O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlar


Download 1.01 Mb.
bet124/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   287
104. siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlar.
Siyosiy partiyalar va jamoat
tashkilotlarining shakllanishi
/O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik muhitining yaratiiishi. O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab ko’ppartiyaviylik va hur fikrlilik tarafdori ekanligini butun dunyoga oshkor qildi. Chunki, ko’ppartiyaviylik va fikrlar xilma-xilligi jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biridir. Ko’ppartiyaviyhk qonun ustuvor bo’lgan va rivojlangan demokratik jamiyatlar faoliyatining tarkibiy qismi va muhim poydevor ko’rsatkich hisoblanadi. Uning eng muhim va o’ziga xos belgisi - bu jamiyatda hurfikrlilik, xilma-xil fikrlash asosida tashkil topgan turli siyosiy partiyalarning faoliyat ko’rsatishidir. Ko’ppartiyaviyhk va erkin fikrlash bo’lmagan jamiyatda rivojlanish ham, taraqqiyot ham bo’lmaydi. Siyosiy partiyalar o’z harakat dasturlarida fuqarolar turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadilar va uni parlament, davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari kabilar orqali ro’yobga chiqarish va amalga oshirishga harakat qiladilar. Bu hol esa, albatta, jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin harakat qilishi va siyosiy raqobat uchun zarur shart-sharoitlar bo’lishini taqozo etadi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, liyushma va harakatlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar va huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida, O’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi qonunlarida, xususan, Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bo’lgan yettinchi sessiyasida qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonun bunga yorqin misol bo’la oladi. Bundan tashqari, mamlakatda ko’ppartiyaviylik, hurfikrlilik va oshkoralik muhitini yaratishda O’zbekiston parlamenti tomonidan qabul qilingan «Vijdon erkinhgi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to’g’risida»gi (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi (1991-yil 14-iyun), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquqlari va kafolatlari to’g’risida»gi (1992-yil 2-iyul) qonunlar ham e'tiborga loyiqdir. «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonunda shunday deyilgan: «Siyosiy partiya - qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakhgi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O’zbekiston fuqarolarining ko’ngilli birlashmasidir. Bugungi kunda O’zbekistonda 5 ta siyosiy partiya mavjud: 1.Xalq demokratik partiyasi (XDP) - 1991-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. 2.«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) - 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. 3.Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) - 1995-yil 3-iyunda tashkil topgan. 4.«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (FMDP) - 1998-yil 28-dekabrda tashkil topgan. 5.Liberal demokratik partiyasi (LDP) - 2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan. Bundan tashqari, «Xalq birligi» jamoatchilik harakati (1995-yil) faoliyat ko’rsatmoqda. Bu siyosiy tashkilotlarning jamiyatda tutgan o’rni va mehnatkashlar ommasi o’rtasidagi obro’-e'tibori ular ishlab chiqqan va amal qilayotgan dasturlar nechog’lik xalq ommasining istak va intilishlarini ifoda etganhgi va mazkur siyosiy partiyalarning qay darajada hokimiyatga hamda o’zaro bir-birlari bilan muxolifatga aylanganliklariga bog’liqdir. «Muxolifat» deganda biz nimani tushunamiz? Arabcha «muxolifat» - «kelishmovchilik», «teskarilashish», «qarama-qarshilik», «ziddiyat» kabi ma'nolarni anglatadi. Muxohfat turli ko’rinishlarda sodir bo’lishi mumkin: a) Parlament doirasidagi muxolifat; b) Parlament doirasidan tashqaridagi muxohfat; d) Siyosiy partiyalar saflaridagi o’zaro ichki partiyaviy muxohfat. Parlament doirasidagi muxohfat mamlakatda bo’lib o’tgan saylovlar davomida turli xil g’oyaviy-siyosiy va mafkuraviy qarashlardagi siyosiy partiyalar vakillaridan parlamentga saylangan deputatlar guruhi bo’lib, ular parlamentda hukumatga, hukmron partiyaga muxolifat bo’lib alohida fraksiyaga uyushadilar. Mazkur fraksiyalar ijtimoiy-siyosiy masalalarda mamlakatda hukmron siyosiy partiya va hukumat yuritayotgan siyosatga qo’shilmasligi va o’zining ayricha, undan farq qiluvchi yo’lini - dasturini ilgari surishi mumkin. Parlamentdan tashqaridagi muxolifat esa mamlakat Oliy organi - parlamentga saylovlar davomida o’z vakillarini o’tkaza olmagan, ammo ijtimoiy-siyosiy masalalarda mamlakatni boshqarayotgan hukumat va siyosiy partiyaga muxohfatda bo’lgan siyosiy partiyadir. Ichki partiyaviy muxolifat esa muayyan partiya rahbariyatining rasrmy siyosatiga, ish uslubiga, yo’l-yo’rig’iga qo’shilmagan, undan norozi bo’lgan partiya a'zolari guruhidir. Taraqqiy topgan barcha demokratik mamlakatlarda muxohf siyosiy partiyalar mayjud va ular faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Turli partiyalarning bu xildagi qutblashuvi odatda parlament doirasidagi muxolifat shakhda ko’zga tashlanadi. Kommunistik partiyaning yakkaboshchilikdan iborat boshqaruv tizimi hukmron bo’lgan Sho’ro tuzumi davrida biror bir muxolifatdagi kuchning bo’lishi mumkin emas edi. Shu bois ham jamiyat inqirozga uchradi. Jamiyatni tang holatdan olib chiqish va uning yangi taraqqiyotiga yo’l ochish niyatida M.S.Gorbachev hukumati 80-yillarning o’rtalaridan boshlab ma'lum ma'noda demokratiyaga, hurfikrlilikka va muxolifatga yo’l berdi va birin-ketin KPSSga muxolifatda bo’lgan siyosiy partiyalar va xalq harakatlari vujudga kela boshladi. O’zbekistonda ham bunday siyosiy jarayon o’ziga xos davom etdi. Shaxsan Prezident IAKarimov homiyligida ko’chalarda baqir-chaqir qilib yurgan «siyosatchi»larga qonuniy imkoniyat berildi. Rasman 1989-yilning 28-mayida vujudga kelgan «Birlik» xalq harakati va 1990-yil 30-aprelda tashkil topgan «Erk» demokratik partiyasi shular jumlasidandir. Ular o’z maqsad va intilishlari bilan mavjud mustamlakachilikka asoslangan tuzumga qarshi edilar. O’zbekistonning Milliy davlat mustaqilligi, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berihshi va boshqa bir qator talablarni o’rtaga qo’yib chiqqan edilar. Ammo, «Birlik» xalq harakati va «Erk» demokratik partiyasi rahbarlarining fojiasi shunda ediki, ular jamiyat taraqqiyotining obyektiv rivojlanish qonunlarini tushunmas yoki tushunishni istamas edilar. Jumladan, ular Sho’rolar mustamlakachiligi davrida qanday kurash yo’lini tanlagan bo’lsalar, O’zbekiston mustaqillikka erishgan va mamlakatda ijobiy demokratik o’zgarishlar amalga oshirilayotgan davrda ham o’z eski usuldagi kurash yo’llarini o’zgartirmadilar. Mustaqillik yillarida O’zbekiston hukumatining har qanday faoliyatini o’jarlik bilan faqat qora bo’yoqlarda ko’rsatishdan nariga o’tmadilar. Siyosiy partivalar huquqiy maqomlari. Mustaqillik yillarida qabul qilingan rasmiy hujjatlarda ko’ppartiyaviylik tizimi qonuniy asoslanishi bilan birga siyosiy partiyalarning huquqiy maqomlari ham o’zining yuridik intihomini topdi. Odatda, rivojlangan demokratik mamlakatlarda siyosiy muxolifatdagi partiyalar saylovlarda g’oliblik shohsupasiga ko’tarilgan raqiblariga rasmiy dasturlari asosida hokimiyatda faollik ko’rsatishlariga to’sqinhk qilmaydilar. Hokimiyat uchun kurash asosan saylov kompaniyasi davrida olib boriladi. Bu demokratik jarayon qaror topgan jahondagi ilg’or mamlakatlarda hayot sinovidan o’tgan tajriba. O’zbekiston Respublikasi ham ana shu yo’ldan borishni o’z taraqqiyotining asosiy mezoni qilib olgan va bu borada amaliy qadamlar qo’ymoqda. Albatta siyosiy partiyalar jamiyatda amal qilishlari lozim bo’lgan huquqiy maqomlarni bilmasalar, harakat dasturlari nechog’lik olijanob bo’lmasin, uni amalga oshirib bo’lmaydi. Shu ma'noda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-dekabrda qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni katta ahamiyat kasb etadi. Unda ko’ppartiyaviylikning asosiy mezonlari, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari har tomonlama ko’rsatib berilgan. Albatta, siyosiy partiyalar o’z harakat dasturlari asosida xilma-xil qarashlarni ilgari suradilar va rivojlangan huquqiy demokratik jamiyatni barpo qilishga hissa qo’shadilar. Ammo siyosiy partiyalar milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini o’z harakatlarining bosh mezoniga aylantirmoqlari lozim. Milliy istiqlol g’oyasiga zid dasturni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatiga yo’l qo’yish mumkin emas. Chunki, «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» (2000-yil) risolasida qayd etilganidek: «...Xalq manfaatlari, istiqlol g’oyalari qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir”. Shu boisdan ham O’zbekiston Respubhkasi Konstitutsiyasining 57-moddasida ko’zda tutilgan masalalar diqqatga loyiq. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 12-modda. Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. Shuningdek, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonunning 13-moddasida siyosiy partiyalar Respublika Oliy Majlisiga saylangan o’z vakillari ishtirokida alohida fraksiyaga uyushish huquqiga ega ekanliklari ham aniq va ravshan belgilab qo’yilgan (11-ilova). Partiyalar fraksiyalari har bir partiya fraksiyasi rahbarining bergan tegishli arizasi va ta'sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga ohnadi. Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi. Fraksiyalarning faoliyatiga tashkihy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kotibiyati tomonidan ta'minlanadi. Bundan tashqari, mazkur Qonunda siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida tashkiliy va amaliy jihatdan shakllantirish va ular faoliyatining qonuniyyo’nalish va asoslari belgilab berilgan. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi. O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda 5 ta siyosiy partiya vujudga keldi va ular faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis Qurultoyida Nizomi va dasturi qabul qilindi va 1991-yil 15-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olindi. Xalq demokratik partiyasi mamlakatda adolath jamiyat qurish uning siyosry va lqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, O’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir mehnatkashriing moddiy va ma'naviy turmushini yaxshilash, fuqarolarning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. O’zbekiston XDPning Oliy organi - Qurultoy 5 yilda bir marta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi. O’zbekiston XDP parlament partiyasidir. o’z a'zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzodlar ko’rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo’g’inlarida ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olindi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari XDP vakihdir. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi tarkibida 218 ta viloyat, shahar va tuman kengashlari,13 ming 665 boshlang’ich, jumladan, 3952 hududiy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a'zosi bor. XDPning «O’zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari va «Muloqot» jurnali mavjud. «Vatan taraqqiyoti» partiyasi. O’zbekiston milliy istiqlol yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri - «Vatan taraqqiyoti» partiyasidir (VTP). U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda ro’yxatga olingan. «Vatan taraqqiyoti» partiyasining asosiy maqsadi mustaqil O’zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsiplariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolath fuqarolik jamiyatini qurish edi. Partiya o’zining a'zolarini Oliy Majlisga, mahaUiy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko’rsatdi va davlat hokimiyati organining faoliyatida ishtirok etdi. 1995-yil 24-fevralda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olindi. O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi. O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) 1995-yil 18-fevralda Toshkentda o’z ishini olib borgan I ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilingan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirhgi tomonidan 1995-yil 18-fevralda ro’yxatga olingan. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi mustaqil O’zbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratiya tamoyillariga asoslangan adolath fuqarolik jamiyat qurishda faol ishtirok etishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro’yxatga olindi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O’zbekiston Respubhkasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. O’zbekiston «Adolat» SDP safida 30 mingdan ortiq a'zo bor. Qoraqalpog’iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang’ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi mavjud. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda partiya Nizomi va dasturi qabul qilingan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirhgi tomonidan 1995-yil 9-iyunda ro’yxatga ohngan. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni ta'minlash, huquqiy davlatni barpo etish va O’zbekistonni jahonning yetakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. MTDP millatning o’z-o’zini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini to’la shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, miliy tiklanish yo’lidan rivojlanishga erishish, milliy meros va an'analarni ro’yobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. O’zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo’lib, unda rahbar organlar saylanadi. Hozirda joylarda partiya tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Uning 6 mingga yaqin a'zosi bor. MTDPning «Milliy tiklanish» haftalik gazetasi faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi. O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi 1998-yil 28-dekabrda bo’lib o’tgan I ta'sis Qurultoyda tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, Adliya vazirhgi tomonidan 1999-yil 4-yanvarda ro’yxatga olingan.
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling