O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Mil.av. IV asrda kadimgi dunyo tarixida bir kancha siyosiy uzgarishlar bulib utdi. Bu davrda makedoniyaliklar axmoniylarga kakshatgich zarba beradi


Download 1.01 Mb.
bet157/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   287
Mil.av. IV asrda kadimgi dunyo tarixida bir kancha siyosiy uzgarishlar bulib utdi. Bu davrda makedoniyaliklar axmoniylarga kakshatgich zarba beradi. Mil.av. 336 yilda Makedonnya taxtiga Filippning ugli 20 yoshli Iskandar utardi va dunyoni zabt etishni davom ettirdi. Natijada 329 yilning baxorida uning kushinlari Amudaryo biylariga etib keldi va Urta Osiyoni istilo etishga kirnshdi. Amudaryodan suzib utgan yunon-makedon kushinlari dastlab Navtaka viloyatnga, sung Sugdiyonaning poytaxti Marokanda shaxriga yul oladilar. Lekin bu erda boskinchilarnnng xarbiy yurishlari ogir kechdi. Sugdlar uz erlarining ozodligi va mustakilligini mardonavor ximoya kildilar. Bu yunon-makedon kushinlariga karshi kurashning birinchi boskichn edi. Baktriya va Sugdiyonaning barcha joylarida Iskandarga karshi xalk kuzgolonlari kutariladi. Miloddan avvalgi 329 yilning kuzida boshlangan bu kuzgolonlarga maxalliy sarkardalardan bulgan Spitamen boshchilik kildi. Samarkandda Iskandar koldirib ketgan xarbiy garnizonni kirnb tashlab, shaxarni egalladi. Natijada Iskandar Zarafshon akolnsidan kattik uch olish nnyatida uz kushinlari zarbasini tinch axoliga karatdi. Cugdiyona, Baktriya ulkasida kutarilgan kuzlonlar yunon-­makedon zulmidan ozod bulishga karatilgan bulib Iskandarning "varvarlarni" osonlikcha bosib olmokchi bulganini chippakka chikardi. Lekin xarbiy kuch-kudrat jixatidan Iskandar kushini ustun edi. Uzok vakt shafkatsiz davom etgan janglarda yunonlar galaba kozondi. Spitamenning xalokati bilan yunon-makedon boskinchilariga karshi ozodlik xarakati tuxtab kolmadi. Xarakatning ikkinchi boskichi yakunlandi. Nixoyat, Iskandar Sugdiyona va Baktriya axolisining karshiligini kuch bilan enga ololmasligiga ishongandan sung 328 yildan boshlab turli yullar bilan ularga yakinlashishga, munosabatlariga iliklik kiritishga xarakat kiladi. Natijada u zardushtiylik dinini kabul kildi, maxalliy zodagonlar Oksiart, Sisimitr, Xorien kabilarning mulklarini xam kaytarib berdi, ular bilan karindoshchilik alokalarini urnatdi. Maxalliy zodagonlarning deyarli barchasi asta-sekin Iskandar xokimiyatini tan olib, uning xizmatiga utdilar. Mil.av. 327 yilning oxirlarida kuzgolonlar bostirilib, Urta Osiyo Iskandar xukmronligi ostida koldi. Ulkan saltanatga asos solgan Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323 yilda vafot etadi. Uning vafotidan keyin bepoyon davlat uch kismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bulinib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yakin safdoshlari tomonidan boshkariladi. Uzok davom etgan uzaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312 yilda lashkarboshilardan biri Salavk Bobil davlati xukmdori buladi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Natriya, Sugdiyona davlatlari kirgan edi. Salavkiylar davlatida boshkarish tizimi uch bugindan: satraplar, eparxlar va giparxlardan -iborat bulgan. SHu bois Salavk Markaziy Osiyo erlarini Salavk satrapliklarga bulib boshkarar edi. Ularga uziga yakin kishilardan satraplar tayinlardi. Salavk I mil.av. 293 yilida ugli Antioxni sharkiy viloyatlar: Parfiya, Martena, Baktriya, Sugdiyona xukmdori kilib tayinlaydi. Bu xududlar xarbiy-strategik va iktisodiy axamiyatga ega bulgani sabab savdo yullari buylab shaxap va boshka manzilgoxlar kurdirgan edi. Antiox I davrida Baktriya xayotida dastlabki tangalar-kumush, mis draxm va tetradraxmlar (pul birligi) zarb kidingan. Urushlar tufayli izdan chikkan turmush Sugdiyona, Baktriya va Margiyonada tiklaia boshladi, savdo-sotik dexkonchilik, xunarmandchilik rivojlana boshladi. Bu xol okibatda SHarku Garb kartasida madaniy munosabatlarning rivojlayaishiga olib keldi. Bu davrda Baktriyada madaniyatida yunon madaniyatiniig ta’siri birmuncha kuchaydi. Mil.av. 250 yillarga kelib, Urta Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-Parfiya, keyin esa YUnon-Baktriya davlatlari ajralib chikadi. YUnon-Bachtriya davlati salavkiylar sulolasidan bulgan Diodot davrida tashkil topadi. Bu davlat Baktriya xududida bulib poytaxti shimoliy Afgonistondagi Baktro (Balx) shaxri bilgan, yunonlar boshkargan. Xukmdorlardan Evtidem, Demetriy, Evkratid davrlarida Xindistonning shimoli-garbiy kismi, Amudaryo va Sirdaryo urtasidagi katta erlar bosib olishadi. YUnon-Baktriya davlatida xokimiyat podshox tomonidan boshkarilgan edi. Davlat bir necha viloyatlarga bulingan. Viloyat xokimlari esa podshoxga buysungan. YUnon-Baktriya podshoxligi davrida Urta Osiyoda dexkochilik, xunarmandchilik va shakarsozlik rivojlanganini, madaniy xayot usganligini arxeologik topilmalardan bilish mumkin.
Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (q. Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, S.ning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib S.ni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan. Uning onasi - sug'd, otasi sak qabilasi rahbarlaridan edi. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon, jasur yigit bo'lib o'sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab axomaniylar davlati podshosi Doro III ning, so'ngra uning o'limidan so'ng Baqtriya satrapi (hokimi) Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo'lgan. Bess o'limidan so'ng yunon-makedon istilochilariga qarshi uch yil mardonavor kurashgan. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) bo‘yidagi qal’alarni egallash bilan mashg‘ul bo‘lib turganda, baqtriyaliklar va sug‘diylar Spitamen boshchiligida Sug‘diyonada qo‘zg‘olon ko‘tarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qo‘zg‘olonchilar makedon qo‘shinlari ustidan ketma-ket ajoyib g‘alabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qo‘shinining ruhini tushirib yubormoqda edi. Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qo‘shini yetib kelgan bo‘lib, Spitamenga qo‘shilishga tayyor edi. Aleksandr qo‘shini bilan saklarga zarba berish uchun o‘q yomg‘iri ostida daryodan o‘tadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan so‘ng cho‘l ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qo‘shini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u ko‘lmak suvdan ichib, ichburug‘ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yo‘liga pistirma qo‘yib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq o‘ldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan. Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi.



  1. Makedoniyalik Iskandarning mil.avv. 334-324 yillardagi harbiy yurishlari natijasida Bolqon yarim oroli, Yegey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O‘rta Osiyo, Hind daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat tashkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327 yillardagi O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o‘sha davrda bu hududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyoga Yellin (Yellada) madaniyati kirib keldi. O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar tarkibiga kirib, bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma’muriy tartib joriy etildi. Bu tartib O‘rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy, tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo‘ldi. Xususan, bu davrda O‘rta Osiyoda dastlabki tanga pullar zarb etildi. Yunon yozuvi kirib keldi. Shaharsozlik, me’morchilik va amaliy san’atda birmuncha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi.

Ammo, Makedoniyalik Iskandar davlati ham turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo‘rlab birlashtirilgan yig‘indisidan iborat bo‘lib, faqat qo‘rqitish va qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandarning Bobilda to‘satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Yunon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o‘rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi.
Bu paytda yunonlar va makedonlar O‘rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamini tashkil etar edilar. Makedoniyalik Iskandar vafotiga qadar Baqtriya va So‘g‘diyona satrapi asli makedonlardan bo‘lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan bo‘lgan yunon Stasanor qo‘l ostiga o‘tdi. Bu paytda ikki diadox-Yevmen va Antigon Iskandar davlatining asosiy yerlarini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurashayotgan edilar. Filippning katta qo‘shinlari bilan yordam bergani tufayli Antigon Iskandar davlatining katta qismiga hukmronlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, uning bu hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi.
Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka diadoxlar bilan bo‘lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa qo‘shni viloyatlarni bosib oldi va ko‘p o‘tmay Old Osiyo, Yeron va O‘rta Osiyo hududlariga ham o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Ammo, Hindistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi muvaffaqiyat Salavkiylar foydasiga hal bo‘lmadi. Mil. avv. IV asrning oxirlarida bu yerda Chandragupta asos solgan kuchli Maurya davlati Salavkaga qattiq qarshilik ko‘rsatganligi sababli Salavka sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Uning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu yerda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining ko‘p sonli qo‘zg‘olonlari bu kurashlardan dalolat beradi. Ular salavkiylarning tayanch nuqtalari bo‘lgan Marg‘iyonadagi Aleksandriya va avtidan, Aleksandriya Yesxatani vyron etadilar. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kurashlar natijasida yirik etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas, salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning O‘rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli O‘rta Osiyo viloyatlari yerlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi AntioxI boshchiligidagi Sharqiy noiblik (straplik)larni ta’sis etdi.
Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, yirik va qalin devor bunyod etdi (Marg‘iyona devori), qo‘zg‘olonlari bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi harakatlar bostirildi. Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, “Salavka ba’zi bir joylarni muzokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo, Baqtriya, Parfiya, So‘g‘d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishga to‘g‘ri keldi“. Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi: “Salavka I baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular yerlariga hukmronlik qila boshladi”. Hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bu hududlarning bosib olinishi mil. avv. 306-301 yillariga to‘g‘ri keladi.
O‘rta Osiyodagi viloyatlar salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Salavka Iskandar davrida Spitamanning qizi Apamaga uylandi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi yoki boshqa maqsadni nazarda tutibmi, Salavka mil. avv. 293 yilda o‘g‘li Antiox I ni Sharqiy satraplarga, jumladan O‘rta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi.
O‘zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. avv. 293-261 yy.) Antiox G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining sharqiga, shumladan O‘rta Osiyo yerlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda uning viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo‘lishiga qaramasdan, O‘rta Osiyo ular davlatining eng muhim qismi edi. O‘rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas.
Salavka I Antigon bilan hokimiyat uchun talashib, Sharqiy hududlar va Kichik Osiyo uchun keyingi kurash jarayonidayoq yo‘l-yo‘lakay o‘z hokimiyatida boshqaruv tartibini joriy eta boshlagan edi. U Iskandar an’analariga sodiq qolganligini ko‘rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Tangashunoslik manbalari ma’lumotlariga qaraganda Salavka I davlati Ahmoniylar va Iskandar davlatlariga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat 27-28 satrapiyalarga bo‘lingan.
Har qaysi satrapiyani shoh tomonidan tayinlab qo‘yilgan satrap yoki strateg deb nomlanuvchi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Giyeraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, O‘rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda (katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar. Salavkiylarning O‘rta Osiyodagi istilochilik siyosati haqida to‘liq ma’lumotlar saqlanmagan. Ammo, qo‘shni viloyatlarga oid ko‘p sonli ma’lumotlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, salavkiylarning istilochilik siyosati O‘rta Osiyoni ham chetlab o‘tmagan. Bu siyosatni amalga oshirish maqsadida ko‘p sonli yunonlar ko‘chirib keltirilgan. Ular yangi bunyod etilgan shaharlar hamda yunon harbiy manzilgohlari – katoykiyalarida istiqomat qilganlar. Ayrim hollarda mahalliy aholi vakillari ham hokimiyat boshqaruvida ishtirok etganlar. O‘rta Osiyodagi yunonlar bilan aloqalar mahalliy xalqlar madaniyatining ba’zi tomonlarini g‘arbga tarqatuvchi muhim omillardan biriga aylandi. Ayrim tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, ellin madaniyatida sof yunon madaniy ijodi emas, balki yunon va sharq mamlakatlarining o‘ziga xos qo‘shilishi o‘z aksini topdi. Yellin madaniyatining rivojlanishida O‘rta Osiyo xalqlari ham muhim rol o‘ynadilar. O‘rta Osiyoning katta qismi salavkiylar davlatiga qo‘shib olinishi g‘arb va sharq o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga turtki berdi. Shu bilan birga mahalliy madaniyat, savdo-sotiq, shahar hayoti, hunarmandchilik va sug‘orish ishlari izchil rivojlanib bordi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon istilosi tufayli vayron etilgan iqtisodiy hayotni tiklash, baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parvfiyaliklar va boshqa O‘rta osiyo xalqlarining salavkiylarga qarshi kurashish uchun birlashuvi davri bo‘ldi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling