O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish muammolari (1946-1970-yillar)


Download 1.01 Mb.
bet242/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   287
82. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish muammolari (1946-1970-yillar)
Sanoatni qayta qurish. 1945-yil mayda fashizmga qarshi urush g’alaba bilan tugallandi. O’zbek xalqi urush yillari front ehtiyojlarini ta'minlashga moslashtirilgan xalq xo’jaligini qayta qurish imkoniyatiga ega bo’ldi. Urush tugadi, lekin umshning og’ir oqibatlari respublika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turar edi. O’zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat vasanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg’i, elektr energiyasi, xom ashyoga, shuningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalami hal etish uchun O’zbekistonning geografik holati, milliy an'analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo’jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo’lmadi. Asosan Markazning manfaatidan kelib chiqqan holda O’zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi. Urushdan keyingi yillar ham davlat faoliyati partiyaning totalitar hukmronligi bilan belgilandi. U yo’l-yo’riq va farmoyish beradigan zo’ravonlik siyosatini o’tkazdi. Respublika hukumati va boshqaruv idoralarining huquqlari cheklangan edi. O’zbekiston Respublikasi oliy tashkilotlarining yuqoridan berilgan dastur va rejalarga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi fikr-mulohazalari bilan Markaz hisoblashmasdi. Markazning ulkan rejalarida O’zbekistonga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi bir qo’shimcha manba deb qaraldi. Xuddi shu narsa O’zbekiston iqtisodiyotining aslida bir tomonlama rivojlanib borishiga olib keldi. Bunda xom ashyoni qayta ishlash korxonalari juda oz bo’lib, bu narsa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga xalal berardi, chunki shunday sharoitda O’zbekiston aholisini ish bilan ta'minlash, kishilarga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish qiyin edi. Xalq xo’jaligi va sanoatni tiklash dasturlarida birinchi galda paxtachilikka tegishh industrial ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifalari olg’a surildi. Bunda respubhka aholisining milliy-tarixiy xususiyatlari ham, iqtisodiy ehtiyojlari ham hisobga olinmadi. Respublika iqtisodiyoti faqat xom ashyo yetishtirishga yo’naltirildi. Xalq xo’jaligini tiklash davrida respublikamiz ishchilari faol mehnat qildilar. Bu davrda asosiy e'tibor paxta tozalash zavodlarini qayta tiklashga, ularni yangi takomillashgan uskunalar bilan jihozlashga qaratildi. Yangiyo’l paxta tozalash zavodi to’la yangilandi. Toshkent, Buxoro va boshqa paxta zavodlari to’la qayta qurildi. Shu davrda Qoraqalpog’istonda paxta tozalash, yog’ va baliq sanoati tez rivojlandi. O’zbek metallurgiya zavodida 1946-yilda yangi prokat sexi ishga tushdi. Zavod sanoat korxonalarining metall chiqindilarini, temir-tersaklami qayta ishlab, oliy sifath po’lat yetkazib bera boshladi. Shu yillarda Polvontosh va Janubiy Olamushuk neft konlari ochildi va o’zlashtirildi. Farg’onada neftni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Lekin bu va respublikaning boshqa og’ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Markazga tashib ketilar edi. o’zbek xalqi bu mahsulotlar - paxta tolasi, po’lat, neft va boshqalardan juda kam miqdorda foydalanardi. Sanoatni qayta qurish, tinchlik iziga o’tkazish g’oyat katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. o’sha davrda O’zbekistonda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilar, buyrug’u farmon berib, iqtisodiyot boshqarilar edi. Sanoatni boshqarishning iqtisodiy usullari inkor etildi va ishga solinmadi. Xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan ta'minlash, kooperatsiya va ijara prinsiplari, xo’jalik faoliyatining tashabbus ko’rsatishni, ishbilarmonlik, tadbirkorlikni ta'minlaydigan hamda ijobiy natijalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay keldi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling