O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Antropogenez jarayoni. O‘rta Osiyoda qadimgi aholining yoyilishi


Download 1.01 Mb.
bet6/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
Antropogenez jarayoni. O‘rta Osiyoda qadimgi aholining yoyilishi.

Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni yozma manbalar asosida o‘rganib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bu davrni chuqur o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o‘z faoliyati davrida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatib, kundalik hayotda o‘ziga zarur bo‘ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O‘z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan.
O‘ozirgi paytda O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy jamiyat rivojlanishining alohida bosqichlari quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Paleolit («palayos»-qadimgi, «litos»-tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15—12 ming yil ilgari tugaydi; o‘z navbatida bu davr uchga bo‘linadi;
a) ilk paleolit-Ashel davri, 800-100 ming yilni o‘z ichiga oladi;
b) o‘rta paleolit-Muste davri, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar;
v) so‘nggi paleolit-miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.
2. Mezolit («mezos»-o‘rta, «litos»-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.
3. Neolit («neos»-yangi tosh)-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.
5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.
6. Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan.

O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari FarQona vodiysidagi SelunQur, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo‘pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo‘lib ov qilish bilan shuQullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo‘lib, unda tayyor bo‘lgan mahsulotlarni o‘zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.


O‘rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo‘jakent, Samarqanddagi Omonqo‘ton, Boysun toQlaridagi Teshiktosh kabi ko‘pgina makonlardan aniqlangan bo‘lib, ulardan shu davrga oid ko‘pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat makoni yoysimon shaklda bo‘lib, bu erda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirQichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. YAna bir mashhur yodgorlik Teshiktosh Qor makoni bo‘lib, bu erdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo‘yilgan.
O‘rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo bo‘la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to‘dadan uruQchilik jamoasiga o‘tish boshlanadi. SHimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar o‘choqlar atroflarida to‘lanib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo‘lib ov qilish paydo bo‘ldi.
So‘nggi paleolit qadimgi tosh asrining so‘nggi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Ko‘lbuloq, Toshkentning Qarbidagi Bo‘zsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirQichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat toQli hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutuQi uruQchilik tuzumiga (matriarxat) o‘tilishidir.
Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda ibtidoiy odamlar xo‘jalik yuritishning eng oddiy yo‘llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko‘rinishlariga (ovchilik, baliqchilik) ga o‘tdilar. Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o‘zlashtirildi. Insoniyat ibtidoiy poda davridan uruQchilik tuzumiga o‘tdi. Mehnat qurollari takomillashib, turlari ko‘paya bordi. SHuningdek, bu davr ibtidoiy odamlari orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo‘ldi.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy Qor makonidan, Markaziy FarQonaning ko‘pgina yodgorliklaridan topib o‘rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. O‘ayvonot va o‘simlik dunyosida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o‘q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo‘jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib, dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Ma’lumki, «O‘zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda o‘rganiladi. Qadimgi SHarq yozma manbalaridan (O‘ind, Ossuriya va Eron) ma’lumki, mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari va oxirlari (bronza davri)-O‘rta Osiyo, AfQoniston, O‘indiston va Eron tarixi-hind-eron qabilalari yoyilishi bilan boQliq bo‘lgan. O‘ind-eron qabilalari dastlab juda keng hududlarda — Volga, Ural va Janubiy Sibir oraliQidagi erlarda yashaganlar».
Tadqiqotchi T.Xodjayov fikriga ko‘ra, bronza davriga kelib, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo‘yli, boshi cho‘zinchoq, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan. SHimoliy dasht va cho‘l hududlarida esa, janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq bo‘lmagan qabilalar yashagan. Fanda janubiy qiyofali odamlar O‘rta Er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, AfQoniston, O‘rta Osiyo, O‘indiston kabi katta geografik hududga yoyilganlar. SHimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to QozoQiston, O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida Ural, Volga bo‘yi erlarigacha tarqalgan.
A. Sagdullaev tadqiqotlariga ko‘ra, bronza davriga kelib, O‘rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo‘shilish jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu davrga kelib, o‘lkamizda yashab o‘tgan bronza davri qabilalari O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda mil. avv. II ming yillikning oxiri-I ming yillikning boshlari O‘rta Osiyo hududlarida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, janubiy hududlardagi hosildor vohalar o‘troq dehqonchilik aholisi tomonidan o‘zlashtirila boshlangan bo‘lsa, shimoliy viloyatlarda ko‘chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. Ko‘chmanchi chorvadorlar va o‘troq aholining uzviy munosabatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar avj oldi.
Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining tarixi juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida ajdodlarimiz murakkab etnogenez jarayonlarini boshdan kechirganlar. Bu jarayonlar antropologik qiyofalar va boshqa qabilalarning aralashib ketishi, madaniy an’analarning qo‘shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy boQliq bo‘lgan.
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning qadimdan o‘troq dehqonchilik madaniyati o‘choqlari tarkib topgan hududda joylashgan. Diyorimiz shu bois arxeologik va me’morchilik yodgorligiga boy. FarQona vodiysining SelunQur Qoridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o‘rta paleolit davriga oid odamzod qoldiqlari, bizning yurtimiz Afrika va Old Osiyo bilan bir qatorda insoniyat paydo bo‘lgan hududlar tarkibiga kirganligi hozirgi kunda uzil-kesil isbotlandi. SHuningdek, mezolit davriga (o‘rta tosh davri) oid Machay Qoridan topilgan yodgorliklar, neolit (yangi tosh) davriga oid ovchilik va baliqchilik madaniyatini o‘zida jam qilgan Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik madaniyatiga oid bo‘lgan Joytun, O‘isor toQ madaniyati, bronza davriga oid bo‘lgan xilma-xil Zamonbobo, Sopollitepa, Sarazm, Dalvarzintepa, CHust madaniyatlari o‘lkamizda qadimgi ajdodlarimiz xo‘jaligining jadallik bilan rivojlanganligini isbotlaydi.
O‘lkamiz qadimgi aholisi tosh va bronza davrlarida qanday nom bilan atalganliklari bizga noma’lum. Ilk bora O‘rta Osiyo aholisi xususidagi ma’lumotlar SHarq va antik davr yunon-rim manbalarida tilga olinadi. YUnon tarixchilarining ma’lumotlariga qaraganda, Evrosiyoning katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy «skiflar» nomi bilan ataladi. YUnon tarixchisi Gerodot, «bu xalqlar qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi», deb yuqori baho bergan edi. Pliniy O‘rta Osiyo hududlarida 20 ga yaqin qabilalar borligi xususida o‘z asarida eslab o‘tadi. YOzma manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko‘proq gap boradi. Ahmoniy mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga bo‘lib ko‘rsatiladi (xaumavarka, tigraxauda, tiay-tara-darayya). Massagetlar xususida ham turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ular ko‘chmanchi chorvador-harbiy qabilalar bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Ilk temir davridan boshlab (mil. avv. IX-VII asrlar) qadimgi dehqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari joylashgan hudud nomlari bilan atala boshlaganlar. Bular So‘Qdiyonadagi-so‘Qdiylar, qadimgi Xorazmdagi-xorazmiylar, qadimgi Baqtriyadagi-baqtriylar, qadimgi CHochdagi-chochliklar, FarQonadagi-parkanaliklar shular jumlasidandir. Bu tarixiy nomlarning ko‘plarini biz ilk yozma manbalarda, xususan zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da, Ahmoniy hukmdorlarning mixxat asarlarida uchratamiz.
SHuningdek, QozoQiston hududlarida yashagan chorvador qabilalar bronza davridayoq («Andronovo madaniyati») turkiy tilda so‘zlashganlar degan asosli fikrlar ham mavjuddir. 1969 yili Olmaota yaqinidagi Issiqqo‘rQon makonidan topilgan yozuv-mil. avv. IV-III asrlarga oid bo‘lib, hozirgi kunda ilk turkiy tili yozuvi degan fikrlar ham bor. Bundan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, demakki, mil. avv. IV-III asrlardayoq O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqida turkiy tili aholi-qabilalar mavjud bo‘lib, ularning xorazm, so‘Qd, baqtriya kabi yozuvlari o‘sha joy aholisi ichida ishlatilgan. Ettisuvdagi saklarning bir qismi ham turkiy tilda so‘zlashgan.
Tadqiqotchilar fikrlariga tayanib shuni aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimdanoq 2 xil: turkiy va sharqiy eroniy tilda so‘zlashuvchi aholi mavjud bo‘lgan. O‘zbek xalqining qadimgi aholisini xuddi shu ikki bo‘lak tashkil etgan. Mil. avv. II-I asrlarda va eramizning boshlarida esa, uzoq davom etgan etnik jarayon natijasida hozirgi zamon o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan «ikki daryo oraliQi tipi» (Amudaryo, Sirdaryo) dagi irq kishilari O‘rta Osiyoning katta hududlarida yashardilar.
Milodning IV asrlariga kelib bu tip kishilari hozirgi O‘zbekiston hududining katta qismida uchray boshladilar. Eron ahmoniylarining O‘rta Osiyoni bosib olishlari, so‘ngra makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari mahalliy aholi etnogeneziga sezilarli ta’sir etmadi. Mil. avv. I asr va eramizning IV asriga qadar O‘rta Osiyoga ko‘chmanchi yuechjilar, xioniylar, eftalit qabilalarining kirib kelishi davri bo‘ldi. Xuddi shu davr yangi er egaligi munosabatlarining ham shakllanish davri bo‘ldi. YUqoridagi qabilalar turkiy tildagi qabilalar bo‘lib, ularning kirib kelishi turkiylashuv jarayonini yanada kuchaytirdi.



  1. Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrga-nilgan. N. davri osori atiqalarining aksariyati mil. av. 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrincht bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. N. davrida odamzodning tur-mush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. N. odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. N. odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "N. inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.

Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan N. kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xilhududda oʻziga xos N. davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok, va Eron) hududlarida mil. av. 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik oʻlkalarida tosh tishli qadama oʻroq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari ^ugʻdoy, tariq, loviya va sholi kabi bo-’ shokdi oʻsimliklar madaniylashtiril-di, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qoʻlda, soʻngra qoʻl charxida gul-dor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.
Mil. av. 6—3-ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yoʻnalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.-gʻarbiy hududlarida N. davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qoʻy va qoramol) bilan shugʻullangan boʻlsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.
N. davrining oʻtrok, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli oʻroq, pi-choq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish boʻlaklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan oʻtroqqishloqjamoasi yashagan. Xoʻjalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli boʻlgan. Chunki, bu davrda ona urugʻdoshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.
Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Mil. av. 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zaraf-shon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy krldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati no-mini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ul-kan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng . Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloq-roq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning at-rofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar gir-didan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jay-ran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.
Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuri-tilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, mayd. 81,5 kv.m ga teng . Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali N. davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (mil. av. 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi. N. davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belorussiya kabi hududlarida ham oʻrganilgan. N. davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni oʻrganib oladilar.


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling