi. 20.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling