O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi dastlabki


Download 1.01 Mb.
bet104/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   287
86. O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi dastlabki qadamlar. Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi
Qayta qurish va mustaqillik g`oyasi. I.Karimovning mamlakat rahbari etib saylanishi. 80-yillarning o’rtalarida bosh langan qayta qurish jamiyat hayotida jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Sobiq lttifoq, xususan, O’zbekiston haddan tashqari o’zgarib ketdi. Qayta qurish, jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o’zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Pirovard natijada u mustaqilrik, istiqlol g’oyalarining ustuvor ahamiyatga ega bo’lishiga olib keldi. Mustaqillik, istiqlol kabi muqaddas so’zlar avval juda ehtiyotkorlik bilan e'tirof etilsa, so’ngra u ochiqdan-ochiq amalga oshirilishi shart bo’lgan muammo sifatida kun tartibiga qo’yildi. Ozodlik g’oyasi 80-yillar o’rtalarida millatchilik, SSSRni ichidan turib qo’porish tarzida baholangan bo’lsa, u 90-yillar arafasiga kelib obyektiv zarurat, ijtimoiy burch ma'nosida tushunildi. Shu ma'noda qayta qurish SSSRning parchalanishini tezlatuvchi omil sifatida baholanishi mumkin. Ayni paytda, mustaqillik g’oyalari aynan 80-yillar o’rtalaridan paydo bo’la boshladi, deyish ham xatodir. Istiqlol g’oyasi o’zbek xalqining ming yillik tarixida eng muqaddas tuyg’u sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. o’zbek millati ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida istiqlol, erk har doim ustuvor bo’lgan. Siyosiy ta'qiblarga asoslangan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida ham millatparvar va erkparvar ziyolilarimiz xalqning alamli dardi, hasratini bayon etganlar. Ammo uni oshkor ravishda, baralla bayon etish imkoni 80-yillarning ikkinchi yarmidagina vujudga keldi. Mustaqillik uchun kurash har bir sohada avj oldi. Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, madaniy jabhalarda istiqlolga erishish harakati SSSRni titratdi, uning kuchli zanjirlari uzilishiga olib keldi. Sobiq SSSRning vaqtinchalik rivojlangan davrlarida ham g’arbdagi sovetshunoslar adolatsizlik, qo’rqitishlarga asoslangan bunday rejimning poydevori mustahkam emasligini ta'kidlagan, uning albatta parchalanib ketishini bashorat qilgan edilar. Haqiqatdan ham shunday bo’ldi. Markaz jilovni qo’ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda O’zbekiston xalqi, hukumati mustaqillik uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I.Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an'analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi. Yana shu narsa e'tiborga molikki, O’zbekistonning yangi siyosiy hukumati 8-10 yil mobaynida o’zbeklar va O’zbekiston boshiga ag’darilib kelingan malomatni yuvib tashlashga qat'iy ahd qildi, xalqimiz hamda davlatchilik siyosatimiz tarixini, hozirini qadrlash, hurmatlashni joyiga qo’yishdan iborat vazifani bajarishga kirishdi. O`zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlanishuvi. “DAVLAT TILI” haqidagi qonunnig qabul qilinishi. O’zbekistonning yangi hukumati avval Markaz bilan munosabatlarning tub mohiyatini o’zgartirmasdan yurtimizda tom ma'nodagi ijobiy siljishlarga erishish mumkin emasligini anglagan bo’lsa, keyinchalik respublikaning to’liq mustaqilligiga erishmasdan xalqning manfaatlarini himoya qilib bo’lmasligini tushundi. Bu esa O’zbekistonning Markaz oldiga qo’yayotgan qat’iy talablari, ayniqsa, Ittifoq xalq xo’jaligi tizimida respublikaning haqiqiy o’rnini belgilash, tashqi iqtisodiy sohada mustaqillikka erishish, xalq ijtimoiy-siyosiy muammolarini yuqorining aralashuvisiz hal etish, madaniy-mafkuraviy masalalarini milliy o’zlik, zaminga tayangan holda ado etishda yaqqol ko’rindi. Shu asnoda O’zbekistonning Markaz bilan ko’z ilg’amas ziddiyatli munosabatlari keskinlasha bordi. O’zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng salmoqli qadamlaridan biri O’zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida bo’ldi. Unda milliy masalaning tarixiy jihatlari, hozirgi ahvoli, milliy siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, madaniy-axloqiy masalalari chuqur ilmiy xolislik bilan tahlil etildi va Ittifoq rahbariyati oldiga bu masalalarni hal etish asosiy vazifa qilib qo’yildi. O’zbekiston hukumati avvalo respublika va o’zbeklar boshiga yog’ilayotgan malomat toshlariga chek qo’yish, «Paxta ishi», «o’zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o’zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to’xtatish zarurligini uqtirdi. Shu bilan birga, o’zbeklarning qadimiy madaniyatini, tarixi boy xalq ekanligini, uning millat sifatida nihoyatda yorqin va betakror qiyofasini tan olishni va shu asnoda yuqori darajadagi rahbariya tning noma'qul siyosati tufayli butun SSSRda ildiz otgan nuqsonlarni o’zbeklarga to’nkash g’ayriqonuniy ish ekanligini ta'kidladi. 80-yillarning o’rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obyektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro’y bergan g’oyat muhim voqea bo’ldi. Qonun o’zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, unda boshqa tillarning rivojlanish imkoniyatlari ham belgilab berildi. Chunonchi, qonunning 26-moddasida «O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar», deb yozilgan. O`zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi. O’bekiston Respublikasi, o’bek halqining mustaqillik sari tashlagan muhim qadamlaridan biri mamlakatimizda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi bo’ldi. 1990-yil 23-martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining plenumida respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi. Unda O’zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o’tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta'kidlandi. Respublikamizda Prezidentlik lavozimining paydo bo’lishi, ayniqsa, uning huquqiy maqomi belgilanishi quyidagi bosqichlarda sodir bo’ldi. Birinchi bosqich - 1990-yilning mart-oktabri. 1990-yil 23-martda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra respublika Prezidenti lavozimi ta'sis etildi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o’zaro aloqasini takomillashtirish maqsad qilib qo’yildi. 1990-yil 24-martda XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi o’sha paytda respublika Kompartiyasi birinchi kotibi bo’lgan I.Karimovni O’zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladi. Ikkinchi bosqich 1990-yil 1-noyabrdan yangi Konstitutsiya qabul qilingan davrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 1-noyabr kuni O’zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud Prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo’shib yuborilib, keyingisi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo’lib qoldi. Shunday qilib, Prezident Oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxsga aylandi va ayni paytda u davlat boshlig’i sifatida ham o’z o’rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo’ldi. Bulardan tashqari o’sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta'sis etilib, u Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiluvchi va uning ishini uyushtiruvchi vazifani bajarar edi. Biroq ushbu lavozim o’zini oqlamadi va shu bois keyinchalik (1992-yil 4-yanvar) u tugatildi. Huquqiy jihatdan O’zbekiston Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat boshqaruviga ega bo’ldi. Uning muhim jihati hokimiyat bo’linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoniga egahgidadir. Ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz holda ish olib boradi. Ma'lumki, boshqaruvning parlamentar respublika usulida Prezident parlament yig’ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezident respublikasi boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo’li bilan barcha fuqorolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident o’z vakolatlarini parlamentning sanoqli a'zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi. “MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI” va uning ahamiyati. O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi Markazga qarshi kuchli zarba bo’ldi. Lekin shunga qaramasdan Markaz butun inkoniyatlarni ishga solib Ittifoqni saqlab qolish yo’lidan bordi. Biroq endigi vaziyat bo’lakcha edi. Tarixiy haqiqatni, asrlar mobaynida shakllangan an'analar va urf-odatlarimiz, qadriyatlarmizni tiklash davom etardi. Markaz tish-tirnog’i bilan ittifoqdosh respublikalar va kichik xalqlarga zug’um qilayotgan bir paytda millat manfaatlari to’g’risida gapirish mumkin emasdi. Shuning uchun ham Islom Karimov O’zbekistonni tom ma'noda mustaqil mamlakat sifatida tan oldirish yo’lini tutdi. Shu tufayli O’zbekiston SSR Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990-yil 20-iyun) «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Uning kirish qismida shunday so’zlar yozilgan edi: «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat burilishdagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat Oliy maqsad haqqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratik prinsiplarga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilhgini e'lon qiladi». Ta'kidlash lozimki, mazkur hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta'minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O’zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta'minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O’zbekistonning mustaqilligi sari tashlangan juda muhim va zalvorli qadam bo’ldi. O’zbekistondagi bunday voqealar, 1990-yil oxirlariga kelib SSSR tarkibidan Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjonning chiqib ketishi SSSR ning davlat butunligiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan respublikalar o’rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Ittifoq markazi bunga majbur bo’ldi, zero, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda uzilib qolayotgan o’zaro aloqalar, Markaz va respublikalar o’rtasidagi jarlikning ham bo’yiga, ham eniga kengayib, chuqurlashib borishi yangicha yo’lda ishlashni talab qilardi. Biroq, endi bunday imkomyat qolmagan edi. O’zbekiston hukumati, uning Prezidenti I.A. Karimov shunday murakkab sharoitda o’zbek xalqi manfaatlarini himoya qiluvchi yagona kuch bo’lib maydonga chiqdi. Fuqarolarga yakka tartibda turar joy qurish va shaxsiy tomorqa xo’jaliklari uchun yer uchastklari ajratish to’g’risidagi, qishloq infrastrukturasini, aholining ijtimoiy ahvohni yaxshilash to’g’risidagi farmonlar tobora murakkablashib borayotgan o’zbek xalqi ahvolini ma’lum darajada barqarorlashtiruvchi tadbirlar edi. Yangi ittifoq shartnomasi va GKCHP. Mamlakatimiz rahbariyati, Prezidenti Yangi Ittrfoq shartomasi masalasi bo’yicha ham o’zining dadil fikrlarini bayon etdi. 1991-yil martida Kiyevda, aprelda esa Moskva yaqinidagi Novoogarovada shartli «9+1» raqami ostida M. Gorbachev va 9 ta ittifoqdosh respublika rahbarlari «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni yengishga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida qo’shma bayonot»ni imzoladilar. Qayd etish lozimki, ushbu bayonot avvalboshdan quruq qog’oz, amalga oshmasligi aniq hujjat ekani bilinib qoldi, zero, unda Markazning imperiyacha siyosati, boshqa xalqlar va respublikalar evaziga kun ko’rish kayfiyati ustuvor edi. 1991-yilning mart-avgust oylarida Yangi Ittifoq shartnomasi bo’yicha ko’plab muzokaralar olib borildi. Ularning barchasida Markaz o’z o’rnini saqlab qohshga harakat qildi, respublikaning mustaqilhg’ini tan olgisi kelmadi. Ana shu davr mobaynida O’zbekiston hukumati eng avvalo Rossiya, so’ngra Ukraina, Belorussiya bilan ko’p masalalarda qattiq tortishishga majbur bo’ldi, respublikaning «boqimanda» emas, aksincha, o’z haqini talab etuvchi respublika ekanligini isbotlashga harakat qildi. Uzoq tortishuvlardan so’ng faqat 1991-yil iyun oyidagina ayrim masalalar yuzasidan «9+1» raqamh bitimga erishildi. Lekin bu hali «Suveren Davlatlar Ittifoqi to’g’risida»gi shartnomaning imzolanishini bildirmas edi. Moskvada 1991-yil 19-21-avgustda yuz bergan voqealar, KPSS MK Bosh kotibi va SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning hokimiyatdan chetlashtirilib, vitse-prezident G. Yanayev boshchiligidagi oliy eshelon rahbarlari tomonidan Favqulodda holat davlat qo’mitasi (GKCHP) tuzilgani, biroq tez orada uning B.N. Yelsin rahbarligidagi Rossiya Federatsiyasi demokratik kuchlari tomonidan tor-mor etilishi endi SSSRning kelajagi yo’qligidan dalolat berardi. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov esa imkoniyatni qo’ldan chiqarmadi. O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining e`lon qilinishi. O’zbekiston hali Ittifoq tarkibida bo’lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko’z tutib turilgan mahalda - 1991-yil 31-avgust kuni respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston respublikasining Davlat Mustaqilhg’i to’g’risida Prezident I.A. Karimov ma'ruzasi tinglangandi. Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. 17 moddadan iborat mazkur Qonunda suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi. Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishishdek asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Bir yuz yigirma besh yil davom etgan Rossiyaning mustamlakachilik davriga, shuningdek, podsho va sovet mustabid tuzumiga chek qo’yildi. o’zbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi ushalib, o’zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida uch ming yillik o’tmishga ega o’zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo’lib yozildi. Mustaqillik xalqimizning XX asrda erishgan eng yuksak yutug’i, ajdodlarimiz to’kkan qutlug’ va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling