O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Qadimgi Xorazm, Qang`ha va Dovon davlati


Download 1.01 Mb.
bet15/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   287
Qadimgi Xorazm, Qang`ha va Dovon davlati

Qadimgi Xorazm. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasidan musta qil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o`lka aholisi xo`ja ligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miioddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Mil. avv. V-IV asrlarda bu yerda mahalliy hukm dorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi (Qal`aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III-II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik davlatlari - Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo`ldi. Jonbosqal`a va Qo`yqirilganqal`a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqara xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II-III asrlarda TuproqqaVa shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan.Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq haykallar o`rnatilgan edi. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi So`g`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Mil. avv. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo`yirqal'a (miloddan avvalgi V-IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal'adan (miloddan avvalgi IV-III asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimd&n xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan. Qang` davlati. Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang` davlati Qang`yuy deb atalgani ma'lum. Miloddan avvalgi III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanidagi Qang`ha shahar xarobasi saklarning o`sha kezlardagi poytaxti Qang`dez bo`lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. Qang` davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo`ylab joylashgan edi. Qang` (Qang`yuy) - hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryo bo`yi hududlarini egallagan qadimgi davlat birlashmasidir. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang` qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari hatto o`z nomidan tanga zarb qiladi. Qang` davlatida ulkan istehkomlar, qal'a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o`troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi. Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo`lining Shimoliy tarmog'i o`tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu hol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu urushlarda qang`arlar (Qang` davlati aholisini shunday atashgan) ko`pincha g`olib chiqar edilar. Masalan, Qang` davlatiga yurishlardan birida jo`natilgan 60000 nafar xitoylik jangchidan 10000 ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan, xolos. Milodiy III asrga kelib Qang` davlati parchalanib ketdi. Dovon davlati. Davlatchiligimiz tarixi bo`yicha hali kashf qilinmagan masalalar anchagina. Dovon tarixida (Xitoy manbalarida bu o`lka shu nom bilan tilga olinadi, ayrimlarida Parkana deyilgan.) Dovon davlati tarixi haqidagi batafsil ma'lumot Xitoy yilnomalarida uchraydi va ular milodiy I-II asrlarga doirdir. Xitoy tarixchisining yozishicha, bu davlat aholisi 70 dan ortiq shaharlarda istiqomat qilgan. Masalan, Dovonda bo`lgan xitoy sayyohi Chjan Syan bunday deb yozadi: "Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shahar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. o`q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o`q otishga mohir". Boshqa bir xitoy solnomasida: "An'si (Eron) shaharlari Dovondagiga o`xshashdir", deb yozilgan. Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari hozirgi Toshkent vohasigacha borgan: "Xon sulolasi zamonida Shi mulklari Dovon davlatining Shimoliy tumanlarini tashkil etardi va shimolda Qang` davlatigacha, janubda esa yuechjilar davlatigacha borardi". Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo`ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo`lga kiritdilar, biroq aholining tazyiqi ostida tovon evaziga uni tashlab chiqishga majbur bo`ldilar. Dovon davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo`lgan xalqaro savdoda muhim o`rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko`proq Farg`onaning nasllik otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga hatto ular "Samoviy" deb nom berganlar. "Samoviy otlar" barkamol va go`zal ko`rinishga ega bo`lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma'lumotlarni tasdiqladi: miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg`ona yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko`p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko`rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo`lgan. Farg`ona davlatining Sho`rabashat, Uchqo`rg`on singari va boshqa shaharlari atrofidagi aholisi yerni ishlash, sholi va bug`doy yetishtirish, bog`dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy II asrda Farg`ona davlati barham topgan va uning yerlari Kushon podsholigiga qo`shib olingan.
Farg`onaning “samoviy otlari”
Qadimgi Farg`onada "samoviy otlar" zotidan tarqagan nasldor otlar parvarish qilingan. Rivoyatlarga ko`ra, Dovon atrofida tog`larda yovvoyi otlar yashagan. Ularni tutish va qo`lga o`rgatishning iloji bo`lmagan. Shuning uchun zotdor biyalarni tanlab, o`sha tog`larga haydab yuborganlar. Biyalar va yovvoyi ayg`irlardan - "samoviy otlar" tarqalgan. Tyanshan xitoy tilida "samoviy tog`lar" deb tarjima qilinadi. Bu nom otlarga ham o`tgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida naslli otlar ovozasi Xitoygacha borgan. Ularni "qanotli otlar" ham deyishgan. Chopganda ularning badanida ter o`rniga qon tomchilari ko`ringan ekan. Xitoy yilnomasida shunday deyilgan: "Dovon davlatining Ershi shahrida g`aroyib otlar mavjudligi haqida saroyga xabar keldi. Imperatorning "samoviy otlar"ga ishtiyoqi ortdi: u o`zining ilohiy nasl-nasabi va zavol bilmas ekanligini odamlar ongiga singdirmoq niyatida edi. Buning uchun samoga chiqishda "samoviy otlar" qo`shilgan aravaga muhtoj bo`lib qoldi". Biroq Dovon davlati bu otlarni yashirdi, Xitoy elchilariga bergisi kelmadi. Shunda imperator o`zining Che Lin degan pahlavonini elchi qilib, sovg`a-salomlar va oltindan yasalgan ot haykali bilan Dovonga jo`natdi. Qanday bo`lmasin Ershi shahri arg`umoqlarini qo`lga kiritish zarur edi. Dovon hukmdori elchi talabiga rad javobini berdi. Bu rad javobi to`rt yil davom etgan Dovon bilan Xitoy o`rtasidagi urushga sabab bo`ldi. Xitoy lashkarining Dovonga birinchi yurishi mag`lubiyat bilan yakun topdi. Ikkinchi yurishida Xitoy hukmdorining qo`shinlari 60 ming nafar edi. Bu lashkarning qator-qator qurol va oziqa ortgan o`g`ruqlari bor edi. Yilnomachi "Butun saltanat harakatga kelgan edi", deb yozadi. Dovon sari 50 nafar sarkarda qo`shinlari bilan jo`nadi. Dovonliklarni kutilmaganda bosish uchun jadal sur'at bilan jilishdi. Ular Ershi shahrini qamal qildilar. Shaharga keladigan suv yo`lini to`sdilar va qamalning qirqinchi kunida shaharning tashqi devorini buzdilar. Dovon hukmdori qal`aga berkinib oldi va sulh to`g`risida muzokaralar boshladi. Xitoyliklarga arg`umoqlardan berishga rozilik bildirdi. Aks holda, barcha arg`umoqlarni qirg`in qilishmoqchi bo`ldilar. Qang` mamlakatidan madad yetib kelishidan cho`chib, xitoyliklar sulhga rozi bo`ldilar. Xitoy lashkarlari Ershiga bostirib kirmasdan, zarur miqdordagi otlardan tovon olib, vatanlariga qaytdilar. "Samoviy otlar" uchun bo`lib o`tgan to`rt yillik urush shu bilan tugadi.


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling