O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Ozodlikka intilishning kuchayishi


Download 1.01 Mb.
bet251/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   287
Ozodlikka intilishning kuchayishi. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlar huquqlarmi himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totahtar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil davlat tarkib topdi. Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’hnib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir», - degan edi Islom Karimov. 80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo’la boshladilar. O’zbek xalqining dilidagi g’oya - mustaqillik g’oyasi edi, xalq mana shu g’oyani ko’tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to’lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo’lgan Markazdan yuborilgan «kadrlar to’dasi», ularning qosh-qovog’iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g’oyaga, uni amalga oshirishga to’sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag’onlik uyushtirildi, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» bahonasi bilan o’n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildilar va ularning aksariyati qamaldilar. Tarix taqozosi bilan Islom Abdug’aniyevich Karimovdek fidoyi insonning 1989-yil iyunda O’zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi. Islom Karimov xalqning xohish-irodasini bajarib, o’zbek tiliga davlat tih maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining o’n birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o’zbek tili to’la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo’ldi. Islom Karimovning sayi-harkatlari natijasida markazdan yuborilgan «kadrlar to’dasi»ga zarba berildi, ular O’zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo’ldilar. O’zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish «tajribasi»ga chek qo’yildi. Respublika rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishini o’z tasarrufiga oldi. Bu ham O’zbekistonning Mustaqillik sari borayotganini ko’rsatuvchi dalillardan biridir. Shu davrlarda SSSRdek «buyuk imperiya» davlatida shunday vaziyat vujudga keldiki, «Zo’ravonlikka asoslangan, ma'rnuriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respubhkalar suvereniteti ta'minlanadimi?» - degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Biroq, o’sha davrdagi davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 80-yillar oxiri va 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqarilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin turmush darajasi yomonlasha borib, noroziligi orta boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabhy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi. 90-yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi. Bunday holat sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham o’z ifodasini topdi. 1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tishning Ittifoq Dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» farmoni e'lon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan komissiya tuzuldi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1990-yil 4-sentabrda SSSR Oliy Kengashining IV sessiyasida SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o’tishga tayyorgarl va mamlakat xalq xo’jaligida barqarorhkni vujudga keltirish haqida» ma'ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsada, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputalarda Hukumatga nisbatan ishonch yo’qola borgan edi. Ayni chog’da, Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qohshni, shuningdek iqtisodiyotni sotsiahstik yo’ldan rivojlantirishni ko’zda tutar edi. Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiya S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste'mol bozori va unda erkin narx joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmasliki ko’zda tutar edi. Shunga qaramasdan, SSSR Oliy Soveti 1990-yil 21-sentabrdagi IV sessiyasi har ikkala Dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishni topshirdi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi. Demak, 80-yillar oxiriga kelib, hayotning o’zi mamlakat xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni kun tartibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Biroq, bu davrda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi. Bu holatni SSSR ijtimoiy-siyosiy hayotida vujudga kelgan quyidagi kuchte manfaatlarining to’qnashuvi yanada chuqurlashtirmoqda edi. Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobi SSSRni saqlab qolish, xalq xo’jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko’pro markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialisti yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar. Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tar qatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o’rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo’jaliklari tuzishni ko’zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsiahstik yo’lidan voz kechishn bildirar edi. Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo’lini qidirib, yuqorida tilga ohngan har ikki dastur yo’nalishlarini uyg’unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyruqbozlik hokimiyatiri yo’qotmaslik g’oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida: mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tashlana boshladi. Shunday qilib, sobiq SSSRning ijtimoiy taraqqiyotida uchta kuch -totahtarizmga qaytish, burjuacha transformatsiya va sotsiahstik yo’nalishdagi demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bular mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanazzulning vujudga kehshiga sabab bo’ldi. O’zbekistonning Yangi Ittifoq Shartnomasiga munosabati. Ziddiyatlar avj olgan bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu yo’nalishlarning nomaqbul ekanhgini aniq-ravshan ko’rdi va respublika xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos yo’lini mustaqil tarzda o’zi belgilay boshladi. Avvalo, «O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Reja Davlat qo’mitasi, Moliya vazirhgi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko’ra, «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990-yil 17-oktabrda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilindi. 1990-yil 29-oktabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi III sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’li - respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat, deb hisobladi. Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma'qulladi va O’zbekiston Ministrlar Sovetiga O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlashni topshirdi. Shuningdek, 1991-yilning 1-iyunigacha O’zbekiston Oliy Kengashiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha Konstitutsiyaga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyiliasini kiritish vazifasi qo’yildi. Respublika Hukumati Dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini sog'lomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy yo’nalishlari qilib belgilandi: -Mustaqil davlat bo’lmish O’zbekiston boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni, xalq xo’jaligini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta'minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshiradi, xo’jalik turmushi va madaniy turmushdagi milliy o’ziga xoslik saqlanib qolishini ta'minlaydi; -boshqa respublikalar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini ekvivalentlik va o’zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo’jalik kompleksi doirasida o’zaro shartnomalar va bitimlar bilan tartibga soladi. Umuman, O’zbekiston rahbariyati SSSR Hukumatiga O’zbekistonning shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o’tish to’g’risidagi ko’rsatmasiga e'tiroz bildirib, bu respublika sharoiti uchun birdaniga to’g’ri kelmasligini va bozor iqtisodiyo’tiga avvalo aholini, birinchi navbatda, uning kam ta'minlangan qatlamini ijtimoiy kafolatlab, asta-sekin o’tish borasida O’zbekiston o’zi mustaqil harakat qilishini ma'lum qildi. 1990-yil 29-avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «Ittifoqning Yangi Shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish Dasturining asosiy qoidalari va yo’l-yo’riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o’rni to’g’risida»gi masalani ko’rib chiqib, bu borada shoshilmashk joizligini yana bir bor ta'kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning Yangi Shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturi bo’yicha tayyorlangan takliflarning birinchi turkumini chuqur o’rganib chiqish va muhokama qilish uchun O’zbekiston Oliy Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo’mitasi, O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi. Yangi Ittifoq Shartnomasi loyiliasi darhol respublika tomonidan quvvatlanmadi, bunda birinchi navbatda, O’zbekistonning milliy manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutildi. «U O’zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar yetkazmaydimi?» - degan nuqtai nazardan kelib chiqqan holda uni imzolash ko’zda tutildi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling