O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet29/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   287
20.

  1. 20. Qishloq xo’jaligi. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orm dehqonchilik bilan shug’ullanar edi. Sug’orish tarmoqlari vositasida sug’orihl obod etilgan serunum vohalarda g 'allakorlik, sholikorlik, paxtachilil sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivd topgan edi. Aholi arpa, bug’doy, tariq, mosh, adas-yasmiq, kunjm no’xat, zig’ir, jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig’ir, kunjut kanakunjutdan moy olinardi. Vohalarda paxtachilik kattagina o’rinni egallagan edi. Paxtaning ingichka tolali g’o’za navlari ekilardi. Movarounnahrda o’simliklardan turli xil dori-darmonlar va bo’yoqlar tayyorlanardi. Bog’dorchihk madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog’ va chorbog’larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, tut, jiyda va ko’pgina boshqa mevalar yetishtirilar edi. Uzumdan magiz, shinni, sirka va musallas tayyorlanar edi. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo’lib, qovunlari nihoyatda shirali bo’lardi. Qirqma qovunlar va qovun qoqilari Sharqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilar edi. Dehqonchilik solig’i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar. Dehqon paykallariga obirahmatni yetkazib berish uchun mirob, jo 'ybon va poykor kabi sug’orish bo’yicha mutaxassislar yoz bo’yi mehnat qilishgan. X asr suv omborining to’g’oni – Xonbandi. Chorvachilik. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan. Mamlakatning dasht va tog’oldi yaylovlarida otar-otar qo’y va echkilar, uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa yirik shoxli hayvonlar behisob bo’lgan. Shaharlarda esa xonaki hayvonlarning deyarli hamma turidan boqilgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo’jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ot, eshak, tuya va ho’kizlar qo’sh, arava, moyjuvoz va chig’irlarga qo’shilib ishlatiladi. Ayniqsa davlatning harbiy qo’shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta'min etish niuhim ahamiyat kasb etgan.

  2. Konchilik. Movarounnahrning tog’li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog’larida temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Iloq viloyati kumush va qo’rg’oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg’ona vodiysi tog’laridan temir, qo’rg’oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg’onadan o’sha vaqtlardayoq toshko’mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma'dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo’lardi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling