O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida


Download 1.01 Mb.
bet22/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   287
O’rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida

Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb e'lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg’u xoqon" degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi. (Volga) bo’ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarim oroliga kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag’oniyonni eftaliylardan tortib oladilar. Eftaliylar davlatining qulashi. Turk xoqonligining eftaliylar bilan to’qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so’ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi. Qo’sh tasvirli Chag’aniyon jez tangasi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o’zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo’lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar 563-yilda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol qilinadi. Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-yillarda zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng, tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar Turk hoqonligi tasarrufiga o’tadi. Eftalitlar davlati qulagach, vaziyat tubdan o’zgaradi. Endilikda o’z chegarasini shimoli-sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi ostida olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo’ldi.VI asrning 70-80-yillarida Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo’larigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy (Qora dengiz) Bosforigacha cho’zilgan ulkan maydonda Turk xoqonligi tashkil topdi. Bu ulkan davlat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi zamonasining yirik davlatlari bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar o’rnatib, ular qatoridan munosib o’rinni egallaydi. Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko’chmanchi chorvador va o’troq dehqon aholiga bo’linardi. Ko’chmanchi chorvador aholi ’’budun’’ yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilgan. Budun o’z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. U “o’n o’q budun” yoki “o’n o’q el” deb yuritilgan. O’n o’q budun yoki elning hokimi “yabg’u” yoki “jobg’u ” nomi bilan atalardi. Yabg’u darajasiga faqat xoqon urug’iga qon-qarindosh bo’ganlargina ko’tarilardi. Shu boisdan ba’zan u “yabg’u xoqon” ulug’langan. O’n o’q el sardori bir tuman (ya’ni o’n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo’linmaning tumanboshisi “shad” deb yuritilar edi. O’rta Osiyoda hukmronlik o’rnatigan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o’troq aholi yashaydigan obod viloyatlarini ko’chmanchilar ixtiyoriga topshirsalarda, ammo aholining ichki hayotiga deyarli aralashmaydilar. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq mayda hokimliklar mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi yerli sulola hukmdorlari qo’lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Turk hoqonligi turli-tuman turkiy qabilalarni kuch bilan birlashtirish natijasida tuzilgan edi. Har bir qabilaning o’zi bir nechta urug’ birlashmasidan iborat bo’lgan. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilganlar. Turk hoqonligi tasarrufida bo’lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo’lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og’irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga – Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk hoqonligiga bo’linib ketadi.




  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling