O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


-yil 9-yanvardagi Prezident saylovi


Download 1.01 Mb.
bet117/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   287
2000-yil 9-yanvardagi Prezident saylovi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov 2000-yil 9-yanvar kuni bo’lib o’tdi. Bu kun mustaqil O’zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo’lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko’rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. Bo’lib o’tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o’tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular o’z xohish-irodasiga binoan, o’zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda bo’lib o’tgan saylovda ro’yxatga olingan 12,7 million saylovchidan 12,1 millioni ishtirok etdi. Bu esa ro’yxatga olingan saylovchilar umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Islom Karimov uchun saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolovga 4,2 foiz saylovchi ovoz berdi. 2000-yil 9-yanvarda o’tkazilgan Prezidentlikka saylov yakuniga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g'risida»gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq Islom Abdug’aniyevich Karimov yana 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
2002-yil 27-yanvardagi umumxalq referendumi natijalari. Rivojlangan mamlakatlarda (deylik, Amerika Qo’shma Shtatlari, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarda) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy hodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo’lmaydi. Chunki, ular uchun aniq qonunlar asosida o’zlarini o’zlari boshqarish hayot tarziga aylanib qolgan. Demak, amaldagi qonunlar bo’yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa, jamiyat taraqqiyotining umumiy yo’nalishlarini, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boradi, xolos. O’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda esa vaziyat ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida, endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimi va qonunchilikda izchillikning saqlab turihsbi tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o’zgartirilishiga rozimisiz?»,-mavzuida umumxalq referendumi o’tkazildi. Referendum yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o’zgartirildi. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida O’zbekiston Prezidenti vakolati muddatini 2007-yilgacha cho’zishga qaror qilindi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling