O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishi


Download 1.01 Mb.
bet105/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   287
87. Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishi.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. «Sotsializm» deb atalgan totalitar tuzum, «kommunistik mafkura» deb atalmish zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Bunday «kommunistik mafkura»ni butun jahonga, Yer yuziga yoyishni da'vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma'nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar. Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shakldagi bo’linishlarga, uning xalqi o’zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo’lgani hammamizga ma'lum. Xalqimizning ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo’g’ul-tatar bosqinchiligiga qarshi va nihoyat chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog’da, yaqin o’tmishda, sovet hokimiyati yillarida o’zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog’i, O’zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan. Biz bunday kurashlarni yangidan-yangi manbalar orqali tobora chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bir so’z bilan aytganda, xalqimiz azal-azaldan o’z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan. Tenglik bo’lmagan joyda kim kimgadir tobe bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o’zgalar hisobiga yashash kabi illatLar paydo bo’ladi. Biz so’nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o’tkazgan mustamlakachilik davrida shunday bo’lgan edi. «Tenglik» so’zining qudrati shundaki, u odamlarning o’zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me'yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha tobeliklarga chek qo’yadi. Tenghk bor joyda hech kim hech kimdan kam bo’lmaydi. Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga, o’z taqdirini o’zi belgilashga, o’z nayotini o'zi izga solishga qodir odam ziddiyatlami osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar bo’hroni qarshisida dovdirab qolmaydi. Ana shu oddiy hayotry haqiqatni davlat mustaqilhgiga ham qiynslash mumkin. Demak: Mustaqillik - tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Mustaqillik - mustamlakachnikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan to’siqlar va zo'ravoriliklarni inkor etadi. Mustaqillik - o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir. Mustaqillik - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Mustaqillik - tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezonidir. Mustaqillik - harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini taqozo etadigan ma'naviy qudratdir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling